Umumuy o‘rta ta’lim maktablarining 10 sinfi uchun darslik


Download 26.54 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1622834
  1   2   3   4   5   6   7   8

1
Umumuy o‘rta ta’lim maktablarining
10 - sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tavsiya etilgan
(2- qism)
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT–2020
http://eduportal.uz 2
UO‘K 811.512.133(075.3)
KBK 81.2 O‘zb - 922
O-58
Tuzuvchilar:
BAXTIYOR MENGLIYEV, SHAROFAT TOSHMIRZAYEVA,
SAODAT ATОYEVA, SAIDA MAJIDOVA, DILFUZA MANNOPOVA
Mas’ul muharrir
G‘OFIR HAMROYEV – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Taqrizchilar:
DILOROM YO‘LDOSHEVA – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
XOSIYAT SUVONOVA – Shayxontohur tumanidagi 59- DIUM oliy
toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Ekspertlar guruhi:
G. YO‘LCHIYEVA – Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 6-maktab oliy toifali
Ona tili va Adabiyot fani o‘qituvchisi
X. ZIYOXONOV – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va
dizayn instituti katta o‘qituvchisi
SHARTLI BELGILAR
– o‘qing
– gapiring
– tinglang
– yozing
– bilib oling
fikrlang
– uyga vazifa
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© B.Mengliyev va b.
© „O‘qituvchi“ NMIU, 2020
ISBN 978-9943-22-458-2
http://eduportal.uz 3
I FASL. USLUBLAR JILOSI
1.1- mashq. Matnni o‘qing va mazmuni haqida fikr yuriting.
BIRINCHI MO‘JIZA
Qadim zamonlardan beri odamlar olamda yetti mo‘jiza bor deb hisoblashadi. Bular Misr fir’avnlarining ehromlari, Bobilning osma bog‘i, ov xudosi Artemida ma’badi, Zevsning haykali, Galikarnas maqbarasi, quyosh xudosi Geliosning haykali va, nihoyat, nahri Nilda Faros orolidagi mayoqdir. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ular yaratilgandan beri necha asrlar o‘tdi. Lekin yetti mo‘jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu obida bo‘lib kelmoqda. Biroq shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kam emas. XX asr odamining hayotiga u nondek, havodek, radiodek singib ketgan, shuning uchun uni qo‘lga olganimizda mo‘jiza bilan uchrashganday larzaga tushmaymiz, uning muqaddasligidan orziqib-entikib ketmaymiz, tilimiz lol bo‘lmaydi. Bu mo‘jiza – kitob.
Kitobning mo‘jiza, mo‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘jiza ekanini ko‘pgina buyuk odamlar qayd qilgan. „Kitob – bilim manbayi“, – degan edi Aleksey Maksimovich Gorkiy. „Kitob bizning jips sahifalarga joylashtirilgan ko‘p asrlik tajribamizdirki, u yer yuzidagi inson aqliga mangu hayot bag‘ishlaydi“, – deb yozadi Leonid Leonov. Mashhur Avstriya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. U ham kitob madhiga benihoya ehtirosli, jo‘shqin misralar bag‘ishlagan: „Kitob bor joyda odam o‘z-o‘zi bilan, o‘z saviyasining chor devoriga o‘ralib, ortiq yolg‘iz qololmaydi, balki u o‘tmishdagi va hozirgi jamiki hodisalarga oshno bo‘ladi, bu-tun insoniyatning fikrlari va hislaridan bahramand bo‘ladi“.
…Adabiyot inson kashf qilgan hamma mo‘jizalar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng buyugi, eng ulug‘voridir. U – ajoyib buloq. U shun-

Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling