Ot so’z turkumi – maxsus


Download 182.5 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi182.5 Kb.
#187429
1   2   3   4
Bog'liq
OT SO

1) Jo’ravoy; 2) o’qituvchilik; 3) uka; 4) bilimdon; 5) Olapar.

A) 1,2,3,4 B) 1,3 C) 3,4,5 D) 3

158. Otga xos lug’aviy shakl qo’shimchasi bilan shakldosh bo’lgan -gina yuklamasi qaysi jihatdan farqlanadi?

1) grammatik qo’shimchalarni o’zidan oldin yoki keyin kelishiga ko’ra; 2) urg’u olish-olmasligiga ko’ra; 3) ma’nolariga ko’ra;

A) 1,2,3 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3

159. Domla Ikromcha Buxoroda mashhur mudarris edilar.

Ushbu gapda atoqli otga qo’shilib kelgan so’z shakli yasovchi qo’shimchaning ma’nosini aniqlang.

A) o’rin ma’nosini B) kesatish

C) kichraytirish D) hurmat

160. Quyidagi turdosh otlardan qaysilari atoqli o’rin-joy otlari (toponimlar) bilan birga kelsa, doimo bosh harf bilan yoziladi?

1) davlat, o’lka, viloyat; 2) respublika, federatsiya; 3) dengiz, daryo, kanal, ko’l; 4) qirollik, amirlik.

A) 1,2 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 2,4

161. -dosh qo’shimchasi haqida bildirilgan quyidagilardan qaysi biri xato?

A) otning barcha turlariga qo’shilib, yangi so’z yasaydi

B) asos anglatgan narsa-buyum, ular uchun umumiy bo’lgan shaxslarni bildiruvchi ot yasaydi

C) so’zlarga doimo qo’shib yoziladi

D) turdosh otlarga qo’shilib, shaxs oti yasaydi

162. Qaysi gapda -cha qo’shimchasi alohida morfema sifatida ajratilmaydigan so’z qatnashgan?

A) Mitti Gulnoz opachasi bilan o’ynardi shodon.

B) Xiylagar bibichaning boshqa qilmishlari haqida ham bilib oldik.

C) Bu kishi ham shoircha, she’r yozib turadilar.

D) Sojida Saidaning kichik singilchasi, u hali bog’chaga qatnaydi.

163. Qaysi qatorda atoqli otlar imlosi buzilgan?

A) O’zbekiston Oliy Majlisi, “Sen yetim emassan” she’ri

B) “Mustaqillik” ordeni, “Jasorat” medali

C) “Orol” gazetasi, “Jiguli” mashinasi

D) markaziy Farg’ona kanali, katta Andijon kanali

164. Egalik qo’shimchasisiz ishlatilsa, ma’nosi o’zgaradigan so’z birikmasi qaysi qatorda berilgan?

1) po’lat keskichi; 2) cho’yan pechi; 3) mis qozoni; 4) temir arrasi

A) 3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4

165. -gina qo’shimchasi qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shilib, ma’noni kuchaytirish, erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi?

A) ot, ravish, sifat B) ot, sifat, ravish, fe’l

C) faqat otlarga D) ot, sifat

166. -lik qo’shimchasi yordamida qaysi so’z turkumlaridan otlar yasab bo’lmaydi?

A) ravishlardan B) sonlardan C) fe’llardan

D) berilgan so’z turkumlardan otlar yasaladi.

167. Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so’zlar berilgan?

A) kasallik, xastalik, bemor

B) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat

C) keksa, mo’ysafid, qari D) oydin, ravshan, ochiq.

168. -ch qo’shimchasi qaysi qatordagi so’zlardan ot yasaydi?

A) ishon, tayan, quvon B) jirkan, tin, sevin

C) qo’riq, tin, quvon D) o’tin, shoshil, aya

169. Quyidagilardan qaysi biri atoqli otlarga qo’shilib kelmaydi?

1) -dosh; 2) -gina; 3) -lar; 4) -cha; 5) -lik

A) 1,5 B) 5 C) 1,2,5 D) 1

170. Qaysi gapdagi otda -lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini ifodalagan?

A) Yog‘ va unlarni do‘kondan olib, qishloq tomon yo‘lni davom ettirdik.

B) Barcha gaplarda ko‘plik ma’nosini ifodalagan

C) Nodirlarning hovlisi shahar chetida joylashgan.

D) Bolalar nimanidir sezgandek ustozlaridan ko‘z uzmas edilar.

171. Qoidaga ko’ra, ot turkumiga oid so’zlarda kelishik, egalik va ko’plik qo’shimchalari qanday tartibda joylashadi?

А) ot+kelishik+son+egalik В) ot+son+kelishik+egalik

С) ot+son+ egalik + kelishik D) ot+ egalik +kelishik+ son

172. Qaysi qatordagi so’zning tarkibi o’zbek tilining ichki qonuniyatlari asosida odatdagi asos va qo’shimchalar tartibiga misol bo’la oladi?

A) hamshaharlarim B) sarg’aytirmoq

C) notinchlik D) qaynatma (sho’rva)

173. Qo’shma otlar berilgan qatorni toping.

A) Ko’z-po’z, aka-uka, non-pon

B) Markaziy Osiyo, achchiqtosh, kungaboqar

C) Tokzor, soatsoz, tustovuq

D) Bahoriy, Quyi Chirchiq, asalari

174. Qo’shma otlar berilgan qatorni toping.

A) kamzul, yangi yo’l, tokzor

B) bilaguzuk, tillaqosh, bozorboshi

C) kitobxon, oshpaz, xushbo’y

D) Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo, sheryurak

175. Qaysi qatordagi so’zlar qo’shtirnoqqa olinishi kerak?

A) Samarqand chinni zavodi

B) Xalqaro olimpiya qo’mitasi

C) Qo’shchinor mas’uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi

D) Temuriylar tarixi davlat muzeyi

176. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalardan qay biri so’zlarga qo’shilganda, tovush almashishi yuzaga keladi?

A) -boz, (-voz) -dosh B) -chi, -(u)v

C) -(i)q, -lik D) -vchi

177. Yasama o’rin-joy oti ishtirok etgan gapni toping.

A) Vujudimga hokimlik qilayotgan o’sha tuyg’ular o’rnini shafqat, odamiylik egallaboldi

B) Bilim kishining ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi

C) Olisda sadafdek chaqnab turgan cho’qqilar, yam-yashil o’tloqlar ko’ngliga taskin berar-ku!

D) Bahorda yana ekinlarni kasallantiradi.

178. Faoliyat-jarayon otlari yasovchi qo’shimchalarni toping.

A) -loq, -(i)m, -lik B) -oq, -xon, -lar

C) -(u)v, -(i)m, -(i)q D) -garchilik, -chilik, -k

179. Faoliyat-jarayon oti ishtirok etgan gapni toping.

A) Ular qushchalarni tomosha qilishadi.

B) Bilim kishining ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi

C) Bu yerlarni qo’riqxonaga aylantirar emish, shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan.

D) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’i Otabek!

180. Mavhum ot ishtirok etgan gapni toping.

A) Hasad – yurakning zanglashi, qaysarlik mag’ubiyat sababchisidir

B) Shavkatlarning kattagina uzumzor bog’i bor

C) Nigora Saidlarnikiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan, Saidning dadasi televizor ko’rib o’tirar edi.

D) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko’p bo’lgan o’rmon Archa ham serob.

181. Qaysi gapda yasama ot mavjud?

A) Oradan uch-to’rt kun o’tgach, dadam Qipchoqlardan hovli topib keldi

B) Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi

C) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol

D) Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmas, uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi.

182. Otning lug’aviy shakllari berilgan qatorni toping.

A) ahillik, uylar, bog’i

B) bolaginam, uycha, ukajon

C) o’qiganlar, ro’molcha, uylar

D) uyim, qishloqda, kitobni

183. Otga xos sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalarni toping.

A) -ni, -lar, -ning B) -xon, -jon, -bek

C) -lik, -(i)m, -(i)ngiz D) -si, -da, -(i)ng

184. Qaysi qatordagi gapda ko’plik qo’shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan?

A) Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi.

B) Narsa deb odamlar e’tiboridan qolish yomon

C) Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob.

D) Osmon kabi tiniq tuyg’ular mavj uradi bu yosh qalbimda

185. Qo’shma otlarning imlosi haqidagi quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?

A) Birinchi qismi sifatdan iborat bo’lgan otlar ajratib yoziladi.

B) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan otlar qo’shib yoziladi.

C) Ikki va undan ortiq turdosh otdan tarkib topgan turdosh otlar doim qo’shib yoziladi.

D) Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan otlar ajratib yoziladi.

186. Joy nomlari haqida bildirilgan noto’g’ri fikrni aniqlang.

A) Mamlakat, o’lka nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi.

B) Mamlakat, o’lka nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda, faqat birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

C) Tarkibida bo’yi so’zi ishtirok etgan joy nomlari qo’shib yoziladi.

D) Tarkibida oldi, orti so’zlari ishtirok etgan joy nomlari qo’shib yoziladi.

187. Atoqli otlarning imlosi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) Tarixiy sanalarning nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

B) Bayram nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

C) Xalqaro tashkilotlar nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

D) Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.

188. Shaxs otlari haqida bildirilgan quyidagi fikrlarning qaysi biri xato?

A) Shaxs otlari shaxslarni ko’rinishiga, tibbiy holatiga ko’ra nomlaydi.

B) Shaxs otlari shaxslarni mansab-unvoniga, kasb-koriga ko’ra nomlaydi.

C) Shaxs otlari shaxslarni ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga ko’ra nomlaydi.

D) Shaxs otlari shaxslarni yoshiga, yashash joyiga ko’ra nomlaydi.

189. Quyidagi gapda qaysi kelishiklar bilan bog‘liq xato mavjud?

Uyg‘ur xati o‘z tarixi mobaynida uyg‘urlarnigina emas, balki butun turkiy xalqlarning umumiy yozuviga aylandi.

A) Bosh kelishik, tushum kelishigi

B) Qaratqich kelishigi, tushum kelishigi

C) Tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi

D) Jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi

E) Chiqish kelishigi, bosh kelishik

190.


Download 182.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling