O’ta xavfli yuqumli kasalliklar — tasnifi, turlari, infektsiyalar tashxisi va profilaktikasi


O’TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR TASNIFI


Download 43.66 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1649531
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'ta xavli yuqumli kasalliklar

O’TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR TASNIFI
Barcha O’XYK uch turga ajratiladi:
1. Konventsion kasalliklar. Bunday infektsiyalarga xalqaro sanitariya normalari tarqaladi. Bular:

  • Bakterial patologiyalar (o’lat va vabo);

  • Virusli kasalliklar (maymunlar o’lati, gemorragik virusli isitmalar).

2. Xalqaro nazoratni talab qiladigan, lekin qo’shma choralar ko’rilmaydigan infektsiyalar:

  • Bakterial (toshmali va qaytalanma terlamabotulizm, qoqshol);

  • Virusli (OIV, poliomitelit, gripp, quturish, oqsim);

  • Protozoal (malyariya).

3. JSST nazoratida emas, balki mahalliy nazorat ostida bo’lgan infektsiyalar:

  • Kuydirgi;

  • Tulyaremiya;

  • Brutsellyoz.

BUGUNGI KUNDA
Shuni ta’kidlash kerakki, JSST XMSQ-2005`ga o’latning faqatgina bitta — o’pka shakli kiritilgan, chunki bunday holda infektsiya bir kishidan ikkinchisiga havo-tomchi yo’li orqali juda tez tarqaladi. Agar o’z vaqtida tegishli choralar ko’rilmasa, kasallik juda katta miqyosdagi aholini zararlashi mumkin. O’latning boshqa shakllarida bunday yuqumlilik qayd etilmaydi.
Bugungi kunda yangi XMSQ-2005`ni qo’llash sohasi faqatgina yuqumli kasalliklar bilan chegaralanib qolmaydi, balki «kelib chiqishi yoki manbaidan qat’iy nazar, odamlar uchun jiddiy zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo’lgan kasallik yoki tibbiy holatni» qamrab oladi.
Garchi 1981-yilda JSST Jahon sog’liqni saqlash assambleyasining 34-sessiyasida qirilib ketishi natijasida chinchechak o’ta xavfli kasalliklar ro’yxatidan chiqarib tashlangan bo’lsa ham, XMSQ-2005 da kasallik chechak shaklida yana ro’yxatga kiritildi. Buning sababi chinchechak virusi haligacha ba’zi mamlakatlarning biologik quroli shaklida saqlanayotgan bo’lishi ehtimoli, shuningdek Sovet olimlari 1973-yilda Afrikada batafsil ta’riflab bergan maymunlar chechagining tabiiy yo’l bilan tarqashi mumkiniligidir. Uning klinik ko’rinishlari chinchechakka o’xshash va ayni paytda gipotetik ravishda o’lim va yuqori darajada nogironlik xavfini tug’diradi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling