Otamdan qolgan dalalar
Fizika,Ximiya,Jug’rofiya va direktor…
Download 20.83 Kb.
|
Pulatova N-Esse
- Bu sahifa navigatsiya:
- Din,afyun va qora mehnat.
- Dehqonqul-ijtimoiy bemor
Fizika,Ximiya,Jug’rofiya va direktor…
Millatning olamondan shu darajaga ko’tarila olishida avvalo shu millat farzandlariga berilgan ta’lim va tarbiya juda katta va muhum rol o’ynaydi. Turkiy millatlarning tarixiga boqib esa ikki yilda 5 dostondan iborat “Xamsa” yaratgan Navoiylarni, zamonaviy astronomiyaning poydevori sifatida 1018 ta yulduz joylashuvini aniqlagan Ulug’beklarni, bugungi kun meditsinaning asoschisi hisoblanuvchi Ibn Sinolarni ko’rish mumkin. Ammo, zamon shu qadar teskari aylandiki, dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo’shgan olimlarning avlodi yoppasiga “savodsiz”, “omi” deb e’lon qilindi, aslida esa butun siyosat bu tuhmatlarni,uydurmalarni haqiqatga aylantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan edi.“Daftari-paxtazor, husnixati-g’o’zalar”, ilm beruvchilari esa Fizika,Kimyo,Jug’rofiya, Adabiyot kabi “ustoz”lardan tashkil topgan, darsxonasi esa to’rt tomoni paxta bilan o’ralgan, zaxarli dorilar sepilgan dala bo’lmishavlodning kim bo’lib yetishishi barchaga ayon. Din,afyun va qora mehnat. Marksizm asoschilaridan biri Friedrich Engels o’zining asarlarida “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli”dek g’alati qarashni isbotlamoqchi bo’lgan bo’lsa,Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”ida odamning yana o’sha mehnat tufayli ongsiz,nafsoniyati, g’ururi yo’q, o’z huquqlarini bilmaydigan, bunga hatto qiziqib ham ko’rmaydigan manqurtga, bugungi kun tili bilan aytganda Zombiga aylanib qolishini haqqoniy tasvirlaydi. Endi masalaning boshqa bir jihatini ko’zdan kechirsak,Marks insoniyat uchun dinning afyun ekanini isbotlamoqchi bo’ldi, bunga javoban esa qardosh Qirg’iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatov o’zining “Qiyomat”(ilk nomi “Kunda”) romanida afyunning-xalq uchun e’tiqod darajasiga ko’tarilib, dinga aylanibborayotganini ko’rsatdi. Tog’ay Murod esa majburiy,shafqatsizqora mehnatning xalq uchun ham afyun,ham din bo’lib qolishi mumkinligini ushbu romani bilan isbotladi! Dehqonqul-ijtimoiy bemor. Ruhiy xastalikka chalingan bemorlarni (hayotda, televizorda, yoki internet tarmog’idan foydalanib) kuzatganmisiz? Ularning aksariyati tinimsiz ravishda o’zi bilan, ba’zilari esa uchrab qolgan odam bilan suhbatlashishga harakat qiladi. O’zlari qiziq deb bilgan har qanday mavzuda suhbatdoshiga hikoya qilishni yaxshi ko’radilar, ammo bu atrofdagilarga va atrofidagi sodir bo’layotgan voqealarga qanchalik aloqador-bu ularga mutlaqo ahamiyatsiz. Qahramonimiz Dehqonqul ham ayrim jihatlari bilan ularga o’xshab ketadi,ammo u ruhiy emas ijtimoiy bemor! uning dalasi,unib chiqqan g’o’zalari, ko’saklariga solgan dorilari,do’kondan qimmatbaho bahmal sotib olib,paytava qilib o’rashi, shlyapa kiyib olib, AQSH prezidentiga taqlid qilishi haqidagi hikoyalari fikrlash doirasi,dunyoqarashi,ruhiy holatini kitobxon ko’z o’ngida yaqqol namoyon qiladi. Dehqonqulning har bir hayrati,qiziqishlari,orzu-armonlari kabi kechinmalari bilan tanishish orqali kelajakda uni nimalar kutib turgnini ham tahmin qilish mumkin. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling