Ot so’z turkumi – maxsus


Download 182.5 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi182.5 Kb.
#187429
1   2   3   4
Bog'liq
OT SO

Uyg‘oqlik uzayib ketsa, uyqusizlik paydo bo‘lib,nafslarda g‘am va bezovtalikni vujudga keltiradi.

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

94. Qaysi bandda faqat otning lug’aviy shakllarini yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) -cha, -chi, -choq B) -ning, -im, -ingiz

C) -don, -(a)loq, -gacha D) -chiq, -lar, -niki

95. Fe’lning vazifadosh shakllaridan qaysilari otning munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalarni qabul qila oladi?

A) harakat nomi va sifatdosh B) sifatdosh va ravishdosh

C) faqat harakat nomi D) faqat sifatdosh

96. Turdosh otlardan yasalgan atoqli otlar qatorini aniqlang.

1) Botir; 2) Sardor; 3) Sohib; 4) Zubayda; 5) Rentgen; 6) Laylo.

A) 1,2,3 B) 2,3 C) 1,2,3,5 D) 4,5,6

97. Qanday qo’shma otlar qo’shib yoziladi?

1) turdosh qo’shma otlar; 2) ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar; 3) ikkinchi qismi atoqli bo’lgan qo’shma otlar.

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3

98. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otga qaysi bandda misol berilgan?

1) ikir-chikir; 2) ashqol-dashqol; 3) tovoq-povoq; 4) qand-qurs.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) faqat 3 D) 2,4

99. Ot va sifatdan tarkib topgan qo’shma otni toping.

A) beshbarmoq B) oltingugurt

C) oshko’k D) iskabtopar

100. Qaysi yasama ot tarkibidagi qo’shimcha kichraytirish shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha bilan shakldosh bo’ladi?

A) ochqich B) toychoq

C) ko’rik D) yopinchiq

101. Qaysi gapda kichraytirish qo’shimchasi “erkalatish”, “suyish” ma’nolarini anglatgan?

A) Xotinchangga aytib qo’y, men ham onaman.

B) Domla Ikromcha uyga tez qaytardi.

C) Baxtingdan o’rgilay, do’ndiqchalar, tuf-tuf, ko’z tegmasin.

D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim, o’tiringlar.


102. Xalq so’zidan morfologik usulda ko’plik hosil qilingan qatorni belgilang.

A) xalqlar B) bir nechta xalq C) ko’p xalqlar

D) Bu so’z o’zi ko’plik shaklida bo’lgani bois undan morfologik usulda ko’plik yasab bo’lmaydi.

103. Qaysi qatorda mavhum otga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan?

A) Otasini ko’rib, ko’zlari yashnab ketdi.

B) Otasini ko’rib, sevinchlari daryoday toshdi.

C) Otasini ko’rib, boshlari osmonga yetdi.

D) Otasini ko’rib, oyoqlari titray boshladi.

104. Belgisiz qo’llanishi mumkin bo’lgan kelishik qo’shimchalari qaysilar?

A) -ning, -ni, -ga, -da, -dan B) -dan, -ga, -ni, -da

C) -ga, -ning, -ni D) -da, -ni, -ga, -ning

105. Qaysi gapda otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi “erkalash” ma’nosini ifodalagan?

A) Kitobimni qancha sevsam kam bo’lur.

B) Yaxshimisan, Oydinim?

C) Onaginam, odam bo’ldimmi manam?

D) Abdullajon, kelasi yil kelaman, deganding-ku?

106. Ot oldidan ko’plikka ishora qiluvchi so’zlarni qo’llash orqali ko’plik ma’nosini yasash qanday usul sanaladi?

A) morfologik usul B) semantik usul

C) leksik usul D) leksik-morfologik usul

107. Kelishmovchilik oti tarkibida nechta qo’shimcha mavjud?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

108. Qaysi shaxslardagi egalik qo’shimchalari belgisiz qo’llanishi mumkin?

A) I shaxs ko’plikda

B) I shaxs ko’plik va III shaxs birlikda

C) II shaxs birlik va III shaxs ko’plikda

D) I va II shaxs ko’plikda

109. Yashash, bu – orzular qanotin kermoq,

Yashash, bu – muhabbat gullarin termoq,

Yashash, bu – umrning gulgun damlari,

El uchun yashamoq, el uchun bermoq.

Berilgan matnda qaratqich va tushum kelishiklari qanday shakllarda kelgan?

A) 2 ta belgisiz va 1 ta belgili qaratqich, 2 ta belgisiz tushum kelishigi

B) 2 ta belgisiz va 1 ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum kelishigi

C) 1 ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum kelishigi

D) 1 ta belgili qaratqich, 2 ta belgisiz tushum kelishigi

110. Ko’plik ma’nosi sintaktik (leksik) usulda yasalgan otni belgilang.

A) yigirmata maktab B) maktablar

C) suruv D) bir qultum suv

111. Qaysi bandda berilgan gaplarda birlik va ko’plikdagi otlar bir-biridan ta’sirchanlik, ifodalilik belgisiga ko’ra farq qiladi?

1. Ko’zimga ishonmayman – Ko’zlarimga ishonmayman.

2. Shovqindan boshim og’rib ketdi - Shovqindan boshlarim og’rib ketdi.

3. Ko’z yoshini artdi – Ko’z yoshlarini artdi.

4. Kompyuterni o’chirib qo’y - Kompyuterlarni o’chirib qo’y.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,4 D) 1,3

112. Ko’plik shaklining shaxs otlariga qo’shilib, hurmat ma’nosini bildirishi haqidagi qaysi hukm noto’g’ri?

A) Ko’plik shakli I shaxs egalik qo’shimchasi bilan kelganda ko’pincha egalik qo’shimchasi oldin, ko’plik qo’hsimchasi esa undan keyin keladi.

B) Ko’plik shakli II shaxs egalik qo’shimchasi bilan birgalikda qo’llanilganda, ko’plik shakli oldin, egalik shakli esa keyin keladi.

C) Ko’plik shakli III shaxs egalik qo’shimchasi bilan birgalikda qo’llanilganda, ko’pincha ko’plik shakli oldin, egalik shakli esa keyin keladi.

D) Barcha mulohazalar to’g’ri.

113. Belgi-xususiyat bo’yica nomlovchi mavhum otni toping.

A) yaxshilik B) chopiq C) urush D) go’zal

114. Harakat-holat bo’yicha nomlovchi mavhum otni toping.

A) supurgi B) chopiq C) urush D) o’qimoq

115. Voqea-hodisa bo’yicha nomlovchi mavhum otni toping.

A) qizamiq B) supurgi C) urush D) janggoh

116. Fe’ldan ot yasovchi qo’shimchalarni aniqlang.

A) -iy, -chi B) -chi, -kash C) -ch, -im D) -ki, -soz

117. Jamlovchi ot berilgan qatorni belgilang.

A) sabzavot B) baxt C) gullar D) Toshkent

118. Qaysi kelishik qo’shimchalari belgili va belgisiz qo’llana oladi?

1) bosh kelishik; 2) qaratqich kelishigi; 3) tushum kelishigi; 4) jo’nalish kelishigi; 5) chiqish kelishigi ; 6) o’rin-payt kelishigi.

A) 2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,2,3 D) 2,3,4,6

119. Sifat turkumidan otga ko’chgan so’zni aniqlang.

A) achchiq-chuchuk B) omon-eson

C) yasan-tusan D) kuzatuvchi

120. Atoqli ot, hayvon, o’simlik nomlariga qanday qo’shimchalarni qo’shish orqali erkalash ma’nosini ifodalash mumkin?

A) qarashlilik B) egalik

C) xoslik D) kelishik

121. Baxtingdan o’rgilay, do’ndiqchalar, tuf-tuf, ko’z tegmasin.

Ushbu gapda kichraytirish qo’shimchasi qanday ma’noni anglatgan?

A) kesatish, kamsitish B) kichraytirish, ozaytirish

C) erkalatish, suyish D) ta’kidlash, kuchaytirish

122. Bir turdagi predmetning birini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishga ko‘ra otlar qanday tasniflanadi?

A) turdosh otlar, atoqli otlar.

B) yakka otlar, jamlovchi otlar.

C) kishi otlari, narsa otlari.

D) mavhum otlar, aniq otlar.

123. Mavhum otlar berilgan qatorni toping.

A) baxt, kitob, olma B) armiya, xalq, poda

C) ozodlik, tuyg‘u, sevgi D) bola, suv, sadoqat

124. Jamlovchi otlar berilgan qatorni toping.

A) xalq, armiya, to‘da B) kitob, uy, daraxt

C) gul, qalam, olma D) bola, mashina, non

125. Qaysi qatordagi so‘z jamlovchi otlarga mansub emas?

A) xalq B) ko‘pchilik

C) armiya D) daraxt

126. Ot qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar bilan birika olmaydi?

A) ot, sifat B) olmosh C) ravish, fe’l

D) Ot mustaqil so‘z turkumlarining barchasi bilan birika oladi.

127. -lar qo‘shimchasi taxmin anglatadigan gapni toping.

A) Oyimlar ancha kech qaytdilar.

B) Karimlar uylariga endi ketishdi.

C) Oyoqlarim zirqirab og‘riyapti.

D) Qishloqqa ham o‘n chaqirimlar bor.

128. Qisqartirib so‘z yasash (qisqatma qo‘shma so‘z) qaysi so‘z turkumiga xos?

A) Mustaqil so‘z turkumlariga B) Faqat otlarga

C) Ot, fe’l, olmosh va sonlarga

D) Barcha so‘z turkumlariga

129. Qaysi qatorda sof ko‘plik ma’nosi ifodalangan?

A) Dadamlar keldilar. B) Tillarim achishib ketdi.

C) Moskvalarni tomosha qilib keldim.

D) Men gullarni terdim.

130. Ot turkumiga xos grammatik ko‘rsatkich (kategoriya)lar qaysi javobda berilgan?

A) Ot turkumida grammatik ko‘rsatkichlar mavjud emas.

B) Mayl, zamon, nisbat, shaxs-son.

C) Bo‘lishli va bo‘lishsizlik.

D) Kelishik, son, egalik

131. Ko‘plik ma’nosi morfologik yo‘l bilan ifodalangan qatorni belgilang.

A) o‘nta kitob B) dasta-dasta gul

C) to‘da D) uylar

132. Birlik sonda predmetlar to‘dasini anglatadigan otlar qatorini toping.

A) qush, olma, shahar B) ko‘chat, ishchi, universitet

C) terak, yaproq, avtobus D) xalq, armiya, poda

133. -lar qo‘shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma’nosida ifodalangan?

A) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi.

B) Og‘a, sog‘ borsangiz, avval dadamlarga salom ayting.

C) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi.

D) O‘zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da.

134. -lar qo‘shimchasi yordamida otlarda hosil qilinuvchi hurmat ma’nosini ifodalash uchun har doim qaysi qo‘shimchaning bo‘lishi shart?

A) Hurmat ma’nosini ifodalashda otlarga -lar qo‘shimchasining qo‘shilishi shart.

B) kelishik qo‘shimchalaridan biri

C) egalik qo‘shimchalaridan biri.

D) -niki qo‘shimchasi

135. Turlovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.

A) -gan, -b, -ib, -sh, -ish B) -m, -ing, -i, -miz, -niki

C) -m, -ng, -ngiz, -lar D) -ning, -ni, -da, -ga, -dan

C) egalik qo‘shimchalari D) turdosh qo‘shimchalar

136. Qaysi qatordagi so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush tushishi yuz beradi?

A) son, ong B) yutuq, bilan

C) shahar, burun D) sochiq, kurak

137. Qaysi qatordagi otlarga II shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan?

A) kitobim, onam B) xulqingiz, akangiz

C) daftaring, ukang D) ishimiz, onamiz

138. Qaysi qatordagi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, asosda o‘zgarish ro‘y beradi?

A) qayroq, kitob, qalam B) kuch, og‘iz, hosil

C) yong‘oq, burun, bilak D) o‘g‘il, yoqa, kuz

139. Qaysi qatorda qaratqich kelishigi o‘rniga tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan?

A) Navoiy gulni sevardi.

B) Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar.

C) Yormat jahli chiqqanidan otlarni qamchilardi.

D) Latifjonni adasi so‘zini ustidan chiqdi.

140. Faoliyat-jarayon otlari qaysi qatorda berilgan?

A) yugurish, uchish B) terim, chopiq

C) dehqonchilik, odamgarchilik D) vaqt, davr

141. Turdosh otdan hosil qilingan atoqli otlarni aniqlang.

A) Botir, Zafar B) rentgen, xosiyatxon

C) Asal, Nargis D) Zebo, Ra’no

142. Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush o’zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar …

A) aniq otlar deyiladi B) qo’shma otlar deyiladi

C) takroriy otlar deyiladi D) turdosh otlar deyiladi

143. Xalq Ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Oliy Majlisi, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Traktor zavodi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Oliy Xo’jalik sudi, Buxoro viloyati hokimligi, “Damas” avtomashinasi, “O’qituvchi” nashiryoti, Umid firmasi, “Istiqbol” fermer xo’jaligi, “Malika” ishlab chiqarish birlashmasi, “Nuroniy” jamg’armasi, Samarqand Chinni zavodi, “Xalqlar Do’stligi” saroyi, Temuriylar Tarixi davlat muzeyi, Guliston davlat universiteti. Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent Agrar universiteti, 1-yanvar –Yangi yil, 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navro’z bayrami, Jahon Tinchlik Kengashi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Birlashgan Arab Amirligi, Janubiy Amerika Materigi, “Navoiy” romani.

Nechta atoqli otni yozishda imlo qoidalariga amal qilinmagan?

A) 8 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 11 ta

144. Boshqa turkumga oid so‘zlar asosida paydo bo‘lgan atoqli otlar qatorini toping.

A) O‘lmas, Aziz, Nodir, Olapar B) Asal, Ra’no, Lola, Anor

C) Yupiter, Mars, Hulkar, Sotiboldi

D) Alisher, Akram, Rustam, Mosh

145. Yasama otlar berilgan qatorni toping.

A) ko‘rpacha, ichak, boshliq, toshloq

B) dastgoh, zararkunanda, samolyot, temir yo‘l

C) bilak, fufayka, terak, yer yong‘oq

D) chidam, kuldon, sog‘inch, ilmoq

146. Yasama narsa otlari qaysi bandda to’g’ri sanalgan?

1) o’roq; 2) tugma; 3) suzma; 4) tishkovlagich; 5) guldon; 6) bilimdon; 7) achitqi; 8) qurilma; 9) yuvindi; 10) o’tloq.

A) 1,4,5,7,8,9,10 B) 2,3,4,5,6,7,8,10

C) 1,2,3,4,5,7,8 D) 1,4,5,8,9

147. Aniq otlar qatorini aniqlang.

A) tovush, zarra B) hid, savob

C) savod, ishonch D) dev, ajdar

148. Faqat faoliyat-jarayon otlari berilgan bandni belgilang.

A) suvoqchilik, chaquv, g’allachilik, chopiq, duradgor

B) tanlov, loygarchilik, umum, mehribon, ezmalik

C) sayohat, ta’til, ipak, ustachilik, tantana

D) bilim, terim, shofyorlik, yoshlik, serobgarchilik

149. Narsa oti yasovchi qo’shimchali so’z ishtirok etgan gapni toping.

A) Oqqirov kasalligi g’o’za barglariga uya quradi, tuproqda, o’simlik chirindilari orasida qishlaydi.

B) Opasi savatda olma, behi, anor olib kelib, dasturxon tuzatishga tushdi

C) Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi

D) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, dadillik baxsh etgandek bo’ldi

150. Narsa oti yasovchi qo’shimchalarni toping.

A) –chi, -ma, -don B) –(i)ndi, -qich, -gi

C) –k, -q, -lik D) –iy, -don, -gich

151. Joy nomlariga qo’shilib keluvchi qaysi so’zlar bosh harf bilan yoziladi?

1) respublika; 2) qirollik; 3) amirlik; 4) federatsiya; 5) hukumat.

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 3,4,5

152. Noto’g’ri yozilgan atoqli joy nomi qaysi bandda berilgan?

A) Birlashgan Millatlar tashkiloti

B) Amerika Qo’shma shtatlari

C) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi

D) “Afrosiyob” Mehmonxonasi

153. Qanday otlarning har bir so’zi bosh harf bilan yozilmaydi?

A) xalqaro tashkilotlar nomlari

B) oliy davlat tashkilotlarining nomlari

C) davlat tashkilotlari mansablarining nomlari

D) qo’shma so’z shaklidagi atoqli joy nomlari

154. Noto’g’ri yozilgan otni aniqlang.

A) O’zbekiston Milliy universiteti

B) O’zbekiston Milliy bog’i

C) O’zbek Milliy taomlari

D) Barchasi to’g’ri yozilgan.

155. Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar birikmali holatlarda qanday yoziladi?

A) qo’shtirnoq ichida va faqat birinchi so’z bosh harf bilan

B) faqat birinchi so’z qo’shtirnoq ichida va bosh harf bilan

C) har bir so’z qo’shtirnoq ichida va bosh harf bilan

D) faqat birinchi so’z qo’shtirnoq ichida va har bir so’z bosh harf bilan

156. To’g’ri yozilgan so’zlarni toping.

1) Guliston davlat universiteti; 2) Temuriylar tarixi davlat muzeyi; 3) Toshkent agrar universiteti; 4) Konstitutsiya kuni;

5) Nuroniy jamg’armasi.

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5

157. Shaxs otlari berilgan qatorni belgilang.




Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling