Otayeva Nafisa Xasanjonovna (2-mutaxasislik Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-semestr) Urganch – 2020


Download 244.31 Kb.
bet20/39
Sana02.01.2022
Hajmi244.31 Kb.
#191328
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Ona -tili va bollar adabiyoti chiqarish

Асосий маълумотлар




l. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).

2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).

3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (l3-l4 yoshdan 15-17 yoshgacha).

.


Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:






Alisher Navoiy «Mahbubul qulub»da tilni «ko'ngil xazinasining qulfi», deb ta' riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so'zlashga chaqiradi. bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.

Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta'sir ko'rsatadi, so'z boyligini oshiradi.

Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm -fanga muhabbatini oshiradi. Kitob xalqimizning o'tmishi, ilg'or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ularini o'stiradi.

Bugungi kunda qudratli qurol bo'lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.



Bolalar adabiyoti — bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmuyi. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o’yin qo’shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalaridan boshlanadi. bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo’ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo’ljallanmagan bo’lsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga o’tib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyati — o’zgaruvchan hodisa bo’lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko’rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko’rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo’lsa, o’smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar adabiyotida syujetga bo’lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning "Qobusnoma", Shayx Sa`diyning "Guliston" va "Bo’ston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o’zbek bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayratul abror", "Lisonut tayr" va "Mahbubul qulub" asarlari, Xojaning "Miftohul adl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa o’zbek bolalar adabiyotining mumtoz namunalari bo’lib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Ayonki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo`lib xizmat qiladi. Bu jihatdan Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarini eslab o`tish o`rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi o`zining bu kitobida bizga ko`p ma`lumotlar beradi. Shuningdek, Yusuf Hos Hojibning «Qutudg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy , Sulaymon Boqurg’oniylarning til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko`targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo`llanmalarida bolalar hayoti, o`qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. O`tgan asrning 20- yillarida Fitrat, CHo`lpon, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o`rin oldi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor, D.Oppoqova, M.Fayziy, Ilyos Muslim, A.Rahmat, Sh.Sahdulla, Quddus Muhammadiy, H.Nazirlar kelib qo`shiladi. Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib bordi va 30-yillarga kelib, o`zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo`ldi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko`plab asarlar o`zbek tiliga tarjima qilindi. Urushdan keyingi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go`zal diyor, hur o`lkamiz to`g’risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida A.Oripovning «Dehqon bobo va o`n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo`lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo`ldi. Bugungi o`zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan. Maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida toxtalib o`tish kerak. Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo`ljallangan. Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar katta rolg’ o`ynaydi. H.Nazir, A.Rahmat, P.Mo`min, N.Orifjonov, F.Musajon va boshqalarning pyesalari o`zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo`shib kelmoqda.

Bolalar kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:

l. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).

2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).

3. O'rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (l3-l4 yoshdan 15-17 yoshgacha).


Download 244.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling