Otabek va Kumushlar kiygan liboslar qani?


Download 33.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1142329
Bog'liq
otabek va kumush.


Otabek va Kumushlar kiygan liboslar qani?
O’zbek xalqining milliy madaniyati, urf-odatlari asrlar davomida davr va sharoitga, jamiyat taraqqiyotiga moslashib,o’zgarib kelgan. Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek,Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalar yashagan davrda bolalar va kattalar odob bilan kiyinib, tavoze bilan bir-birlarini izzat-ikrom qilishgan.
Kiyinish madaniyati, kiyinish odobi kishilarning o’zaro muomilasiga, bir-biriga bo’lgan munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sirini ko’rsatmay qolmagan. Kishilarning yurish-turishi, kiyinishi orqali uning kim ekanligi, kasb-kori, odob-axloqi, madaniyati namoyon bo’ladi.
Bir donishmanddan so’radilar:
__Inson uchun yarashadigan kiyimlar ichida eng go’zali qanday kiyim?
Donishmand javob berdi:
__Inson uchun yarashadigan eng go’zal kiyim bu-odob-axloq kiyimidir.
Demak kishi qiyofasini bezaydigan, uning husniga husn qo’shadigan odob-axloqdan ortiq kiyim yo’qligini unutmasligimiz lozim. Donishmand aytganidek, inson o’z aql-idroki, odob-axloqi bilan go’zal bo’lmog’i kerak. Insonning qay darajada madaniyatliligi, tarbiyali, odobliligi uning kiyinishida, yurish-turishida, tashqi qiyofasida namoyon bo’ladi. Kishining tashqi qiyofasi ichki ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Qimmatbaho kiyim-kechak kiyish va zeb-ziynatlar taqish bilan kishining qadr-qimmati oshmaydi, uning qadr-qimmati bilim va odobidadir. Bu haqida ustozlar shunday deydilar:
Odamning qiymati emas siym-u zar,
Odamning qiymati bilim va hunar.
Albatta,har doim ko’chada, jamoat joylarida, to’y-hashamlarda kiyinish madaniyati haqida baxs-munozara bo’ladi. Ayniqsa, qizlar, ayollar nutqidan moda, “dizayn” kabi so’zlar tushmay qoldi. Kiyimga qarab muomila qilina boshladi. “ Kim qimmat,moda bo’yicha kiyim kiysa , u albatta obro’li, badavlat,madaniyatli kishi hisoblanadi”,- degan fikr paydo bo’ldi. Asta-sekin milliy kiyimlarimiz o’rnini zamonaviy g’arbga xos kiyimlar egalladi. Milliy kiyimlarimiz hisoblangan atlas,do’ppilarimiz egnimizga og’irlik qilmoqda.
Do’ppi- o’zbek xalqining milliy bosh kiyimi hisoblanadi. Qadim-qadimdan do’ppi kiyish odat tusiga aylangan. Afsuski, bu odatni bugungi kunda unutib qo’ydik. Shu o’rinda sevimli shoirimiz Muhammad Yusufni bir she’rini keltirib o’tmoqchiman.
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Na uyida va na ko’chada.
Mirtemirlar,G’ofur G’ulomlar,
Yechgan do’ppi qoldi tokchada.
Shoir bu she’ri bilan bugungi kun dardini olib chiqqandek go’yo.
Ba’zi o’g’li va qizlar o’zlariga haddan tashqari oro beradigan bo’lib qoldilar. Yoshlarning xatti-harakatlari, kiyinishi, yurish-turishi modaparastlikka aylanmasligi lozim. Insonning did-farosati kiyim boshida, xatti-harakatida, o’zini tuta bilishida ko’rinadi. Samimiy, o’ziga talabchan,umuman, tarbiyali kishilar tashqi ko’rinishida sun’iylik, qalbakilikni ko’rsatuvchi birin-bir bema’nilikka yo’l qo’ymaydigan tarzda kiyinishga, o’zini kiyim-boshiga munosib tutishga harakat qiladi. Odob-axloqli, farosatli inson har doim mana shu qiyofasini saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor berish ichki ma’naviy go’zallikning ifodasi ekanligini doimo yodimizda saqlaylik.
Xalq og'zaki ijodining farzand tarbiyasidagi ahamiyati
Annotatsiya:alla,humo qushi,folklor,dostonchilik, mentolitet tushunchasi
Har bir xalqning o'z tarixi,tarixiy qahramonlari bo'lgani kabi azaliy urf-odatlarini,milliy kiyinish uslubi va kundalik hayoti aks ettiruvchi xalq og'zaki ijodi ham mavjud.Xalq og'zaki ijodidagi qahramonlarning kiyinishi ham shu millatning kasbi-kori,kundalik hayotini o'zida mujassam etadi.Yurtimizda xalq og'zaki ijodini o'rganuvchi olimlar,tadqiqotchilar yetarlicha.Makrab ,oliy o'quv yurtlarida ham folklorshunoslikka dars soatlari ajratilgan.Folklor adabiyot fanining ajralmas qismi,ildizi,poydevori hisoblanadi.Bilamuzki,og'zaki adabiyot yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo'lgan.Yana bir farqli tomoni unda variantlilik ko'p uchraydi.Masalan,,,Alpomish,, ,,Go'ro'g"li" turkumidagi dostonlar bir baxshi tomonidan boshqacha aytilsa,boshqa baxshi uni yanada o'ziga xos kuylagan.
Bugungi kunda xalq og'zaki ijodining o'rni ,ahamiyati ancha pasaygandek.Millat mentalitetini shakllantirishda xalq ertakalari,alla,doston va maqollarning o'rni beqiyos
Allaning naqadar sexrli qo'shiq ekanligini buyuk ijodkorimiz O'tkir Hoshimov ham o'z hikoyasida ta'kidlab o'tadi.Alla-til,millat tanlamaydigan qo'shiq .Uni hamma o'z bilganidek,o"z dardi,kuyini qo'shib kuylaydi.Uning variantliligi ham shunda.Asosiysi uni ona kuylaydi va uning mehr to'la qadrdon ovozi bolani tinchlantirib ,uyquga chorlaydi.Ayniqsa,xalq donishmandligi me mevasi bo'lmish maqollar bugungi avlodni hayotga tayyorlaydi,tajriba maktabi bo'ladi.Avval o'yla,keyin so'yla.Yigit kishiga yetmish hunar oz.Kiyimning yangisi yaxshi,do'stning eskisi.Shu kabi maqollarni men nutqimda tez- tez ishlataman.Bu nutqning tasirchanligini,basiyyligini oshiradi.O'quvchilarim ,farzandlarim ham oddiygina, qisqagina tuyilgan ushbu jumlalardan xulosa oladilar.Ba'zan uzoqdan uzoq javob berish mumkin bo'lgan savollarga birgina maqol bilan javob qaytaraman
Gerbimizda o'z ifodasini topgan xumo qushi ham xalq og'zaki ijodida uchrovch afsonaviy qush
U baxt,boylik ramzi
Men ona tili darslarining husnixat daqiqasida bitta xalq maqoli yozdirib ,uning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib o'tib ketaman.Bu ham oz bo'lsada tezkorlik,kompyuter texnologiyalari rivojlangan davrda o'quvchilar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etishiga ishonaman.
Aziz onalar,millatning ertangi kuni sizning qo'lingizda.Farzandingizni halol, tarbiyali ,yutga ,oilasiga sodiq qilib tarbiyalang.Buning uchun sizda bitmas tuganmas tarbiya manbayi bor.Bu- alla,ertak,maqol,doston...

Foydalanilgan adabiyotga O'tkir Hoshimov ,,Dunyoning ishlari,,.


Sharqona tarbiya kitobi
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling