Ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari
-§.Erkalash shakllari. –jon, -xon, -oy
Download 196.74 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- -gina affiksi
2-§.Erkalash shakllari. –jon, -xon, -oy affikslari atoqli va turdosh otlarga
qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat shakllarini hosil qiladi: ukajon, oyijon, kuzgujon, akaxon, Abrorjon, Hulkaroy, Halimaxon. Bu affikslar ba’zi kishi ismlarining tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi: Onaxon, O‘g‘iloy, Mamajon kabi. Shuningdek, oromijon, rohatijon kabi forsiy izofalar tarkibida jon mustaqil so‘z sifatida «jonning oromi», «jonning rohati» kabi ma’nolarga teng bo‘ladi; –xon affiksi esa, gazetxon, kitobxon kabi otlarning yasalishida ishtirok etib, -xon shakl yasovchisiga omonim bo‘ladi. - (a) loq affiksi qiz, bo‘ta kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina erkalash ma’nosini hosil qiladi: qizaloq, bo‘taloq, toyloq. Ba’zi o‘rinda –cha affiksi bilan sinonim bo‘la oladi: qizaloq-qizcha, toyloq-toycha. Bu affiks o‘rin-joy oti yasovchi –loq affiksi bilan omonimlik munosabatga ham ega bo‘ladi: o‘tloq, qumloq. -gina affiksi. Asosan, shaxs bildiruvchi otga qo‘shilib, erkalatish-kichraytirish shaklini hosil qiladi: bolagina(m), qizgina(m), jongina(m). Mazkur affiks yaxshigina, kattagina, tezgina, endigina kabi so‘zlarda sifat va ravishga xos shakl yasaydi. So‘z takibida shakl yasovchi sifatida ishtirok etganda urg‘uli hisoblanadi: bolagina΄, yaxshigina΄, ozgina΄. Urg‘usiz holatda esa, ayiruv- chegaralov yuklamasi vazifasini bajaradi va shakl yasovchilar bilan omonim bo‘ladi. Masalan: bola΄gina, faqa΄tgina, so‘zlarni΄gina. 3-§. Qarashlilik shakli ot yoki olmoshlarga –niki affiksini qo‘shish bilan yasaladi. Bu affiks o‘zakka qo‘shilib, narsaning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga qarashli ekanligini bildiradi: akamniki, do‘stingniki, ko‘chaniki, maktabniki kabi. Men, sen olmoshlariga qo‘shilganda qo‘shimcha tarkibidagi n undoshi tushiriladi: men+iki, sen+iki. Qarashlilik shaklidagi ot mazmunan egalik affiksini olgan otlarga sinonim bo‘ladi. Download 196.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling