O`t qopi anatomiyasi va tabiiy mizoji. O`t qopi kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 19.66 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi19.66 Kb.
#1333490
1   2   3   4
Bog'liq
16.O`t qopi

Sariq kasalligining belgilari
Bilginki, sariq, va Qorasariq kasalliklarida siydik, ko`pincha ko`pikli va rangdor bo`ladi; siydikning - rangi kancha ko`p bo`lsa, u shuncha o`tkirbo`ladi va jigarning sog`lom va kuchli ekaniga kuchlirok dalolat qiladi. Jigardagi buzilgan issiq mizojdan bo`lgan sariq kasalligi­ning belgilari mizoj buzilishining ma`lum belgilaridir, xox u byelgilar issiq shish byelgisi bilan birga bo`lsin, xox bulmasin, bari bir shunday qilavyeradi. Bu xil sariq kasalligida axlat, tiqilmalardan bo`lgan sariq kasalligida okarganidek okarmaydi, balki, ko`pin­cha, juda rangli bo`ladi, tiqilmalardan bo`lgan sariq, kasalligida yoziladiganidek og`irlik ham sezilmaydi, ishtaxa kamayadi, tashnalik ko`payadi, badan ozadi, siydik kizaradi. Bu xil sariq kasalligining to`satdan paydo bo`lishi kam uchraydi.
Agar sariq kasalligiga O`t qopchasidagi o`tning juda o`tkirligi va uning alangalanishi sabab bo`lsa, bunga badan rangining doimo sariq bo`lib, fakatgina yuzning Qora va tilning ok bo`lishi, ozish, ham da axlatni O`t juda kuritib yuborishi natijasida ichning tuxtalishi byelgi bo`ladi. Yana o`t ning xaydalib chiqadigan joylarga bormay badanda tuxtalishi sababli kasallikning avvalida siydikning ok va suyuq bo`lishi, keyin uning juda sariq, so`ngra Qora va quyuq bo`lishi, kasallikning oxirida siydikning juda badbuy bo`lishi ham byelgi bo`ladi.
Qorasariq kasalligining belgilari
Agar kasallik fakatgina taloq, dan kelib chiqqan bo`lsa, kasal­ning rangi qorayishdan oldin sargaymaydi, chunki sariq kasalligi xech bir taloq, dan bulmaydi. Qorasariq kasalligi goxo jigar tufayli ham paydo bo`lsa-da, birok taloq, dan bo`lganida qoralik kuchli bo`ladi va taloq, ning qattiqlik va kattalashganlik belgilari yuz buyuradi, shuningdek, chap tomonida og`riq bo`ladi. Axlat va siydik ba`zan Qorayadi, goxo axlat ichida qora cho`kma chiqadi, bu kasallikning taloq, dan ekaniga kuchli dalil bo`ladi. Ba`zan jigarda kasallik bo`lmasa va taloq, kasalligi jigarga haddan tashqari ko`p o`tmasa, siydik o`zgarmaydi; shu paytda jigarning sog`lomligi Qorasariq kasalligining taloq, dan ekanligiga dalil bo`ladi. Goxo qorin devori tortishib ogriydi va og`irlashadi. Ko`pincha, ich tuxtab qoladi, ba`zan esa u yumshaydi hazm yomonlashib, qorin qo`ldirashi ko`payadi. O`zini yomon sezish, g`amginlik, sababsiz vasvasa paydo bo`ladi, ba`zan Qora ter ham chiqadi.
Yo`llardagi tiqilmalar sababli bo`ladigan qorasariq kasalligiga kuchli og`irlik va chap tomonni bosib yotishning qiyinligi dalolat qiladi. Issiq va qattiq shishdan bo`ladiganida shu shishlarning belgilari yuz buyuradi. Taloq, kuchsizligidan bo`ladiganida esa og`irlik bulmay­di, agar jigarning ham kuchsizligi sabab bo`lsa, bunga jigar kuchsizligining belgilari dalil bo`ladi. Jigardan bo`lgan Qorasariqda dastlab jigar kasalliklari yuz byerib, taloq, sog`lom yoki zararlangan bo`lishi mumkin

Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling