Otamdan qolgan dalalar


Download 20.83 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1124731
1   2   3   4
Bog'liq
Pulatova N-Esse

Eng og’riqli isyon
Azaldan din va qonunlar nuqatai-nazaridan o’z joniga qasd qilish har qanday vaziyatda ham oqlanmagan. Ammo, qasd qiluvchi kim bo’lsa ham shirin jonidan kechishigacha olib kelgan biror sababi bo’ladi.
Shundaylardan biri Dehqonqulning umr yo’ldoshidir.
Nega u o’ziga eng azobli va eng og’riqli o’limni ravo ko’rdi?
Aslida yashayotgan har bir kuni ham o’limi qadar og’ir edi, buni bolasining beshigiga qosh qalam bilan yozgan bitiklaridan ham sezish mumkin. Ayol kabi daxshatli o’limni tanlayotganlar butun O’zbekistonda so’nggi ikki yil ichida 753 nafarga yetgan, achinarlisi ularning hammasini turli yoshdagi xotin-qizlar tashkil etmoqda edi. Qizil filmlarda “Paxta ishqi” qo’shig’ini kuylab, asl hayotda esa kuyib o’lishni afzal ko’rgan ayollarga atab leningradlik shoir Dudin “Ayollar yonmoqda O’zbekistonda” deya haqiqatlarni she’r qilib qog’ozga to’kdi…
Ushbu romanni nega avvalroq o’qimaganim haqida ham,
boshqalarga tavsiya qilish haqida ham o’ylamadim!
Chunki, butun fikr-u zikrimni Dehqonlqulning boshiga qamoqxonada qanday kunlar tushishi, qishloqda qolgan norasida, yetim go’daklari, qariya onasi haqidagi o’ylar egallab olgandi.
Ayniqsa, “Men qaytib kelaman, yetti iqlimdan bo’lsa-da, yetti qavat yerning ostidan bo’lsa-da” deya romanni yakunlagan Dehqonqulning qaytib kelgach nima bo’lishi, nima qilishi qiziq?
U biror nimani o’zgartira oladimi? afsuski uning kelajak haqidagi o’ylari ham yana dalalari, yana paxtalari haqida!
Albatta, insondagi mehnatsevarlikni hatto komillik sari olib boruvchi yo’l deb aytishimiz mumkin va bu mubolag’a bo’lmaydi.
Qo’li mehnatda bo’lgan inson birovning cho’ntagini “kesmaydi”, qo’liga pichoq olib, jinoyat qilmaydi. Umrini halollikda yashab o’tadi.
Biroq… tinimsiz ishlayversa-yu, o’zini,o’zligini, haq-huquqlarini unutib qo’yar bo’lsa, quldan, yana ham qo’polroq o’xshatish qidirsak, ongsiz mahluqdan zarracha farqi qolmaydi! Chunki, har qanday qullikda saqlanayotgan kimsa ham bir kun ozodlikka, erkka yetishishni orzu qiladi, hatto erishishiga ko’zi yetmasa ham shunga intiladi!
Dehqonqul esa qamoqqa ketar chog’ ham so’nggi bor diydorlashish uchun tug’ilib o’sgan uyi yoki ta’lim olgan maktabini emas, dalalarini tanladi
Shuning uchun ham uning ismi Dehqonqul-da!
O’ylanib qoldim, agar shundayin mehnatkash inson mustaqillik davrida yashab o’tganida hayoti qanday kechardi? Qilayotgan mehnati uchun munosib qadr va hurmat topgan, kelgindi zo’ravonlarga emas, o’z xalqi, oilasi uchun xizmat qilgan bo’larmidi,balki?
Agar imkoniyatim bo’lganida, (o’limdan boshqa har narsaning iloji bor, demak imkoniyatni ham bir kun albatta topaman!) romanni bir necha bor minglab nusxada chop ettirib, kitob asosida ishlangan film disklari bilan birga har bir o’zbek xonadoniga tarqatib chiqar edim!
Balki, kim uchundir kulguli, kim uchundir xomhayol bo’lib tuyular, ammo men hali-hanuz mustamlaka davridagi qullik kunlarini qumsayotgan, “Non 3 so’m edi-ya!!! Gugurt degani do’konda sochilib yotardi, kerak odam olib ishlataverardi” deya tamshanayotgan insonlarni bilaman, afsuski, taniyman!
Mashaqqat bilan erishgan mustailligini,tinchi, erki, xotirjamligini arzon non yoki tekin gugurtga alishishga tayyor turgan kimsalarga shu gugurt bilan o’t qo’yging keladi ba’zan!
Axir, erkin, osoyishta hayot suv emaski, “oldimdan oqdi, lekin qadriga yetolmadim” desang…
Bir vaqtlar mehnatdan bosh ko’tarmay, bir necha qadam narida nimlalar sodir bo’lganini bilmay yashgan, arzonchilik ko’zlarini ko’r qilib qo’ygan arzon kimsalar o’zgarmas, ko’zlarini ochib atrofga sergak nigoh tashlamas ekan, kelajak yana Dehqonqullar qo’lida qolib ketishi, ketmonlar ostida yanchilib, tuproqqa qorishib ketishi hech gap emas!
Kitobdan olgan taassurotlarim birgina taqrizga sig’ishi mushkul, biroq o’zim uchun chiqargan xulosalarim tufayli yana shukrona qilishni o’rgandim. Va albatta bu romanni butun millat, 7 yoshdan 70 yoshgacha, hamma o’qishi kerak degan xulosaga keldim!!!.
Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling