Otalik va onalik psixologiyasi


Ikkinchi farzand (yoki o’rtancha


Download 46.45 Kb.
bet12/13
Sana19.06.2023
Hajmi46.45 Kb.
#1605642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Otalik va onalik psixologiyasi (1)

Ikkinchi farzand (yoki o’rtancha) odatda kattalarga tobe, o’zgalar ko’magiga muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo’lib o’sadi. U akasi yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq bo’lib ko’rinadi, chunki tug’ilganidan yonida undan kattalar borligiga u ko’nikib boradi. O’rtancha farzandlardan yaxshi san’atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga ustasi farang rahbarlar etishib chiqishi ham mumkin.

  • Kichik farzand umrining oxirigacha o’zini kichikman, deb his qilishga moyil bo’ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha g’amxo’rlik og’ushida bo’lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma erda o’zini muhofazada, xavfsizlikda his etishga moyil bo’ladi va buni o’zgalardan talab ham qiladi. Ularning kayfiyati ko’pincha yaxshi bo’lib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq bo’ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo’lishi kuzatilgan, oilada kichik farzand bo’lganlar salga ajralishni o’ylaydi, chunki ulardan yaxshi vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. SHu bois, turmush qurishga ham unchalik shoshmaydi, chunki o’ziga mas’uliyatni olishni yoqtirmaydi.

  • YAgona farzandning sibling maqomi to’ng’ichnikiga yaqin. Ota-onaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta bo’lgan bola ko’p sohada, ayniqsa, intellektual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, lekin odatda juda o’zini yaxshi ko’radigan, egoist bo’lib qolishadi. Ular jamiyatda ham xato qilib qo’yishdan qo’rqmaydi, muvaffiqiyat sari dalil yuradi, lekin har doim ham unga erisholmaydi, chunki odamlar bilan kirishimli emas. SHuning uchun o’zbeklarda “yagona farzand – farzand emas”, degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib, yaxshi ko’rayotganligining qadriga etmaydi. Bu kelgusida ham boshqa insonlarga nisbatan munosabatda o’z aksini topadi, keksayib qolgan ota-onaga to’ng’ich farzand qanchalik mehribon bo’lsa, yagona farzand buning aksi bo’lib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa bo’lib yuradi, “nega meni tashlab ketishdi?”, deb. SHuning uchun yaxshi oila uchun kamida ikkita farzandning bo’lishi va ular o’rtasida yaxshi o’zaro munosabatlarning qaror topishi shaxs uchun ham, oila va jamiyat uchun ham foydalidir.


  • Download 46.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling