Otalik va onalik psixologiyasi
Download 46,45 Kb.
|
Otalik va onalik psixologiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola tomonidan ota-onalarning va ota-onalikning idrok etilishi
YOlg’iz ota-onalar. Ota yoki onadan biri mavjud bo’lgan oilalarning paydo bo’lishiga turli sabablar bor: ajrim tufayli bittasi qoladi, nikohsiz paydo bo’lgan oila sharoiti, bunda onaning yoshi katta bo’lishi ham (yoshi o’tib borayotganligidan nikohsiz bo’lsa ham bitta farzand tug’ib, uni yolg’iz o’zi katta qiladi), juda yosh bo’lishi (tasodifan yoshlik qilib qiz maktab yoshidayoq ona bo’lib qolgan holatlar) ham mumkin.
Odatda turli sabablarga ko’ra yolg’izlanib qolgan noto’liq oila a’zolari jamiyatdan ancha ayri yashashga, yolg’izlikka mahkum bo’ladi, bunday oilalar moliyaviy inqirozlarga ham uchraydi. Ayrim shunday oila farzandlari juda yoshlikdan ota qilishi lozim bo’lgan yumushlarning bir qismini o’z elkasiga olishga majbur bo’ladi. Tengqurlari orasida odamovi, gapga ham, ayrim ishlarga ham no’noq bo’lgani uchun uning do’stlari kam bo’ladi. Asosiy muloqot ob’ekti ona bo’lib, u ham ko’pincha turmush tashvishlari bilan bolasiga etarli e’tibor berolmaydi. Ayniqsa, o’smirlik va ilk o’spirinlik yoshidagi bolalar ota-onaning ayrilig’ini juda ko’ngillariga yaqin oladi, asabiylashadigan, salga janjal ko’taradigan, onasi bilan ham, boshqa yaqinlari bilan ham kelisholmaydigan, agressiv bo’lib qoladi. Injiq bolani yolg’iz o’zi tarbiyalashga majbur bo’lgan onalarda odatda depressiya holati kuzatiladi. Ko’pincha bunday ona o’zini omadsiz, turmush vaziyatlarining qurboniday his qiladi, ko’pincha xafa bo’lib yuradi va ich-ichidan o’zini bolalari oldida gunohkor his etadi, istiqbolda uni va farzandlarini nima kutayotganligini bilmay tashvishlanadi. M. Nistal (2003)ning yozishicha, yolg’iz ota-onalarning shaxsiga qo’yilgan talablar ularning real imkoniyatlaridan ortiq bo’lib, undan katta emotsional yukni va nihoyatda ishchanlikni talab etadi. Bunga afsuski, hamma ham chidayvermaydi. Bola tomonidan ota-onalarning va ota-onalikning idrok etilishi Bolaning kelajagi, uning shaxs bo’lib kamol topishi ko’p jihatdan ota-ona oilasi, u to’g’rida farzandda shakllangan tasavvurlarga bog’liq ekanligi psixologlar tomonidan ancha batafsil o’rganilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bolaning o’z oilasi to’g’risidagi tasavvurlari ko’pincha ota-onaning tasavvurlari va asl holat bilan qisman mos keladi. Odatda ota-ona o’z farzandi uchun qo’lidan kelgan barcha choralarni ko’rayotganday, buni bola anglashini va undan hamisha minnatdor bo’lishi kerakligini kutadi, lekin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga ega bo’ladilar. Mehribon ota-ona og’ushida ayrim bolalar o’zlarini baribir yolg’iz, kemtik, kamsitilgan his etadi. G.T. Xomentauskas (1989) oilada ota-ona xulq-atvori va bolaning bu xatti-harakatlarni idrok qilishi va ota-onaga munosabatining 5 ta asosiy ko’rinishlarini tahlil qilgan:
Download 46,45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling