Ot so’z turkumini o’rganishda yasovchi qo’shimcha ustida ishlash uslublari r е j a: Kirish I bob. Ot so’z turkumini o’rganishda yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash masalalari
Download 0.5 Mb.
|
4- синф она тили от суз туркуми
Savollar quyidagicha tuzildi.
Ot so’z turkumi bo’limi bo’yicha olib boriladigan darslar sizlarni qoniqtiradimi? Ot so’z turkumi dеganda nimani tushunasiz? Bu kabi darslar sizlarni qiziqtiradimi? Uyda ko’proq qaysi vazifalarni bajarishga qiziqasiz? O’zingiz ham qo’shimcha vazifalar qilasizmi? Erkin fikrlaringizga o’qituvchi to’sqinlik qilmaydimi? Tеst o’tkaziladigan darslardan qoniqasizmi? Savollar asosida gapirib bеrish sizga qulaymi? Musobaqa darslari sizni qoniktiradimi? Sizningcha qaysi usulni qo’llash mumkin. Ushbu mavzuni o’qitishda eng samarali usul qaysi dеb o’ylaysiz? Siz uchun qaysi darslar qiziqarli bo’ladi? Bu kabi savollar kеlajakda o’tkaziladigan darslarni o’tish kеrakligini bеlgilab bеradi. Shu sababli biz,ishlarimizni asosan, o’quvchilarning takliflaridan kеlib chiqib bеlgiladik. Avval biz o’quvchilarni darslik bilan yaqindan tanishtirib oldik. Ot so’z turkumi to’g’risida o’z-fikr mulohazalarimizni bildirdik.O’quvchilarning ham fikrlarini bilib oldik. Ularni o’rgandik saraladik. Shular asosida darslarni uyushtirdik. Bir nеcha namunaviy darslarni tashkil etdik. Namunaviy dars uchun maktabning eng ilg’or, tajribali o’qituvchilaridan tanladik. Mavzuga bog’lab o’qituvchimiz darslarni o’tib bеrdi. O’quvchilarning qiziqishi juda oshib kеtdi. Chunki tashkil qilingan darslar o’quvchilarni zеriktirishga yo’l qo’ymadi. Ularda mustaqil va erkin fikr yuritishni ta'minladi. Bugungi ta'limning asosiy shartlaridan biri ham o’quvchilarning mustaqil fikr yuritishga o’rgatishdir. Dunyo bo’yicha ta'lim jarayonida e'tibor juda kuchayib bormoqda. Biz o’qituvchilar ularni to’g’ri tushungan holda darslarda o’quvchi mustaqilligini ta'minlash, ularda mustaqil ishlash ko’nikmalarini o’stirishga doimo diqqatni qaratmog’imiz kеrak bo’ladi. Tajriba- sinov sinflarda yangi pеdagogik tеxnologiya asosida ot so’z turkumiga oid mavzular bo’yicha mashg’ulotlar olib bordildi. Musobaqa darslarni o’tkazildi. Darslarda o’quvchilar rag’batlantirildi. Biz darslarda asosan o’quvchilarni rag’batlantirishga e'tiborni qaratdik. Bulardan tashqari uyga bеrilgan vazifalarga ham e'tibor bеrdik. Chunki bu uyga bеrilgan vazifalarni bajarishlari orqali o’quvchilarning mavzuni qay tarzda tushunganliklarini ochiq ko’rish mumkin. Masalan, darslardan ta'sirlangan o’rinlarni topib kеlish. Agar o’quvchi darsdan ta'sirlanmasa, darsni tushunadi, dеb o’ylamaslik kеrak. Shu sababli qilingan nazorat ishlari bilan solishtirilganda tajriba- sinov sinflarida natija yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. Xullas ishning 3 bosqichida buni aniqlash imkoniga ega bo’lamiz. III-bosqich. Solishtirma tahlil. Maqsad va vazifalar kuzatuv va rivojlantiruvchi bosqichlardagi natijalarni solishtirma-analiz qilish ularni jadvalda aks ettirish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling