Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet11/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 17
Chavandozlar gapi besamar bo‘ldi. Ko‘plar ko‘pkaridan qo‘lini yuvib, qo‘ltiqqa urib ketdi.
Sho‘rchilik Hamdam chavandoz ketayotib, mana bunday dedi:
— Ay bakovul, shunday haq olib yegandan ko‘ra, ko‘chadan... terib yesalaring
bo‘lmaydimi? Bir mo‘min banda o‘zi yemay, o‘zi ichmay yig‘indi, elga to‘y berdi. O‘ylada,
imonsiz! Shu haromliging o‘zingga, o‘zingga bo‘lmasa, bola-chaqangga uradi, mana
ko‘rasan!
Bakovul yerparchin bo‘ldi. Ammo gapidan qaytmadi:
— Okun, chilvir solmagani haqiqat! — deya chikilladi.
— E, tupurdim, shu haqiqatingga!
Hamdam chavandoz etagini qoqib ketdi.
23
Birodarlar, chavandozlar nimaga etagini qoqib ketayapti? Adolatga! Nimaga tupurib
ketayapti? Adolatga! Kimdan arazlab ketayapti? Adolatdan! Bir to‘da nomard, imonsizga
achchiq qilib, adolatni o‘tga tashlab ketayapti!
Birodarlar, biz hamisha adolat, adolat deymiz. Tildan qo‘ymaymiz. Adolatsizlikni ko‘rib,
xuni-biyron bo‘lamiz. Hayotdan, taqdirdan noliymiz. Adolat yo‘q, adolat osmonda,
deymiz.
Yo‘q, birodarlar, adolat yerda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa qorishib yotibdi!
Adolatni kim bundayin xor qilayapti? Biz — o‘zimiz! Men, siz, Fayzulla chavandoz,
Hamdam chavandoz! Ana, ular qochib ketdi! Shu-da, adolat jafo chekayotganda
qochamiz! Adolatdan yuz o‘giramiz! Ko‘rib, ko‘rmaslikka olamiz!
Bir imonsiz adolatni bo‘g‘sa, yo‘limizni chap solamiz. Yomondan qoch-da qutul, yo, tonda
qutul, deymiz. Yomon bilan teng bo‘lmayin, deymiz. O‘zimizni bilmaganga olib
o‘tiramiz. Tilimizni tishlaymiz. Obro‘yimiz ketib qolishidan, yo, amalimizdan ayrilib
qolishdan qo‘rqamiz. O‘zimizga g‘anim orttirishdan qo‘rqamiz. Qo‘y-qo‘ya ber, to‘g‘ri gap
tuqqaningga yoqmaydi, deya qo‘l siltaymiz.
Ana, bari qochib ketdi! Qochish, bizning uzangi yo‘ldoshlarga-da yuqdi.
— Yuring, ketdik! — dedi.
Men jerkib berdim:
— Hech qayoqqa ketmayman! Ko‘pkari oxirigacha chopaman! — dedim.
— Nima qilasiz, shular bilan teng bo‘lib! Bularning jazosini xudo bersin!
— Nimaga endi bari nimani xudoga solasizlar?! O‘zlaringiz odam bo‘lib nima qilib
yuribsizlar?! Xudo bo‘lsa, shunday imonsizlik bo‘larmidi!
Uzangi yo‘ldoshlarim ko‘nglimga qaradi.
Bir boysunlik chavandoz yonidagiga shivirladi:
— Yaxshi bo‘ldi, bari ketayapti. Uloq endi o‘zimizga qoladi.
24
Qahrim qo‘zigandan qo‘zidi. Tarlonni Samad chavandozga berdim. O‘zim Samadning
chekkagir ko‘k samanini mindim. To‘da girdini poylab yurdim.
Bir boysunlik uloqqa yana chilvir soldi. Lip etib yonidan bordim, uloq butidan ushladim.
Uloqdan qo‘limni olmadim.
Oxiri boysunlikning oti holdan toydi. O‘ziningda hafsalasi pir bo‘ldi. Uloqni qo‘yib
yubordi. Uloq yerga tushib ketdi. Men ushlab qololmadim.
Ko‘k samanni olisdan qayirib keldim. Peshonamni yengim bilan artdim. Yoqamni
ko‘tarib-ko‘tarib, ko‘kragimni shamollatdim. Shunday rohatlandim, shunday
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling