Ot kishnagan oqshom (qissa)


Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com


Download 317 Kb.
bet15/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

28
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
Ko‘pkari qizigandan-qizidi.
Shu vaqt, Jo‘ra bobo ot yo‘rttirib keldi.
Ziyodulla chavandoz, bizning to‘riqniyam bir ko‘ring, ukam, — dedi.
Jo‘ra bobo shunday deya, otdan tushdi. Jilovni menga uzatdi. Men Tarlon jilovini unga
berdim. Boboning qora to‘rig‘ini mindim.
Jo‘ra boboning gapini yerda qoldirib bo‘lmaydi. Jo‘ra bobo oltmishdan oshib qoldi. Ammo
farzandi yo‘q...
Ikki marta uylandi. Ikkovida-da farzand bo‘lmadi. Uchinchisiga uylandi. Bundan-da
bo‘lmadi. Qo‘yib yuborgan ayollari boshqalarga tegib-tegib ketdi. Bolalik bo‘lib-bo‘lib
ketdi.
Shunda, Jo‘ra boboning boshi egilib qoldi. Yuzi ko‘ksiga qarab qoldi. Davralarda
dasturxondan ko‘z olmadi. Ko‘chalarda etiklari uchiga qarab yurdi. Ovozini qo‘yib
gapirolmadi...
Jo‘ra bobo bir nimaga e’tibor berdi. Jo‘ra bobo, degan ot eldan qoldi. El o‘zini, yo, uyini
ko‘rib, Jo‘ra boboni esladi. Ko‘rishib, bardammisiz, Jo‘ra bobo dedi. Bu uy Jo‘ra boboniki,
dedi.
Boshqalarning oti bo‘lsa, hamisha el og‘zida bo‘ldi. Aytaylik, hamsoyasining o‘g‘li
maktabga boradi. Muallim yo‘qlama qiladi. Murodov, deydi. Hamsoyasining o‘g‘li sapchib
turadi, men, deydi. Sinfga bir kunda oltita muallim kiradi. Demak, hamsoyasi Murodning
oti olti bor jaranglaydi. Hamsoyasining sakkiz bolasi bor. Bari maktabga boradi. Har
birovi otasining otini kuniga olti marta jaranglatadi! Demak, hamsoyasi bir kunda qirq
sakkiz bor el og‘ziga tushadi!
Yana tag‘in, ko‘chalarda necha martalab oti aytiladi. Bu kimning o‘g‘li? Murodning o‘g‘li?
Bu kimning qizi? Murodning qizi!..
Jo‘ra bobo joniga to‘ydi. Bir tushda qoradori yedi. Ustidan sovuq suv ichdi. Yorilib
o‘lmoqchi bo‘ldi!
Bir chinni kosa suvni og‘ziga olib bordi. Lablariga tekkizdi. Shunda, birdan aynidi.
Mardona-mardona, achchiqma-achchiq ish qilish fe’li tutdi! Suvni zarda bilan otib
yubordi. Kosa chil-chil bo‘ldi...
Mol-qo‘ylarini sotdi. Puliga qaymoqrang «Jiguli» oldi. Rulni hamsoyasining to‘ng‘ich
o‘g‘liga berdi.
— Aytgan yerimga mindirib borib kelsang bo‘ldi, — dedi. Asl maqsadi boshqa bo‘ldi. Asl
maqsadi — mashinasi ko‘chani changitib yursin, odamlar bu Jo‘ra boboning mashinasi,
desin. Jo‘ra boboning mashinasi qaymoqrang, desin. Yo‘lda GAIlar ushlab ujjat ko‘rsin,
Jo‘ra bobo, degan nomni o‘qisin...
Jo‘ra boboning bundan-da ko‘ngli to‘lmadi. Mashinasini pulladi. Puliga ana shu To‘riqni
oldi. Farzandlar nasibasini-da, farzandlar rizqi ro‘zini-da ana shu To‘riqqa yedirdi...
Qaridi, o‘zi uloq chopmadi. Shunday bo‘lsa-da, to‘riqni ko‘pkarilarga boqdi, ko‘pkarilarga
shayladi. Chavandozlar bilan olislardagi ko‘pkarilarga bordi. Birovning oti tolib qolsa, yo
yaramay qolsa, ana-shu chavandozga To‘rig‘ini berdi.
Jo‘ra boboning dardi yolg‘iz bo‘ldi, dardi ezgu bo‘ldi: to‘rig‘i uloqni ayirsin. Bakovul
uloqni Jo‘ra boboning oti ayirdi, deya jar solsin. Jo‘ra boboning oti, kel, haqingni ol,
desin. Ko‘pkari ahli Jo‘ra bobo degan nomni eshitsin. Qulog‘i og‘irlar uloqni kim oldi,
deya qayta so‘rasin. Shunda bakovul, uloqni Jo‘ra boboning oti oldi, deya qayta-qayta
jar solsin. Jo‘ra bobo degan nomni olam-jahon odam eshitsin...
Bakovullar-u chavandozlar Jo‘ra bobo dilidagini darrov ilg‘ab oldi.
Ko‘pkarilarda Jo‘ra bobo to‘rig‘ini marhamat etsa, chavandozlar yo‘q demadi. Ko‘ngliga
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling