Tayanch tushunchalar: bolalar adabiyoti, folklor, mumtoz adabiyot, Alla, erkalatma, ovutmachoq, «Chittigul tukumiga kiradigan qo`shiqlar», aytishuv qo`shiqlari, ramazon qo`shiqlari, afsona, rivoyat, maqol, topishmoq,bolalar adabiyoti, ma’rifatparvarlik, adabiy ertak.
Ma’lumki, O’z oldiga katta ta’lim – tarbiya masalalarini qo’ygan «O’zbek bolalar adabiyoti» uzoq yillardan beri mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida fan sifatida o’rganilib kelinadi. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e'tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta'sir ko'rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kash etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, bous til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |