kuzatilgan javobni toping.
A) Haqiqiy olim shunday kishiki, uning so‘zi,
o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi.
B) Yigit bechoraning rangi quv o‘chib ketgan.
C) Har qaysi hovlining burchagida tunning
baxmal pardasini parchalab o‘t yaltiraydi.
D)Baxtsizliging sirini boshqalardan emas,
o‘zingdan izla.
22.Haqiqat shunchalar achchiqki,odatda ziravor
sifatida xizmat qiladi.
Yuqoridagi parcha haqida noto’g’ri hukmni
toping?
A) Affikatsion va kompozitsion yasama so’zlar
qatnashgan.
B) Otning qo’shma fe’lga bog’lanishi kuzatiladi.
C) Fonetik hodisa fe’lning tarkibida kuzatiladi.
D) Mavhum ot qatnashishi kuzatiladi.
23.Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping?
A) Ma’daniyat – ajdodlarni avlodlarga, tarixni
bugunga, bugunni kelajakka bog‘lovchi ko‘prik.
B) Inson umri davomida o‘ziga sodiq do‘stlar
orttiradi.
C) Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir.
D) Vatan sog’inchi har bir insonning yuragida,
qalbida bo‘lmog‘i lozim.
24. Qaysi qatorda sodda yasama mavhum ot
qo’llangan?
A) Saxiylik ulug’vor fazilatardan biri ekanligini
unutmang.
B) G’ildiraklarning bir qiyomda taraqlab
tebranishidan ko’zim ilindi.
C) Vatanim, seni hur va ozod kuylayman.
D) Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi.
25.Qaysi gapda egalik qo’shimchasi yasama
otga qo’shilgan ?
A) Osmon kabi tiniq tuyg’ular mavj uradi bu yosh
ko’nglimda.
B) Tilagim shuki, hamma baxtiyor bo’lsin.
C) Vujudimda hokimlik qilayotgan o’sha
tuyg’ular o’rnini shavfqat, odamiylik egalladi.
D) Bolalardagi tug’ma iste’dodtni aniqlash va
yo’naltirish zarur.
26. Qo’shma ot ishtirok etmagan gapni toping?
A) Uyasi tomon sudralgan toshbaqani sekin turtib
ko’rdi.
B) Senga o’xshash quyonyurak menga do’st
bo’lmaydi.
C) Hovlida o’sgan sadarayhonlar mayin tebranardi
D) Ariq bo’yidagi otquloqlar endigina ko’ringan
edi
27.Qaysi gapda ko’chma ma’noda
Do'stlaringiz bilan baham: |