Otayeva Nafisa Xasanjonovna (2-mutaxasislik Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-semestr) Urganch – 2020
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
Download 244.31 Kb.
|
Ona -tili va bollar adabiyoti chiqarish
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o'zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya'ni ularga badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning katta ko'pchiligini alla-qо'shiq, ertak topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi. Ammo shu narsani ham ta'kidlab o'tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim. Bolalar shoiri Anvar Obidjon o'zining “Suhbat”) degan she'rida bolalar yaxshi ko'radigan g'ozlar to'g'risida so'z yuritadi. Ma'lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo'lsak, “Suhbat”,) bola hayotida muhim ro’l o'ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. Bu xildagi she'rlar kichkintoy jami mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to'plab, ulardan xulosa chiqarishga o'rgatadi. Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg'ulotlaridan biri qo'g'irchoq o'ynashdir. Yo'ldosh Sulaymonning “Qo'g'irchoq”) she'rida qo'girchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o'yinchoq vositasida kattalarning mehnatini е'zozlash masalasi o'rtaga tashlanadi: Har qanday yozuvchi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga o'qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e'tibor beradi. Vu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muauvan tasavvur berishi bilan birga zavq-shavq bag'ishlaydi. Masalan, Shukur Sa'dullaning «Lola va mushuk» she'rini olib ko'raylik. Vu asar juda oddiy. Misralari ham sodda. Ammо u bir o'qishdayoq kichkintoy mеhrini o'ziga tortadi, uni barvaqt turishga, uuuinib-taranishga, ozoda, pokiza bo'lishga o'rgatadi. Xulosa qilib aytganda, Bu davr bolalari o'zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr-oqibatli bo'lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o'rganadilar. Download 244.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling