Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet6/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 12
tomoshago‘y bo‘ldi.
Endi, to‘da tevaragida yurgan chavandozlar o‘zini uloqqa urdi.
Men Tarlon boshi uzra qamchi havolatdim. Tarlonni qimtib-qimtib, to‘daga haydadim.
Tarlon otlar siquvida turtinib-burtinib uloqqa yetib keldi. Uloqni bir aylanib to‘xtadi.
Men qamchini sopidan tishlab oldim. O‘zim uloqqa uzaldim. Endi ko‘tarib edim, bir ot
tuyog‘i bosib qolib, uloq qo‘limdan tushib ketdi.
Tarlonni otlar to‘dasi surdi. Tarlon qalqib-qalqib, uloq naryog‘iga gandiraklab o‘tdi.
Chetga chiqib qoldi.
Tarlon shashti qaytmasin, ruhi tushmasin, deya bir chaqirimcha yerga chopib borib,
chopib keldim. Go‘yo uloqni olib chiqdim!
15
Uloq yerdan qimirlamadi.
Shunda bakovul zotni oshirdi.
Chavandozlar-ov, eshitmadim demanglar, ustiga yana bir go‘sam serka qo‘yildi!
Chavandozlar chuh-chuh, deya otlarini uloqqa chorladi. Sag‘rilariga tars-tars qamchilar
urdi.
Otlar pishqirdi, otlar kishnadi.
Nihoyat, uloq yerdan ko‘tarildi. To‘da asta-asta jonlandi. Otlar qulog‘i lik-lik etdi. To‘da
pastga siljidi.
Bakovul jar soldi.
— Uloq ko‘tarildi, uloq ko‘tarildi!
To‘da birdan jonlandi. Otlar yoppasiga chopdi. dupur-dupur-dupur... otlar uloq
tevaragida chopdi. Bor e’tiborlari uloqda bo‘ldi.
— Uloq ketdi! Uloq Burnoch bilan Samanda borayapti!
Nimaga burnoch ot deymiz! Boisi, burnoch ot peshonasida qashqasi, burni uchida olasi
bo‘ladi. Butlari-da ola bo‘ladi. Burnoch otning xili ko‘p bo‘ladi. Ko‘k burnoch, qora
burnoch, to‘riq burnoch, jiyron burnoch!
Saman ot bo‘lsa, sariq, yollari, dumlari qora bo‘ladi. Yol-quyrug‘i oqlari-da bo‘ladi.
Burnoch bilan Saman quloqlarini quyon quloqlari misol chimirib chopdi, zinkiyib chopdi.
Uloq oralarida shalvirab bordi. Uloqning bir buti Burnochda, bir buti Samanda bo‘ldi.
Chavandozlar o‘z taraflariga chalg‘ayib, tortishib bordi. Tevaragida o‘nlab qo‘llar uloqqa
uzaldi, ammo yetolmadi. Yetganlari uloqni yulib ololmadi.
Otlar Burnoch bilan Samanni o‘rab chopdi, dupur-dupur-dupur...
— Uloq Burnoch bilan Samanda borayapti! Uloq Samanga o‘tdi, uloq Samanda! Bos!
Darhaqiqat, Saman chavandozi epchillik bilan uloqni taqimiga bosdi. O‘ng tarafiga
qiyshaydi. Jilovni o‘ngga burdi. Saman yo‘lini o‘ngdan soldi.
Chavandozlar talashish foydasizligini bildi. Birin-birin orqada qoldi.
— Halo-o-ol! Samanniki halol! Tashla, Saman, tashla! E barakalla-ye! Saman, kel,
haqingni ol!
Saman uloqni yerga tashladi. Bakovulga qarab yurdi.
Chavandozlar yerga tushgan uloqqa qarab yurdi. Yana uloqqa yopirildi. Uloq bu gal
maydagina bir to‘riqda ketdi.
Birodarlar, to‘riq ot malla bo‘ladi. Bo‘yni xuddi ko‘zoynakli ilon misol gajak-gajak bo‘ladi!

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling