Otalik va onalik psixologiyasi
Download 46.45 Kb.
|
Otalik va onalik psixologiyasi (1)
Siblinglar raqobati hodisasi G.T. Xomentauskas tomonidan fanga kiritilgan va o’rganilgan. Bunda bolalarning o’zaro munosabatlari, qachon bir-biriga raqib, qachon birlashishlari o’rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolganda ular albatta bir-biriga muruvvat qiladi, jipslashadi. Aksariyat hollarda esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda ko’pincha bitta ota-onaning farzandlari o’rtasida o’ziga xos tarang munosabatlar kuzatilgan. Bu narsa o’sha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan bog’liq bo’lib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat o’z manfaati uchun yashaydi va kurashadi. Bunday sharoitda sibling munosabatlarining faqat ijobiy bo’lishiga erishish ancha mushkul.
O’ziga xos demokratiya muhiti oilalarda barqaror bo’lgan o’zbekistonliklar millati, irqi, kelib chiqishi va iqtisodiy maqomidan qat’iy nazar, albatta, oilada ikki va undan ortiq farzand bo’lishiga intiladi va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy tarzda yo’lga qo’yish, oilaviy rollar taqsimoti borasidagi ishlarga alohida mas’uliyat bilan qaraydi. Bunda er-xotin momolar va bobolar o’gitlaridan, asriy an’analar samarasidan o’rinli foydalanishga intiladi. Hukumatning bu boradagi demografik siyosati ham oilalar manfaatiga hamohang, yagona farzand mamlakat iqtisodi va uning istiqboli uchun etarli emas ekanligini bizda hamma tushunadi. Davlatimiz rahbari va hukumatning oilada sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirish, milliy genofondni yaxshilash siyosatining tub ma’nosi mamlakatmizda dunyoga kelgan va kelayotgan farzandlar, avvalo, to’rt muchchasi sog’ tug’ilsin, sog’-salomat katta bo’lsin va ularni dunyoga keltirgan ona onalik baxtidan to’la baxramand bo’lib, turmush o’rtog’i bilan birgalikda baxtiyor sog’lom turmush tarzini oilasida barqaror etsin. YUrtimizning barcha yirik shaharlarida tashkil etilgan skrining markazlari, petenatal shifo maskanlarining asosiy vazifasi sog’lom farzandlar tug’ilishini oldindan aniqlash va nogironlikning oldini olishdir. Zero, “Sog’lom ona – sog’lom nasl” shiori har bir o’zbekistonlikning qalbiga singib ketgan naqldir. 1Калмыкова Е. С., Падун М.А. Ранняя привязанность и ее влияние на устойчивость к психической травме: Постановка проблемы (Сообщ. 1) // Психологический журнал. – Т. 23. – М.: 2002. – № 5. – С. 2Авдеева Н.Н., Хаймовская Н.А. Зависимость типа привязанности ребенка к взрослому от особенностей их взаимодействия (в семье и Доме ребенка) // Психологический журнал. – М.: 1999. – Т. 20. – № 1. – С. Download 46.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling