Ota-onangning sendan umidi katta ekanligini unutma!!!
Download 22.61 Kb.
|
FONETIK HODISALAR
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!! FONETIK HODISALAR 1Qaysi qatordagi so’zdan fe’l yasalganda, asosda fonetik o’zgarish sodir bo’lmaydi? A) son B) sog’ C) ot D) ong 2. Negadir undagi quvnoq davraga bo’lgan e’tibor susaydi. Ushbu gapdagi so’zlarda fonetik o’zgarishlarning qaysi turi mavjud emas? A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush ortishi, almashishi, tushishi D) fonetik o’zgarishlarning uchal turi mavjud 3. Hayotning ko’p issiq-sovug’ini ko’rib, saboq olib, tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik o’zgarish mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 4. Quydagi berilgan fe’llarning qaysilari fonetik tamoyil asosida yozilgan? 1) gurulla; 2) o’yna; 3) yashna; 4) yasha; 5) sayla; 6) angla. A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6 5. Xalq og’zaki ijodida mard yigitlar bo’ynidagi mas’uliyat ular ulg’aygan sari ortib borishi haqida ham to’xtalib o’tildi. Ushbu gapda nechta so’zda tovush tushishi hodisasi yuz bergan? A) beshta B) ikkita C) to’rtta D) uchta 6. Bitta tirnog’i ortiq itlarni shunaqa atashadi. Ushbu gapda necha o’rinda fonetik o’zgarish hodisasi mavjud ekanligini toping? A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 7. Shunday paytlarda yoshligimning ajib damlarini esga olaman. Bolalikdagi o’ynoqi damlarni sog’inaman. Meni o’tloqlardagi dumalatgan, chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman. Ushbu parchada necha o’rinda imlosi fonetik o’zgarishga uchragan fe’l so’z turkumiga oid so’zlar bor? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 8. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko’rmang. Ushbu gapdagi so’zlar imlosida qanday fonetik o’zgarish hodisalari mavjud? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush tushishi C) tovush ortishi D) tovush tushishi, almashishi va ortishi 9. Qaysi so‘z tarkibida bitta tovush tushishi, bitta tovush almashishi hodisasi yuz bergan? A) sayroqi B) yig‘loqi C) qiynog‘i D) qaynoq 10.Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlarni belgilang. 1) angla; 2) bitta; 3) yig‘la; 4) og‘gach; 5) sog‘ga; 6) pedagogga; 7) boqquncha; 8) chohga A) 1, 2, 3, 4, 7 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 C) 1, 2, 3, 7 D) 1, 3, 4, 8 11.Qaysi maqoldagi yasama sifat fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma. B) Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar. C) Aqlsiz do‘stga kular, Aqlli do‘stini suyar. D) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug‘gan toparsan? 12.Singlimning ancha ulg’ayib qolgan o`g’li yig’lab o`rnidan turdi-da, yana onasining bag’rida uxlab qoldi. Ushbu gapdagi necha so`z tarkibida i unlisining tushishi kuzatiladi? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 13.Sovuqdan mening qulog’im, burnim qizarib ketdi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 14.Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Ushbu gapdagi so`zlar tarkibida qanday fonetik o`zgarishlar kuzatiladi? A) tovush tushishi B) tovush almashishi va tushishi C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi D) tovush orttirilishi 15.Berilgan qaysi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush almashishi vujudga keladi? 1. o`roq 2. bilak 3. yoq 4. ermak 5. yo`q A) Berilgan barcha so`zlarda tovush almashadi. B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2, 4 Download 22.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling