Otaxonova Bahrixon Ibragimovna t f. f d., dotsent, Azamxonov Bahodir Saidkamolxonovich
Download 33.52 Kb.
|
maqola 03 finish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoshimov Ulug‘bek Shaxobidinovich
- Kalit so‘zlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun elektron o‘quv-uslubiy majmua resurslarini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik, metodik va texnik talablar. Otaxonova Bahrixon Ibragimovna t.f.f.d., dotsent, Azamxonov Bahodir Saidkamolxonovich Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, “Kompyuter tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xoshimov Ulug‘bek Shaxobidinovich Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kompyuter injiniringi fakulteti M1-21 guruh magistri Annotatsiya: ushbu maqolada axborot-resurs markazlarining tashkil etilishi, fanlarning elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy yordamning murakkab, zamonaviy va muhim tizimlari, imkoniyati cheklangan shaxslarga axborot texnologiyalari yo'nalishida ta'lim berish tizimini tadqiq etish va takomillashtirish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya, murakkab, zamonaviy, tizimlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, axborot texnologiyalari. elektron o‘quv-uslubiy majmuasi Bugungi pandemiya sharoitida maktabdan uzoqda yashovchilar, qatnab o’qish uchun sharoiti bo’lmaganlar, nogironlar va yana boshqa turli sabablarga ko’ra, bevosita maktabga borib o’qish imkoniyatiga ega bo’lmaganlarning masofadan turib bilim va ta’lim olishga bo‘lgan talablari ortib borishi tabiiydir. Ta’lim vazifasidagi an’anaviy nashrlarga qo‘yiladigan didaktik talablardan tashqari, elektron o‘quv-uslubiy majmua yaratish va joriy qilishda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi o‘ziga xos didaktik talablar qo‘yiladi: 1. Moslashuvchanlik talablari – ta’lim oluvchining individual imkoniyatlariga, ya’ni o‘qitish jarayonida o‘quv materiallari ta’lim oluvchi bilim va ko‘nikmalari hamda uning psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Elektron o‘quv-uslubiy majmua moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi daraja talabalarning o‘zlariga qulay bo‘lgan individual tempga mos holda o‘quv materialini o‘rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi daraja - ta’lim oluvchi holatining diagnostik tahlili bo‘lib, uning natijalari asosida ta’lim berishning mazmuni va uslublari taklif etiladi. Uchinchi daraja - ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilarning guruhlanishi ko‘zda tutilmaydi va mualliflar ta’lim oluvchilarning imkoni boricha barcha kontingenti uchun ko‘proq variantlar ishlab chiqishi tavsiya etiladi. 2. O‘qitishning interfaol talablariga o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilan majmuaning o‘zaro hamkorligini ta’minlash kiradi. EO‘UM vositalari interfaol muloqot va teskari aloqani ta’minlashi kerak. Nazorat teskari aloqa asosida amalga oshiriladi va keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar beradi, ma’lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlar kirishtish amalga oshiriladi. 3. Elektron o‘quv-uslubiy majmuaning o‘quv axborotini taqdim qilishida kompьyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari. Zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari o‘quv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni ko‘zda tutadi. 4. EO‘UM bilan ishlashda ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. 5. EO‘UM – o‘quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funktsional bog‘liqligi talablariga javob berishi kerak. 6. EO‘UM – ta’lim berishning to‘liqligi va uzluksizligini ta’minlashi lozim. Fanlardan yaratiladigan EO‘UM quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi. 3.ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Xozirda imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini muxofaza kilish borasida mavjud xuquqiy bazani yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, ularga ta’lim soxasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yanada takomillashtirish, dars jarayoniga yangi axborot-komunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish, anomalь o‘quvchilarni ijodiy, ilmiy va intelektual saloxiyatini oshirishni kengaytirish va ular urtasida soglom turmush tarzini karor toptirilsa, albatta, ko‘zlangan maksadga erishish mumkin. Mamlakatimizda olib borilayotgan umummillliy davlat siyosatining muxim yo‘nalishlaridan biri uzluksiz ta’limning xar bir bosqichida imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy xayotga xar tomonlama tayyor bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Elektron ta’lim resurslari o‘z-o‘zini nazorat qilishning mukammal tizimini o‘zida mujassamlashtirgan va kursni o‘rganish modulini ta’minlashi lozim. Bundan tashkari, elektron kurslarni ishlab chiqishda talabalarda anglashga bo‘lgan ratsional xarakatlarni shakllantirish bo‘yicha maxsus mashqlarni nazarda tutish lozim. Elektron ta’lim resurslari zarur xollarda o‘quv muasassasi tomonidan ma’lumotnoma va lug‘atlar, davriy, soxaga oid va ijtimoiy-siyosiy nashrlar, ilmiy adabiyotlar, xrestomatiyalar, ma’lumotlar bazasi, saytlar, ma’lumotlar tizimi, elektron ma’lumotnoma va tarmoq resurslaridagi manbalarga xavolalar bilan to‘ldirib borilishi mumkin. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan elektron ta’lim resurslari imkoniyati cheklangan o‘quvchining kizikishini, imkon kadar kiska vakt ichida o‘quv materiallarini imkon kadar mustaqil o‘zlashtirishini va o‘quvchining mantikiy fikrlash va eslab kolish kabi saloxiyatli imkoniyatlaridan foydalanishini ta’minlashi lozim. Elektron o‘quv-uslubiy majmua tarkibiga kiruvchi elektron ta’lim resurslar (elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘tilgan mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish sifatini nazorat qilish uchun test materiallari, fan yoki o‘quv kursini o‘rganish xamda nazorat va kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘quv (didaktik) qo‘llanma va masalalar to‘plamlari) modullik printsipi asosida ishlab chikiladi. Xar bir o‘quv moduli nazariy, amaliy va testdan o‘tkazuvchi modullardan tashkil topadi xamda ular uslubiy uzaro bog‘liqlikka ega bo‘lishi lozim. Barcha modullarning to‘liq bayonidan so‘ng nazorat ishlarining variantlari beriladi. Virtual laboratoriya ishining asosiy tarkibiy kismlari quyidagilar: o‘rganilayotgan ob’ekt, xodisa yoki jarayonning qiskacha matni va nazariy aspektlari taxlili; tadqiqotlar o‘tkazish uchun foydalaniladigan asbob va uskunalar, komьyuter dasturlari, ularning xarakteristikalari va qo‘llash ketma-ketligi kayd etilgan matn; laboratoriya ishini bajarish tartibi, o‘rganilayotgan ob’ekt, xodisa yoki jarayonni tadqiq etish tartibi, natijalarni qayta ishlash va xisobot takdim etish tartiblari. Xar bir o‘quv modulining testdan o‘tkazish moduli tushunchalar bo‘yicha testlar, uslubiy printsinlar bo‘yicha testlar, bazaviy tushunchalar bo‘yicha testlar, ma’lumotnomalar bilimi bo‘yicha testlar, vaziyat bilimi va amaliy masalalar yechimi bo‘yicha testlardan tarkib topishi lozim. Test majmuasi o‘quvchilarning bilimini mustaqil tekshirish uchun testlar xamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat uchun testlarni inobatga olishi kerak. Yakuniy nazorat uchun test topshiriqlari tasodifiy tarzda kompьyuter dasturi asosida shakllantirishga aloxida e’tibor berish lozim. SHuning bilan birgalikda, test majmuasi talabaning identifikatora testdan o‘tkazish sanasi va vakti, test turi (joriy, oralik yakuniy va x.) va o‘quv fani (moduli) kabi maxsus, test jarayoni idenitfikatsiyalovchi ma’lumotlarni qayd etuvchi test bayonnomasini shakllantirishni ta’minlashi lozim. ETRning xar bir mantiqiy elementi (moduli) va umuman resursning o‘zi ro‘yxat ko‘rinishida yaqqol berilgan maqsadli ko‘rsatmalarni mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. ETR interfeysini tashkil etish va uning kompьyuterda qo‘llanilish samaradorligini ta’minlashga qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘ladi. Uslubning lunda va ilmiyligi (akademizm), elektron ta’lim resursining virtual axborot muxitida navigatsiyani boshqarish vositalarining qulay bo‘lishi, resursning istalgan saxifasiga chikishning kamida ikkita usuli bo‘lishi, nazariy mavzularni yoritish, amaliy topshiriqlarni bajarish xamda test savollarini shakllantirishda grafik va mulьtimedia vositalaridan samarali foydalanish, ETR mazmuni o‘rganilayotganda interaktiv va motivatsiya elementlarining bo‘lishi, rang tanlashning asoslanishi. Kursga yoki amaliy ishlar topshiriqlariga oid uslubiy tavsiyalarda o‘qituvchi va o‘quvchining virtual mulokoti uchun tarmok texnologiyalaridan foydalanish koida va tartiblari yozilgan bo‘lishi kerak. Elektron ta’lim resurslarining asosiy fayllari *.html formatida yaratiladi. Qo‘shimcha, yordamchi fayllar istalgan formatda bajarilishi mumkin - xujjatlar *.doc, *.pdf, *.djvu, *.rtf, *.xls, audio- va videofayllar va x. formatlarda. Rasmlar *.jpg yoki *.gif formatlarda bajariladi. Formulalar rasm ko‘rinishida *.gif formatida bajariladi. Ijodiy gurux tomonidan elektron ta’lim resurslarini yaratish bir yoki bir nechta ta’lim muassasalari o‘qituvchi xodimlari tomonidan, tanlov asosida yaratilishi mumkin. Ijodiy gurux elektron ta’lim resurslarini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqadi. SHuning uchun imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun quyidagi tarkibdan tashkil topgan innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida elektron o‘quv-uslubiy resurslar yaratildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. Umarov A. Mutolaa madaniyati: shaxs, jamiyat taraqqiyoti. — Toshkent: Fan, 2004. Farberman. B.L. “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”. T: 2001 y. http://uz.infocom.uz https://genderi.org/ Download 33.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling