Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 16
Uloq goh sho‘rchiliklarda, goh bizda, goh vaxshivorliklarda yurdi. Boysunliklarga tegmadi. Fayzulla chavandoz uloqni uchini bor yerdan uzib oldi! Ana shunda boysunliklar kuyib ketdi! Bir boysunlik Fayzulla otining jilovidan tortib qoldi. Yana bir boysunlik uloqni yulqib-yulqib tortdi, Fayzulla chavandoz qo‘lidan tushirib yubordi! Fayzulla chavandoz yana uloqqa uzaldi. Yana uloqni olib jo‘nadi. Qizbeli toziday chopdi! Boysunliklar keyinda qolib ketdi. Ammo ulkan bir ayg‘ir izma-iz yetib bordi. Ayg‘ir chavandozi uloqqa uzalmadi. Yo‘q, uzalmadi. Ayg‘ir, Fayzullaning Qizbelini ko‘kragi bilan urib o‘tib ketdi! Qasddan qildi, qasddan! Fayzulla chavandoz Qizbeli umbaloq oshib yiqildi. Fayzulla Qizbel oti boshidan yerga aylanib tushdi. Qizbel sapchib turdi, besh-olti odim qo‘ydi. Keyin, chavandoziga qarab yurdi. Chavandozi oldida oyoq ildi. Fayzulla chavandoz yiqilish zarbidan irg‘ib turib ketdi. Ust-boshlarini qoqdi. E, tavba-ye, tavba-ye! Chavandoz devordan ag‘nasa, albatta bir yeri lat yeydi. Maydagina eshakdan yiqilsa, xiyol vaqt qimirlamay yotadi. O‘qday uchib borayotgan otdan yiqilsa, hech nima ko‘rmaganday, sapchib turib ketadi! Birodarlar, eshak yiqitsa, tuyog‘ini to‘shaydi, ot yiqitsa, yolini to‘shaydi! Fayzulla chavandoz Qizbel oldiga bordi. Qizbel badaniga yopishgan loylarni artdi. Qorniga sidirilib tushgan egarni oldi. Qaytatdan egarladi. Tag‘in to‘daga ot qo‘yib keldi. Uloqqa qahr bilan yopishdi. Bu safar boysunliklar uloqni ot tuyoqlari ostiga bostirib oldi. Fayzulla chavandoz uloqni tuyoqlar ostidan tortib ololmadi. To‘dadan entikib-entikib chiqdi. — ... sig‘sa ot min-da, bachchag‘ar! O‘l-e, shu kuninga-ye! Tfu! — dedi. Fayzulla chavandoz tupigi ulkan ayg‘ir sag‘risiga sachradi. Fayzulla chavandoz araz urib ketdi. Izidan uzangi yo‘ldoshlari jo‘nadi. 22 Boysunlik chavandozlar uloq ololmasligini bildi. Endi qing‘irlik yo‘liga o‘tdi. Uloqqa chilvir soldi! Chilvir yarim qulochcha keladigan arqon bo‘ladi. Yo‘g‘onligi boshmaldoqday bo‘ladi. Uchlari bilak bilan egar qoshi sig‘adigan qilib tugiladi. Chavandoz chilvirni uloq kezanagidan o‘tkazib olib, bilagiga o‘raydi. Ana undan keyin uloqni tortib olib bo‘lmaydi! Uloqqa chilvir solishning zo‘r bir xili bor. Boysunliklar ayni shu zo‘rini qo‘lladi: birovi bir amallab uloqni yerdan uzdi. Chilvirni kezanakdan o‘tkazib oldi. Uchlarini egar qoshiga ildi. Keyin, uloqni taqimiga bosib chopdi. Shu uloqni olib bo‘ladimi? Yo, chavandozni egar-abzali bilan ag‘darib olib bo‘ladi, yo, oti bilan qo‘shib yiqitib olib bo‘ladi. Bo‘lmasa, olib bo‘lmaydi! — Chilvir! Chilvir soldi! — Ay bakovul, to‘riq chilvir soldi! — Harom, to‘riqning ulog‘i harom! Bakovul barini ko‘rib turdi, barini eshitib turdi. Ammo yelkasini qisdi, labini burdi, talmovsirab turib oldi. — Chilvir? Qanaqa chilvir? Okun, mehmoni azizsiz, bo‘hton qilmang! To‘riq, kel, haqingni ol!— dedi. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling