O’ta xavfli yuqumli kasalliklar — tasnifi, turlari, infektsiyalar tashxisi va profilaktikasi


Download 43.66 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1649531
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'ta xavli yuqumli kasalliklar

ENG KENG TARQALGAN O’XYK`LAR O’LAT
Zoonoz bakterial infektsiya, Yevropada o’rta asrlarda millionlab odamlar o’limiga sabab bo’lgan. Qo’zg’atuvchilari o’lat tayoqchalari (Yersinia pestis) deb nomlanadi. Tashuvchilari asosan kemiruvchilar.
Kasallikning xarakterli alomatlari:

  • Yuqori isitma (harorat 40 °C gacha ko’tarilishi mumkin);

  • Chidab bo’lmas darajada bosh og’rig’i;

  • Tilning oq karash bilan qoplanishi;

  • Yuz giperemiyasi;

  • Aqldan ozish (kasallik kerakli tarzda davolanmagan og’ir hollarda);

  • Gemorragik toshmalar.

O’lat antibiotiklar bilan davolanadi. Qo’llaniladigan antibiotiklarga, masalan, Siprofloksatsin, Streptomitsin, Gentamitsin (garamitsin) va Doksisiklin (Vibramitsin, Filiz, atridoks) kiradi.
O’lat haqida batafsil→
VABO
Vabo — o’tkir infektsion kasallik bo’lib, vabo vibrioni (Vibrio cholere) bakteriyalari tufayli rivojlanadi va odatda og’riqsiz va suvsimon ich ketishiga olib keladi. Kasallik asosan zararlangan suv orqali yuqadi.
Alomatlari:

Davolashning muvaffaqiyatli bo’lishi ko’proq tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Terapiya antibiotiklar qabul qilish va organizmdagi yo’qotilgan suv va tuzlar o’rnini qoplash uchun vena ichiga ko’p miqdorda maxsus eritmalar kiritishni nazarda tutadi.
Vabo haqida batafsil→
CHINCHECHAK
Sayyoradagi eng yuqori yuqumli bo’lgan infektsiyalardan biri. Antropoz infektsiyalarga oid, u bilan faqat insonlar kasallanadi. Tarqalish mexanizmi — havo-tomchi yo’llari. Virus manbai kasallangan odam hisoblanadi. Infektsiya onadan homilaga o’tishi ham mumkin.
1977-yildan buyon chechak bilan kasallanish hollari umuman qayd etilmagan. Infektsiya alomatlari:

  • Tana haroratining to’satdan ko’tarilishi;

  • Bel va dumg’aza sohasida keskin og’riqlar;

  • Sonlarning ichki yuzasi, belda toshmalar toshishi.

Chechakni davolash bemorni zudlik bilan izolyatsiya qilish bilan boshlanadi, terapiyaning asosi — gamma-globulin.
SARIQ ISITMA
O’tkir gemorragik transmissiv infektsiya. Kasallik manbai — maymunlar, kemiruvchilar. Tashuvchilari chivinlar hisoblanadi. Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlarida tarqalgan.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling