Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
bor, qoboq bor-da. Rixsiyev supada yonboshlab oldi. Qo‘lini loyga urmadi. Hasharchilarga gap berib turdi. Birodarlar, Rixsiyev quloq-miyani qoqib, qo‘lga berdi! Bidir-bidir... Olamda gap qolmadi! Qayerda urush bo‘layapti, qayerda surgun, qaysi mamlakat podshosi qayerga bordi, nimaga bordi, nima dedi, poyezdda bordimi, samolyotda bordimi, mezbonlar bilan quchoqlashib ko‘rishdimi, yo, qo‘l uchida ko‘rishdimi, hech nima qolmadi! Boshim g‘uvillab qoldi. Tishimni tishimga qo‘yib chidadim. Rixsiyev ertaga-da hasharga aytdi. — Kelolmayman, ertaga ko‘pkari bor, — dedim. Shu vaqt uydan odam keldi. Palovga qaramadim, hadahalab uyga bordim. Uyimizda chaqaloq inga-ingaladi. Birodarlar, men ota bo‘ldim, ota! O‘g‘il! Xumor xolamiz o‘g‘limizga momochi bo‘ldi! Tongni ko‘z yummay oqladim. 26 Ertalab Tarlonni suvlatmadim. Yemni kamroq berdim. Qishloq mashrig‘idagi chimzorga bordim. Otlar siyrak bo‘ldi. Borlari-da o‘zimizning otlar bo‘ldi. Mehmon otlar taxchil bo‘ldi. Tarlonni to‘daga soldim. Tarlon to‘daga kirmadi! Keyiniga tisarildi. Suvlig‘ini chaynadi, boshini sarak-sarak etdi. Tizzam bilan biqiniga niqtadim, sag‘risiga qamchiladim. Tarlon seskandi, Tarlon turgan joyida yer depsindi. Ko‘z qo‘rqitar uchun boshi uzra qamchi havolatdim. Tarlon ursang ur, mana, degandayin quloqlarini chimirib turdi. Bildim, Tarlonda kayfiyat yo‘q, bildim! Birodarlar, har bir otning o‘z fe’l-atvori, kayfiyati bo‘ladi. Ot kayfiyati yo‘q kunlari insonga bo‘yin egmaydi. Ana shu kunlari inson ko‘p g‘ashiga tegsa, inson yelkasidan g‘archillatib tishlab olishdan-da, qovug‘iga tarsillatib tepishdan-da qaytmaydi! Bunday vaqtlarda ayrim chavandozlar qamchi dastasi bilan otning boshiga uradi. Oqibat, ot jon achchig‘ida chavandozini yiqitib qochadi. Ana shunda ot insondan bezadi. Ot insondan qaytadi! O‘zining devlar ajdodiga tortadi! Ajdodlarini qo‘msaydi, adirlarga qarab qochadi. Galalarga borib qo‘shiladi. Ayg‘irlari bilan ko‘rishadi, biyalari bilan suykashadi. Ajdodlarining havosini oladi! Bir-birlari bilan iskashadi. Inson zotidan nolib-nolib boshlaydi, ko‘nglini yorib-yorib boshlaydi, dardini to‘kib-to‘kib boshlaydi... Dev boshim bilan insonga bosh egdim, deydi, ta’zim qildim, deydi, qul bo‘ldim, deydi, ammo el bo‘lmadim, deydi... Yo‘q, kayfiyati yo‘q kunlari otga indamaslik lozim bo‘ladi, ko‘ngliga qarash lozim bo‘ladi! Shu boisdan Tarlonni oshiqcha zarbalamadim. To‘da tevaragini aylanib yurdim. Shunchaki tomoshago‘y bo‘ldim. Chimzorda yer yorib chiqqan cho‘qir toshlar ko‘p bo‘ldi. Shu bois, chavandozlar ko‘ziga qarab chopdi. Otlarini qoqilib ketishdan avaylaydi. Oqtuyoq otlar bir chetda tomoshago‘y bo‘ldi. Boisi, oqtuyoq otlar toshli yerda chopolmaydi. Toshlar tuyog‘ini urib tashlaydi. Ko‘pkari oxirida bakovul jar soldi: — Chavandozlar deyman-ov, bugun ot kam keldi! Uzoq-yaqindagilar to‘yning ikki kunidayam ko‘pkari bo‘lishini bilmagan-da! Shu boisdan qobil polvon ertaga katta ko‘pkari beradi! Armonda qolma! Uyda Tarlonni iliq suv bilan yuvdim. Qashilab-qashilab parvarishladim. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling