Umumuy o‘rta ta’lim maktablarining 10 sinfi uchun darslik


Download 26.54 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1622834
1   2   3   4   5   6   7   8
2.3- mashq. Parchalarning qaysi uslubga xosligini aniqlang.
Uslubni tavsiflash rejasi:
1) uslub nomi;
2) qo‘llanish sohasi;
3) janri;
4) o‘ziga xos so‘zlari;
5) qo‘shimchalar qo‘llanishidagi o‘ziga xoslik;
6) gap qurilishidagi o‘ziga xoslik.
Nazariy matn
Nutq uslublari maqsadiga ko‘ra nomlangan. Bir uslub ilmiy maqsadga xizmat qilsa, boshqa biri og‘zaki so‘zlashuvga xos. Har bir uslubning o‘z janrlari bor. Masalan, hikoya – badiiy uslub janri, gurung so‘zlashuv uslubiga xos. Sinonim so‘zlar uslublarga xoslanadi (apteka so‘zi so‘zlashuv, dorixona so‘zi esa ilmiy, badiiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanadi). Shuningdek, -gay qo‘shimchasi badiiy uslubga (kuygay) xos. So‘zlashuv uslubida -gach qo‘shimchasi qo‘llanmaydi. Murakkab qo‘shma gaplar ko‘pincha kitobiy uslublarda qo‘llanadi. Bir uslubda unga xoslanmagan so‘z, qo‘shimcha, gap qurilishlarini qo‘llash nutqiy me’yor emas.
2.4- mashq. Nazariy matn mazmunini uqing va uni og‘zaki bayon qiling.
2.5- mashq. Gazetadan olingan xabar matnini o‘qing.
Sanoat rivojida ekologik soflikka e’tibor berish katta ahamiyatga ega. Jumladan, konfet yoki qadoqlangan sharbatlarni oling. Bu shirinliklarni o‘rashda foydalaniladigan qog‘oz, sellofan va plastik idishlarni ishlab chiqaradigan fabrikalar ekologiyaga katta zarar yetkazadi. Ammo haqiqiy „shirinlik fabrikasi“ bo‘lgan mevali daraxtlarning mahsulotlari vitaminga
http://eduportal.uz 10
boy, to‘yimli va chiqindiga aylanmaydigan qoplam bilan ajoyib tarzda o‘ralgan. Bu „fabrikalar“ ulkan dastgohlarga o‘xshab shovqin chiqarmaydi, „yoqilg‘i“si esa chirindi va tuproq kabi tabiiy narsalardan iborat. Shamollarni to‘sish, soya berishdan tashqari betakror go‘zalligi bilan insonlarga zavq bag‘ishlaydi. („Ma’rifat“ gazetasidan)
2.6- mashq. Matndagi publitsistik uslubga xos leksik, morfologik, sintaktik o‘ziga xosliklarni aniqlab, qisqa satrlarda ifodalang.

Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling