Ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari
Download 196.74 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- –cha
- -choq\\-chak affiksi
burunlar.
9.Atoqli otlarga qo'shilganda umumlashganlik, o'xshaganlik ma'nolari anglashiladi. Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'I. (G'.G'.) 10. Aniq va mavhum otlarga qo' shilib. hurniat, izzat ma'nolarini ifodalaydi. Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko'p xursand bo'ldik.(O.) Otlarda so‘z o‘zgarishi va so‘z yasalishidan tashqari lug‘aviy shakl yasash hodisasi ham mavjud. Otlarning leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no qo‘shish uchun xoslangan affikslar lug‘aviy shakl yasovchilar deyiladi. Ular quyidagi sintetik shakllardan tashkil topadi: 1-§. Kichraytirish shakllari. -cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan boshqa otlarga qo‘shilganda kichraytirish ma’nosini ifodalaydi: hovuzcha, qushcha, uycha, baliqcha kabi. Shaxs bildiruvchi otlarga qo‘shilganda esa kichraytirish bilan birga erkalash, hurmat yoki kamsitish, kesatish ma’nolarini ham hosil qiladi: Ko‘chadan bir qizcha chopqilab o‘tdi. Sizni es-hushli yigitcha deb o‘ylardim. Sal o‘pkangizni bosib oling, yigitcha! Ba’zi so‘zlar tarkibida –cha affiksi kichraytish ma’nosini yo‘qotib, yangi so‘z yasashi ham mumkin. Bunday holda so‘z yasovchi va kichraytuvchi affiks o‘rtasida omonimlik munosabat hosil bo‘ladi: sholcha, ko‘rpacha, bog‘cha, qizilcha, taqsimcha. Bundan tashqari,–cha affiksi sifat va ravish yasovchi –cha affiksi bilan ham shakldoshdir: o‘zbek+cha raqs, fag‘ona+cha palov, qishloq+cha kiyinmoq, askar+cha yurmoq, yangi+cha fikrlamoq, o‘zbek+cha gapirmoq. -choq\\-chak affiksi toy, kelin, qo‘zi kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina kichraytish- erkalash shaklini hosil qiladi. Masalan: toychoq, kelinchak, qo‘zichoq kabi. Qo‘zichoq, toychoq so‘zlari ko‘chma ma’noda bolalarga nisbatan ishlatilganda erkalatish shakli kuchayadi. Bu affiks ba’zi so‘zlar tarkibida kichraytirish ma’nosi bilan birga ba’zi otlarni ham yasaydi: o‘yin+choq, bela+n+chak, ko‘m+ir+chak. Kichraytirish affikisning o‘zlik nisbatdagi fe’lga qo‘shilishi bilan sifat yasaydigan omonimi ham bor: kuy+in+chak, erin+choq . Download 196.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling