Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
bilan kishnadi! Qishloq uzra kishnash taraldi. Xayol qildim, adirlardan aks sado keldi. Xayol qildim, kishnash Bobotog‘gacha bordi. Birodarlar, tani jonim rohat qildi! Jonim entikdi, tanim yayradi! Ko‘nglim xo‘rsindi, ko‘nglim jo‘shdi. — Ahay-ahay! Ha, ovozginangdan-a! — dedim. O‘zim kulib, o‘zim aytdim! — Ha, jon! — dedim. Kishnash emas, rubobiy musiqa eshitganday bo‘ldim! Do‘mbira sozi eshitganday bo‘ldim! Birodarlar, ot — rubobiy musiqa, ot — ko‘rkam suvrat! Bali-ye, Tarlonboy-ey, bali-ye! Ko‘zim yana qo‘limdagi go‘sht bilan suyakka tushdi... Yo‘q-yo‘q, o‘lsam-da yo‘l qo‘ymayman... 33 Yarim kechasi Tarlonni jabduqlab mindim. Obshirga ot qo‘ydim. Obshir qishlog‘i kunbotarida oq tuproqli adirlar, tepalar mo‘l. Ana shu tepalar nishabida kamarlar mo‘l. Tarlonni ana shu zimiston kamarlardan birovga olib kirib bog‘ladim. Kun yoyildi, olam munavvar bo‘ldi. Ana shunda uyga qaytib keldim. Ta’tillanib, podayotoqqa bordim. Oqshom vaqti o‘n kilo arpa bilan bir qop samonni aralashtirdim. Qosh qoraytirib, qopni orqalab jo‘nadim. Yo‘lda terladim. Dam olib-dam olib bordim. Qopni kamarga suyab qo‘ydim. Kaftimda gugurt chaqdim. Tarlon ko‘rsin, meni tanisin deya, olovni yuzimga olib keldim. Tarlon yemsirab, iltijoli pishqirdi. Tarlonni yetakladim. Shu yaqindagi ariqdan suvlab keldim. To‘rvasida yem berdim. Badanlarini qashiladim. Tarlonga qarab-qarab ketdim. Uyda tamaddi qildim, yonboshladim. Oyoqlarimni yozdim. «Vaqt» eshittirishlari-da ado bo‘ldi. Shunda, to‘shakka o‘tib yotdim. Ko‘zim ilindi, ko‘zim ketdi. Bir mahal, ayolimiz turtdi. — Tursin, birov chaqirayapti, — dedi. Uyqusirab, qo‘zg‘oldim. Choponimni yelkamga tashlab, tashqariladim. Olapar itimiz darvozaga tarmashib-tarmashib hurdi. Olaparimizga do‘qlab-do‘qlab bordim. Olapar dumini likillatib-likillatib, o‘zini chetga oldi. Darvozani ochib qaradim. Ostonada raisimiz, undan keyin do‘ppili odam bilan ikkita militsioner bo‘ldi. Raisimiz boshi bilan do‘ppili odamga ishora qildi. — Bu kishi rayon vakili, qishloq xo‘jalik boshqarmasidan, — dedi. — Binoyi, binoyi. Qani, ichkarilangizlar. Do‘ppili odam ichkariladi. Ketidan boshqalari ergashdi. Kattalarga sinchiklab-sinchiklab qaradim. Do‘ppili katta mendayin bir kal bo‘ldi. O‘zimizdan ekan, dedim. Kal katta tevarakka alangladi. — Ot qani? — dedi. — Qanday ot? — dedim. — Ot qanday bo‘ladi? To‘rt oyoqli, ikki quloqli ot-da. — Menda unday ot yo‘q, katta. Kaldan taroq so‘rama, deydilar. Siz bo‘lsa, ot so‘rab o‘tiribsiz. — Top, top, kallani garang qilma! Adi-badi aytishib o‘tirishga vaqt yo‘q. Senga o‘xshaganlarning soni mingta! Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling