Otabekova Sayyora Nabijon qizi Falsafa»tushunchasining asoslari bayon qilingan aksariyat manbalarda ushbu atama qadimgi yunontilidagi«filosofiya»


Download 21.51 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi21.51 Kb.
#130059
Bog'liq
falsafiiy


Otabekova Sayyora Nabijon qizi

1.Falsafa»tushunchasining asoslari bayon qilingan aksariyat manbalarda ushbu atama qadimgi yunontilidagi«filosofiya»so‘zidan olingani va u«donishmandlikni sevish»(«filo»—sevaman, «sofiya»—donolik)degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi.Shu ma’noda,falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos boladigan va ulardan oziqlanadigan,aynipaytda ularning rivojlanish yollarini belgilab beradigan umum insoniy va universal ilmsohasidir.U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlarning otasi»deb ta’riflangan.Uning hayotiyligi xalq tabiatiga,turmush va tafakkur tarziga nechogliqmos ekani,jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qaydarajada aksettira olishiga bogliq.«Falsafa»atamasi«filosofiya»so‘zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir.Sharqning atoqli faylasufi,mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash»deb talqin etgan.Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish»degan mazmun bilan birga,olam sirlarini bilish,hayot va insonni qadrlash,umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning otkinchi ekani,abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan,o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men—donishmandman»deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa,Sharq xalqlari hayotida bu holat yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Forobiy ta’kidlagani dek,hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish—boshqa gap.Shu ma’noda,bizda qadimzamonlarda faylasuf deganda,ko‘pdan ko‘p ilm sohalarini egallagan,ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushinib kelingan
2.Falsafa yangi g‘oyalarning tugllishiga imkon beradi.Hayot ,ijtimoiy tajriba bilan uzviy bogliq holda rivojlanadi.U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr,uning oldiga yangi masala va muammolarni qo‘yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tuglladi.Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz falsafasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar,ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari,tafakkur usullari o‘z aksini topadi. 3.Falsafa umum insoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi, albatta.Ma’lumki,olam va odam munosabatlari,jamiyat va tabiatni asrash,umrni mazmunli o‘tkazish,yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy.Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat,maqsad va intilishlar ham o‘zifodasini topadi.Aslida,yuqorida zikretilgan umum insoniy mavzu,masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy,milliy,mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon boladi.O‘z yurti,millati,ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson,avvalo,ana shularning kamol iuchun qayg‘uradi,ularni o‘ylaydi,ularga xizmat qilishni oily saodat deb biladi.Bunday shaxs dunyo qarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aksetadi.Bu esa,o‘z navbatida,umum insoniy fan sifatida falsafada milliylikning aksetishiga asos boladi.. Umum insoniylik —vatansizlik(kosmopolitizm)bolmagani singari,milliylik ham —milliy qobiqqa o‘ralish,milliy mahdudlik degani emas.Lekin sizning xayolingizda beixtiyor«Milliy falsafa bolishi mumkinmi? Axir,yuqorida falsafaga o‘z mohiyati bilan umum insoniy fandir,degan ta’rif berildi-ku?»—degan savollar charxurishi mumkin. Bu—o‘ziga xos milliy taraqqiyot yo‘lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bolgan savollardir.Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan qaraydigan bolsak,O‘zbekistonda bu yo‘nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud.Ayrim faylasuflar,aslida milliy falsafa bolishi mumkin emas,bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi,deb hisoblaydi.Boshqalari esa,modomiki,milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan,har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon boladi,deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.Biz millat bor ekan,milliy madaniyat,til va adabiyot ham mavjud degan fikrga organib qolganmiz.Aslida,ularning barchasi nafaqat bir millatga,balki butun insoniyatga xos-ku!Bizning nazarimizda,milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir.Umum bashariy sivilizatsiyaga uzviy qo‘shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir boladi.Eng muhimi—falsafadagi milliylik umum insoniylikni rad qilish evaziga emas,balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
4.Dunyo qarash muayyan davrda shakllanadi.Shu ma’noda,harqanday dunyo qarash ijtimoiy tarixiy mohiyatga ega bolib,kishilarning umri, amaliy faoliyati,hayoti,tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi.Har bir davrda ijtimoiy guruh,jamiyat va avlodning o‘z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Dunyo qarashning tarixiyligi yana shundaki,u ma’lum bir jarayonda takomillashib boradi.Uning shakllari o‘zgaradi,tarixiy ko‘rinishlari mutaasil yangilanib turadi.
5.Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bolsak,ayrim milliy falsafalarning umum insoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bolib qo‘shilganini koramiz.Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o‘z milliy davlatchiligiga ega bolgan Yevropa mamlakatlarida,o‘rta asrlarga kelib,milliy falsafa yaratish imkoni tugildi.(O‘rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqida atroflicha fikr yuritamiz).To‘gli, ular umum yevropa hududida, qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar,umum etnik mentalitet aks etgan edi.Bu jarayon avvalo,Italiya va Angliyada, so‘ngra Fransiyada yuz berdi.Bu falsafiy maktablarning F.Bekon va R.Dekart, B. Spinoza va J.J.Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o‘z mamlakatlari,balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o‘chmas nomq oldirdi.
6.Falsafiy dunyo qarashning bu umumiy tamoyillari harqanday konkret dunyo qarash shakllari uchun uslubiy asos bolib xizmat qiladi.
1.Falsafiy dunyo qarash ilmiydir,Chunki u narsa va hodisalar ortasidagi boglanish,aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas,balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Harqanday falsafiy dunyo qarash shakli obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2.Falsafiy dunyo qarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning otmishi dunyo qarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3.Falsafiy dunyo qarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyo qarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyo qarashning tashqi olamni xolis,ilmiy,aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur yetadi.
4.Falsafiy dunyo qarashning universalligi boshqa dunyo qarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi,ya’ni har qanday dunyo qarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5.Falsafiy dunyo qarash maqsadga muvoflq bolib,inson manfaatlariga mos keladi. Chunki,inson muayyan maqsad,orzu umidlar bilan yashaydi ,ularni o‘z dunyo qarashida aksettiradi.
Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling