Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet9/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 15
Bakovul o‘yladi-o‘yladi, oxiri gapini qaytib oldi. Soqoldor chavandozga yuzlandi.
— Chavandoz bova! — dedi. — Oshingni yesa-da mard yesin, boshingni yesa-da mard
yesin! Bunday tantilikdan keyin, haq sizdan aylansin! — dedi.
Bakovul menga bir serka bilan yigirma besh so‘m pul berdi.
20
Ko‘pkari oxirigacha yonboshlab yotdim.
Uzangi yo‘ldoshlarim bir marta-da uloq ololmadi.
Ko‘pkaridan qo‘lini burunlariga tiqib qaytdi.
Shunda, uzangi yo‘ldoshlarimga yuz soldim.
— Endi qaysi yuz bilan elga ro‘para bo‘lamiz?— dedim. — Yigirmaday chavandoz-a!
Olganimiz bor-yo‘g‘i bitta serka bo‘lsa! Shuniyam tilab oldik!
Chavandozlar boshi egik bo‘ldi. Bilmadik, deya yelka qisdi.
Yaxshisi, bunday qilamiz. Yo‘lda oyoq ilamiz. Qishloqqa qorong‘ilatib-qorong‘ilatib
kirib boramiz. Binoyimi?
— Binoyi, binoyi, — dedi chavandozlar.
Qishloqqa bir adir qoldi.
Chavandozlar otdan tushdi. Adirda yonboshlab yotib oldi.
Toshday qorong‘i tushdi.
Chavandozlar tag‘in otlandi.
Birov-yarim duch keladi, degan hadik bilan men oldinda yurdim. Oldimda serka bor-da.
El ko‘zi...
Aytganim bo‘ldi. Toshloqdan o‘tib, bir qoraga yo‘liqdim. Yo‘lni burib soldim.
Qora olisdan ovoz berdi:
— Hay, o‘sha yoqda bir ola mol ko‘rmadilaringizmi?
— Ko‘rmadik.
— Ziyodulla chavandoz? Senmisan? Ko‘pkaridan qaytdilaringmi?
— Shunday, shunday!
— Qalay, quruq qaytmadilaringmi, ishqilib?
— Esa-chi!
— Bilinmayapti-ku!
Men oldimdagi serka junini og‘ritib-og‘ritib tortdim. Serka uzib-uzib ma’radi.
— Eshityapsizmi, ovozini?
— Ha, yaxshi-yaxshi! Ishqilib, bo‘sh kelmanglar! Sizlar, elning e’tibori-da!
— Ana shunday ovozli jonlilardan barimizda bor! Xurjundagi qat-qat to‘nlarni aytmasakda
bo‘ladi!
21
Boysunga to‘yga jo‘nadim. Yer bilch-bilch loyligidan, ot dumini tugib qo‘ydim.
Birodarlar, boysunliklar qitmir el, baxil el, ichiqora el! Birovga bir nima qiymaydi! O‘zlari
bo‘lolmaydi, bo‘lganni ko‘rolmaydi! Bizning omadimizni kamsitadi! Bizning
muvaffaqiyatimizni yerga uradi! Parokandaligimizni ko‘rib quvonadi! Yayrab kuladi,
miriqib kuladi! Voy bechora-ye, voy bechora-a, deydi! Nachora, birodarlar, nachora, sut
bilan kirgan, jon bilan chiqadi!.. Bugungi ko‘pkarida-da shunday bo‘ldi.
Sho‘rchidan Fayzulla chavandoz keldi. Vo ukkag‘ar, ana chavandoz! Besh ketdim!
Ostidagi oti qizbel! Suv ilonday chopdi! Uloqni ketma-ket ikki bor ayirdi!
Uchinchisi menda ketdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling