Otayeva Nafisa Xasanjonovna (2-mutaxasislik Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-semestr) Urganch – 2020
O’RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
Download 244.31 Kb.
|
Ona -tili va bollar adabiyoti chiqarish
O’RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR KITOBXONLIGI
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli-janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. «Shiroq», “To'maris” kabi afsonalar bilan birga, Oybek, G'afur G'ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Nakim Nazir, Sh. Sa'dulla, A.Obidjon, M.Adashboyev va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kash etadi. Jahon bolalar adabiyotining A.S.Pushkin, L.Tolstoy, S.Servantes, О.Defo, J.Svift, Е. Voynich, K. Chukovskiy, S.Ya. Marshak kabi namoyandalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalar adabiyoti o'ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shu orqali kichkintoylami olg'a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglashga va sevishga yordam beradi. Folklor asarlarini tinglab voyaga yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so‘zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir. Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bolalarning kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar. Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, do‘stlik va o‘rtoqlikning ilk tuyg‘ulari, yaxshilikka nisbatan uyg‘ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash — bularning bari bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim. Har bir kishi, folklorda zikr etilganidek, eng baxtiyor va betashvish bolalik yillarida taxminan quyidagi qobiliyatlarni egallab olgan bo‘lishi lozim. Ya’ni o‘ynab va sho‘xlik qila turib, u: nima yaxshi-yu nima yomonligini, narsalar dunyosini, hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini anglab boradi. Bolalar tamonidan yoki bolalar uchun kattalar tamonidan yaratilgan og’zaki ijod namunalari bolalar folkloriga kiradi. Bolalar folklorining doirasi nihoyatda keng bo`lib, uning namunalari xalq og’zaki ijodining deyarli barcha janrlarida mavjud. Bular ashula qo`shiqlari, ertaklar, tez aytishlar, topishmoqlar, o`yin qo`shiqlari, ermaklar va boshqalar. Kattalar bolani beshikka solish, o`tqazish, yurgizish, sakratish, o`ynatish va ovutishlarda ko`pgina erkalatadigan so`zlar aytadilar. Beshik qo`shig’ida avvalo beshikka tahrif-tavsif beriladi. Aslida beshik yog’och –taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murg’akka huzur baxsh joy bo`lishi har bir beshik qo`shig’ida chiroyli ifodaga ega. Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi tabassumi kerak. Alla asta-sekin ommaviy qo`shiqqa aylanadi. Qo`shiqlar uzoq yillar mobaynida davom etadi. Beshik qo`shiqlari kenja avlod kamolotida o`ziga xos tarbiya rolini o`taydi. Xalq qo`shiqlarida rasm-rusmlar rang-barang. Hammasi o`rinli. Hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini yuvib –taraganda aytiladigan qo`shiqlarni oladigan bo`lsak, bunday qo`shiqlarda sochning uzunligi, qalinligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada ko`rkamligi obdon maqtaladi. «Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi, Oq sholiga ko`k sholi, Oq sholini oqlaylik, Ko`k sholini ko`klaylik Yaxshi kunga saqlaylik, Hayu, chittigul. Hayu, chittigul singari misralariga nazar soladigan bo`lsak, bu qo`shiqda asosan g’alla-sholi to`g’risida gap ketadi. SHolining turi, rangini eslatish orqali juda mo`l bo`lganligini; bu mo`l-ko`l sholini pala partish qilib yeb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko`p gapiramiz. Yuqoridagi qo`shiqdan ayon bo`lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o`z farzandlariga qattiq o`rgatib kelishgan. Bolalarning aytishuvi oq terakmi, ko`k terak qo`shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kelgan. Bu qo`shiqda ko`pincha o`ziga xos obro`-e’tiborga muyassar bo`lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar o`rtasida ta’kidlanishi qo`shiqning yanada jozibali chiqishini ta’minlaydi. Aytishuv qo`shiqlari bolalarni mehnatkash, odob-axloqli, o`qimishli bo`lib kamol topishiga da’vat etaveradi. Bunday qo`shiqlar qanotida o`sgan har bir bola sog’lom fikrli, el sevar bo`lishiga hech shubha yo`q. Ramazon qo`shiqlari ham dillarga huzur bag’ishlaydi. Yuqorida ko`rib o`tganimizdek, qo`shiqlar bolalarning nafosatini o`stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, do`stlik, qahramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. ”Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga”, “Chittigul”, “Laylak keldi yoz bo`ldi”, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och”, singari qo`shiqlarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko`chalarida, devor-tomlar tagida aytishadi. Ular bahor kelishi, quyoshning olamni isitishi, qushlarning uchib kelishi,suvlarda qurbaqalarning paydo bqlishi bilan bog’langan.”Yomg’ir yog’aloq” qo`shig’i esa dehqon bolalarni quvontirgan, dehqonchilikda mo`l hosil vahda qilgan bahor yomg’irini yog’ishini tasvirlaydi, albatta. Bolalar yilning hamma faslida ham o`yin bilan shug’illanadilar, ovunvdilar. Bu o`yinlarning ko`pchiligi kattalarning mehnat jarayoniga taqlidan o`ylab topilgan. O`yin ham, qo`shiqlar ham bolalarni ham aqliy ham jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, estetik zavq o`yg’otadi. Xalq og’zaki ijodida shunday qo`shiqlar borki, ularning ayrimlari qadimgi davrlarda muayan marosim va urf odatlar bilan bog’liq bo`lgan. Keyinchalik ular kattalar repertuaridan chiqib, butunlay bolalar folkloriga o`tgan. Boychechak yerning qori erib tugallanishi bilan yer betiga chiqib hamal kirganini bildiradigan o`simlikdir. Uning paydo bo`lishi xalqimiz orasida qadimgi zamonlardan beri o`tkazilib kelayotgan navro`z bayramiga to`g’ri keladi . Bu bayram kunlari har bir xonadonda qoqi mevalardan sharbatlar tayyorlangan, bo`za, qimiz, ayronlar hozirlangan. Yangi chiqqan o`simliklardan ko`k somsa,chuchvaralar pishirilgan, mahallalarda sumalak, ko`k oshi bazmlari boshlangan. Xuddi shu faslda bolalar to`p-to`p bo`lib boychechak o`simligini dala-qirlardan qidirib topishib, so`lib qolmasligi uchun ildizdagi loyi bilan lattalarga o`rab, ko`chama-ko`cha, hovlima-hovli yurib qo`shiq aytganlar. Boychechak madhi aytilgan yuqoridagi parchalar ana shu xushchaqchaqlik kayfiyatini aks ettirgan. ”Boychechak” qo`shig’ining to`rtliklarini yolg’iz bola aytsa, naqoratni birgalashib kuylashgan. Bahor-ko`klam quyoshi bolalarni shod etadi. Ular qish sovug’i, yoqimsiz loygarchilikdan qutilib, qish choponlarini tashlab, yengil-elpi kiyimlar bilan har tamonga chopqillashib o`ynaydilar. Shamol,xotining o`ldi, Ketmon olib yugur! Shamol,bag’ring kamol, Cho`loq ketmoningni olib bor!- deb shamolga xitob qilishib, tomlarda, yalangliklarda varrak uchiradilar. Navro`z darakchilari bo`lib, qo`ni-qo`shni, qarindosh-urug’larnikiga chopdilar. Laylak keldi,yoz bo`ldi, Qanoti qag’oz bo`ldi. O`yinimizni bermagan, Navro`zjon bo`g’oz bo`ldi. Bu yerda eslatilayotgan “Navro`zjon” kishi ismi bo`lish bilan bir qatorda navro`z faslining erkalatib aytilishidir. Ko`pincha laylak kelib, yerlar ko`m-ko`k maysalar bilan qoplangan, o`riklar gullagan choqlarda ham tasodifiy yog’adigan “sariq qorlar” bo`ladi. Bu hodisa xalq orasida «qish bolaladi» deb qo`yiladi. Bunday vaqtlarda bolalarning endigina boshlangan bahorgi o`yin-kulgulari uch-to`rt kun to`xtab qoladi. SHu bilan birga, o`yinga qo`shilmagan Navro`zjonni ermaklash ham bor. Yuqoridagi misolda o`sha kechinma ifodalangan. Bahorgi yog’ingarchilikdan ham bolalar o`yin-kulgi, hazil sifatida foydalanadilar. Yomg’ir yog’aloq, Echki sog’aloq, Boyning o`g’lining Qorni dumaloq. O`g’il va qiz bolalar orasida yaqin kunlargacha “To`p”,”To`p tosh”,”Chitti gul” kabi o`yinlar bo`lardi.Bu o`yinlarning har birining o`ziga xos qo`shiqlari bo`lib, ular o’yin jarayonida bir bola yoki ko`pchilik tamonidan ijro qilingan. Bu kichik yoshdagi bolalar qo`shig’idir. Bolalar o`z davrasida uni aytish orqali qo`shiqchiligi bilan maqtanib, aka va kelin ayalarini tasvirlaganlar. Qiz bolalarning to`p (koptok) o`yinlarid quyidagi qo`shiq ijro qilingan. Birim – bilan, Ikkim – ilon, Uchim – uchak, To`rtim – to`shak, Beshim – beshov, Oltim – oltov, Yettim - yettov. To`qqizim – to`qlan, O`nim – bujmak. Bu qo`shiq koptokning yer yoki devorga urilishiga hamohang bo`lib, u orqali yutuqlar soni hisoblanadi. Harakat va ovozning ritmik birligi o`ziga xos musiqiylik yaratib, bolaning o`yin holatidagi kayfiyatini ifodalaydi. To`p o`yinida yutgan qiz o`z shodligini quyidagi misralarda bildiradi. Charxim charxchida ketdi, SHo`r daryoda nima bor? Yig’im yig’chida ketdi, Hasan-Husan o`g’li bor, O`n besh tilla marvarid Hasan-Husan urishdi, Tilla sandiqda ketdi. Qizil qonga bo`yashdi. Tilla sandiq ochildi, Qizil qonni kim yuvdi, Tagiga bodom sochildi, Fotima, Zuxra qiz yuvdi. U bodomni terguncha, Zuxrasiga zo`r do`ppi. Qanotlarim qayrildi. Fotimasiga par do`ppi, Qanot bering uchaylik, Qizga qizil paranji, Sho`r daryoni kechaylik Bizga baxmal paranji... «To`p tosh» o`yini kichik va o`rta yoshdagi bolalarga xos bo`lib, unda marraga yaqinlashayotgan o`yindagi harifini yutgan qiz shunday kuylaydi. Hoji Muhammad-o, Xoljon oyim tug’ibdi, Qo`rg’oni baland-o. Yo`rgagini yuvibdi, Qo`rg’onidan oshaylik Dor yog’ochga yoyibdi, Zar gilamni to`shaylik, Boyning o`g’li ko`ribdi, Zar gilamning ustida, Olma bilan otibdi Qizil ipak eshaylik. Behi bilan qoqibdi. Qizil ipak chigalchak, Marra bizniki, Xoljon oyim kelinchak. Uza qolish sizniki. Bu qo`shiqda o`yinda yutgan qizning o`ziga xos soddacha mag’rurligi, shu bilan atrof-muhitdagi hodisalarga munosabati ham aks etgan. Demak, hayot va unga munosabat bolalar qo`shiqlarining ham asosiy g’oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Bolalarning o`ziga yaqin kishilardan naroziligi ham bahzi qo`shiqlarda turli-tuman hodisalar tavsifiga qo`shib ifodalanadi. Sarguzashtli bu qo`shiqda osh pishuvi, uni hakka cho`qib qochishi, topilgan oynakning turli predmetlarga ayriboshlashi va, nihoyat, tuxum pishishi vaqtida yorilib ketib hamma umidlar puchga chiqqanligi tasvirlanadi. Qo`shiqlarda ma’lum tarixiy davr yaqqol ko`rinib turibdi. Bolaning kishilariga munosabati, ba’zan ayanchli ahvoli-o`gay onaga qaramligi soddalik bilan ifoda qilinadi. Ammo o`yinning oxirgi optimistik ruh, yengil ohangdagi sho’x so’zlar bilan yakunlanaveradi. “Chuchvara qaynaydi” o`yinida ikki qizcha qo`llarini bir-birlarining bo`ynidan o`tkazib, biri o`ngga, ikkinchisi chapga aylanganlari holda shunday qo`shiq aytadilar. Chuchvara qaynaydi-ya, Jonim Zulayxo-ya, Onam menga bermaydi-ya. Zulayxoning bog’ida Bermasa bermasin-a, Bir tup olicha-ya, Oq uyimga kirmasin-a. Olichaning ustida Oq uyimda ko`k tanga Tilla jinqarcha-ya, Ko`k uyimda ko`k tanga Jinqarchani uchirdim, O`rtog’imni qochirdim. Yuqorida keltirilgan misollardan tashqari yana bolalarning “Dumsiz tulki”, ”Jo`jali tovuq va kalxat”, “Oq terakmi, ko`k terak”, “Otashib kelding”, “Urdi-mindi”, “Lafcharmak-lataburamak” kabi qator o`yinlari va ularning qo`shiqlari bo`lgan. Bu o`yinlar respublikamizning turli joylarida har xil nomlar bilan uchrasada, mazmuni asosan bir xil. Ular bolalarning xursandchilik kayfiyati, sho`xligi, o`yin-kulgi, shuningdek, turli kechinmalarni ifodalaydi. Odatda, bolalar kechqurunlari to`planib, oydin kechalarda uzoq vaqtgacha gaplashib o`tiradilar, topishmoqlar aytishadi, ertak tinglashadi, turli xil o`yinlar o`ynaydilar.O`yindan keyin uy-uyiga tarqalishadi.Bu jarayon boshdan oxir qoida shaklida “ishlab chiqilgan “. Masalan, bolalarni o`yinga chiqarishda. -- Tomda tovuq qotarmi, Ayroningdan totarmi? O`yin yoqmas bolalar, Nomozshomdan qotarmi? Kel-ho!!! Kel-ho!!! O`yinni boshlash uchun ko`pincha chek tashlanadi yoki sanoqdan foydalaniladi. Onaboshi bolalarni sanaydi. Bir,ikki, o`n olti, O`n olti deb kim aytdi? O`n olti deb men aytdim, Ishonmasang sanab boq! “Boq” kimga tushsa, shu chiqadi, oxirgi qolgan bola navbatchi bo`ladi. Sanoqlar-o`yin termalari o`zbek bolalar o`yinlarining tarkibiy qismi, debochasi, “o`yin boshi”dirlar. Sanoqlar kishi diqqatini jalb qiladigan darjada quvnoq ohangga ega, chiroyli she’riy bezaklardan tarkib topadi. Bolalar o`yinlari ichida folklor elementlari ko`p uchraydi. Bular voqeaband she’riy parchalar, diologlar, savol-javoblar, topishmoq jumlalardan iborat bo`lishi mumkin. O`yinlar, odatda, bolalarning ularga xos yengil harakatlari, sho`xlik, qiyqiriq. Hayajonlari asosida tuzilgan bo`lib, she’riy parchalarning ohangi shu harakatlarga moslangan bo`ladi. Masalan, quvlashmachoqda qochuvchi bola ikkinchi bolaning orqasiga “darra”ni qo`yib qaytarkan deydi “Ro`molchamni tashlab ketdim, bir o`rtog’im olsin-da!”. Shu so`zlarning o`ziyoq o`yin dinamikasini belgilab turibdi. Bolalar folklorida bolalarning kundalik faoliyatida ishlatiladigan shunday tizmalar borki, ular quvnoq yumor bilan yo`g’rilgandir. Ularda bolalarning bir-biriga hazili. Bir-birini ermak qilishi, ayrim bolalardagi nuqsonlardan kulish, atrof-muhit va hayotga munosabati ifodalangan. Jumladan, kichik yoshdagi sho`x, chechan bolalar ba’zi ishyoqmas, darsga aqli yetmagan bolalarni tanqid qilib tubandagicha ermaklaganlar. Anavu bolani-ya, Ko`zi olani-ya. Xom oshqovoq, Yelpish tavoq. Bulardan tashqari, “Guli-guli”, “Mana gul, nimaning guli”, “Bo`lasizmi?” “O`xshatdim” va tarafkashlar bir-birini turli predmetlarga qiyos qiladigan bola tanqidlari mavjud. Bular kattalar orasidagi chandishlarga o`xshab, askiya janrining ibtidoiy ko`rinishlaridan hisoblanadi. Bunday so`z o`yinlarida ikki yoki bir qancha bola bir-biriga tarafkash sifatida ishtirok etadi. O`yindagi bolalar bir-birlarining qiyofasi, fe’l –atvori, oilaviy ahvolini ( ba’zan ota-onalarini ham qo`shganlari holda ) o`zlariga xos ibtidoiy so`z o`yinlari, qochiriq. Kinoya bilan turli-tuman narsa va hodisalarga o`xshatib ermak qiladilar.Shu usulda qizg’in fikr, aql musobaqasi davom etadi, bunday tortishuvlvrda so`z va iboralarning ko`p mahnoliliga ehtibor beriladi.Bu xil tortishuvlarda qaysi tamon vakimning turmush hamda turmush hodisalari , narsa va predmetlar haqida tasavvuri ko`proq, bilimi, tushunchasi, so`z boyligi ortiqroq bo`lsa, o`sha yutadi. Topishmoqlar ham bolalar o`yinlarining bir turi hisoblanadi. Topishmoqlar bola taqdirida muhim o`rin tutgan , uning intellektual o`sishida faol ishtirok etgan, xalq pedagogikasining qo`shiqlar, ertaklar singari, o`z xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan poetik, aqliy mashg’ulotlaridan biridir. Bolalar topishmoqlarni topishda qatnashar ekan , o`zini qurshab turgan olamni kuzatishga, tabiat hodisalarini bilib olishga, ularga bo`lgan munosabatni bildirishga o`rganadilar. Topishmoqni topish boladan anchagina bilim, kuzatuvchanlik ,fikr qila bilishni talab qiladi. U buni ko`pchilik bilan, topishmoqning javobini topish jarayonida hosil qiladi. Topishmoqlar shaklan ixcham, mazmunan teran, poetik jihatdan go`zal bo`ladi. Topishmoqchilik repertuari kun sayin kengayib boradi, mazmuni boyiyveradi, badiiy formasi turmush talabiga moslashgan holda, bolalarning estetik tarbiyasiga xizmat qiladi. Bolalar tez aytishlari bola tallafuzidagi ayrim nutq tovushlarining ko`p qaytarilishi yoki tovushlarning so`z va iboralar tarkibida murakkab joylashishiga asoslanadi. Xalq orasida bular “tutal”, “chalg’ituvchi”, “chalish” deb yuritiladi. Lekin folkloristik termin sifatida “tez aytish” umumlashadi. Tez aytishda mahlum fonemalar (ko`pincha jarangli undoshlar) takrorlanadi. Jumladan, bolalar”sh”, “r”, undoshlarini ayta olmay “s”, “l”. “y” shaklida tallafuz qiladilar va yengil kulgigi sabab bo`ladilar. Masalan, “Bir tup tut, bir tup tutning tagida turp. Tutning tomirini turp turtib turibdimi yoki turpning tomirini tut turtib turibdimi?”. Bu gaplarda “t” tovushi ishtirok etgan so`zlarning ko`p ishlatilishidan tez aytish (tutal –so`zlardan birortasini aytishda tutilib qolish yoki boshqacha tallafuz etish ) hosil bo`ladi. Bu gap ko`p qaytarilishi, mashq qilinishi bilan unga ko`nikma hosil bo`ladi. Yoki. “O`sh pashshasi pes pashsha” sodda gapidagi vazndosh va ohangdosh so`zlarning yonma-yon keltirilishi ham tallafuz etganda yanglishish, so`z shaklini buzishga olib keladi. Yuqorida keltirilgan sodda tez aytishlardir. SHu bilan birga, ancha murakkab tez aytishlar ham borki, ular mahlum bir ijtimoiy hodisadan tug’ilgan ermakni ham ifodalaydilar. Masalan, “Namanganda usta Muso puch pistafurush ekan. Uning oltmish uch qop puch pistasi bor ekan.Oltmish uch qop puch pistasi bo`lsa ham o`sha usta Muso puch pistafurush, oltmish uch qop puch pistasi bo`lmasa ham o`sha usta Muso puch pistafurush”.Bu misolda murakkab tutal paydo bo`lishidan tashqari ,usta Muso puch pistafurushning aldamchiligi (puch pista sotishi)dan tug’ilgan yumoristik kulgi ham mavjud. Demak, tez aytishlar bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni yo`qotishga qaratilganligidan tashqari, yoshlar orasida aql va so`zamollik, chechanlik musobaqasi sifatida o`yin-kulgi, ko`ngil ochish vositasi bo`lib ham xizmat qiladi. Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi ayrim tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga, to`g’ri so`zlaydigan bolalarda esa, adabiy talaffuz normalarini mustahkamlashga, nihoyat, bolalarni jumlalardagi mantiqiy urg’uni topib so`zlashga yordam beradi. Shuning uchun ham ularning tahlim-tarbiyaviy ahamiyati nihoyatda kattadir. Bolalar xalq og‘zaki ijodida maqollar yetakchi o‘rinda turadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy durdonalaridan biri bo`lib, asrlar osha xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy kurashlarini ixcham shaklda, teran fikrlarda ifoda etgan. Xalq donoligining badiiy ifodasi bo`lgan maqollar tabiat, jamiyat va inson tafakkurining poetik obrazi sifatida o`tmish ajdodlarimiz tomonidan sayqal topgan. SHu sababli maqollar shakl jihatdan ixchamligi, soddaligi, falsafiy jihatdan teranligi, donoligini o`zida ifoda etganligi bilan alohida ajralib turadi. Turli xil manbalarda maqollar, matal, masal, zarbulmasal, hikmat, otalar so`zi kabi bir qancha shakllarda uchrasa-da, hozirgi paytda maqollar inson donoligining erkin ko`zgusi sifatida o`ziga tortadi. Maqollar ko`p qirraligi, ixchamligi, lekin mazmun jihatdan boyligi, falsafiy jihatdan teranligi hayotni obhektiv jihatdan tasvirlash orqali dialektikaning ayrim qonun va kategoriyalarini ifodalab bergani uchun ham bizning diqqat ehtiborimizni o`ziga tortadi. Rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollar inson ruhiy dunyosini o`zida aks ettirib berganligi haqida alohida mamnuniyat bilan to`xtalib: «Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko`raman» deyishi bejiz emas. XI asrning buyuk mutafakkirlari Alisher Navoiyning yaratgan quyma satrlari xalq maqollariga naqadar yaqinligini ko`rsatadi. «Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra - qatra yig’ilib daryo bo`lur.» O`zbek xalq maqollari doimo teran, konkret bir fikrni anglatadi. SHuning uchun ham har bir maqol estetik jihatdan kishi qalbini zavq-shavqqa to`ldiradi. «Ona yurting omon bo`lsa, rang-ro`ying somon bo`lmas», «Er yigitning qadrini, og’asi emas el bilur», «Bulbul chamanini, odam vatanini sog’inadi» Maqollarning muhim xususiyatlaridan biri aniq va tugal fikrni anglatsa, ikkinchisi maqol voqelikni yo ijobiy yo salbiy nuqtai nazaridan baholaydi. «Onasini maqtagan qizni olma, yangasi maqtagan qizdan qolma». Maqollar o`z mahnosida emas, balki ko`chma mahnoda ishlatilishi bilan ham xarakterlidir. «Ayrilganni ayiq yer, bo`linganni bo`ri yer». Maqollarning xalq ijodining boshqa turlaridan yana bir farqi shundaki, maqolning yaratilishi qanchalik sekin bo`lsa, uning istehmoldan chiqib ketishi ham kam uchraydi. Bu holat maqollar mazmunining shakliy jihatdan bog’liqligi bilan izohlanadi. Hayotda kuzatishlarimizga asoslanib ayta olamizki, har qanday fikr ibratli bo`la olmaganidek, har qanday ibratli fikr ham maqol bo`la olmaydi. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko‘zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko‘proq bolalar uchun) yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib kelinmoqda. Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va ppuxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari, o‘zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik hislatlari, o‘yfikrlari o‘ziga xos shaklda aks etgan bo‘ladi. Shu sababdan ular bolalarni to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo‘nda bayon etishga o‘rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so‘z boyligini oshirishga ko‘maklashuvichi vosita sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, deyarli barcha maqollarda, birinchi navbatda bola tarbiyasi, odob yotar ekan. E’tibor bering: “Avval salom, keyin kalom“, “Avval o‘yla, keyin so‘yla“, “Bola aziz, odobi undan aziz“, „Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan“, „Odob bozorda sotilmas“, “Odobning boshi til“, “Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l“, “Yaxshi xulq kishining husni“, “Ustozingga tik qarasang, to‘zasan, hurmat qilsang, asta-sekin o‘zasan“, “To‘g‘ri o‘zar, egri to‘zar“. Bolalar folklorining namunalari shu kunlarda ham yashamoqda, bir qanch folklor asarlari esa, maktab darsliklari va o`qish kitoblariga kiritilib,ularga yangicha hayot bag’ishlaydi. Bolalar folklori o`zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida katta rol o`ynadi va o`ynamoqda. Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma’rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog’liq. O’zbek bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asrning 2 yarmi — 20-a. boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatiga borib taqaladiSaidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. o’nlab ma’rifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya") dagi o’zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o’qish kitoblari o'zbek B. a.ning tom ma’odagi yorqin namunalari hisoblanadi. bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o’ziga xos tamoyillarini belgilash 20-a. boshlariga xosdir. "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom tog’aning kulbasi" (Bicher Stou), "So’na" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o’zbek bolalarning ham mulki bo’lib qoldi . Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish B. a. tarjimachiligidagi bir yo’nalish bo’lsa, G’arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o’zbekchalashtirish ikkinchi yo’nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o’qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning o’ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o’qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning o’ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 30—40-yillarida Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Qudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po’lat Mo’min va b. ijodkorlarning asarlari o'zbek bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O'zbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurg’ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa’dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Jo’raning "Zangor gilam" va "Qaldirg’och" singari adabiy ertaklari xalq og’zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-yillarda o'zbek bolalar she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi. 40—60-yillarda o'zbek bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi To’xtaboyev, Tolib Yo’ldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uyg’un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar. Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va o’simliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yo’g’rilgan, mavzular rang-barangligi va tasvirning mukammalligi bilan e’tiborga sazovor. 50—60-yillarda G’afur G’ulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O’tmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Ko’rgan-kechirganlarim" qissalari nasriy bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush bo’lib qo’shildi. Xudoyberdi To’xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariq devni minib", "Sariq devning o’limi" asarlari ham sara asarlar qatoridan o’rin oldi. Bular ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning o’ziga xosligi bilan e’tibor qozondi. 80-yillar bolalar adabiyotida Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan e’tiborga sazovor bo’ldi. Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda ma’rifiylik ham yetakchi o’rin tutadi. Chunki bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o'zbek bolalar adabiyotida ko’proq ma’rifatparvarlik g’oyalari yetakchilik qilsa, 30-y.lar bolalar adabiyotidada realistik adabiyot tamoyillari ustuvorlik qiladi. T. Adashboyev, S. Barnoyev, Miraziz A'zam, Anvar Obidjon, Rauf Tolipov, Q. O'tayev, A.Ко`chimov, Rustam Nazar, H. Imonberdiyev, K. Turdiyeva, S. Inoyatov, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab, Z. Isomiddinov, O. To'xtashev singari o'rta va yosh avlod namoyandalari 80- yillar o'zbek bolalar she'riyatiga yangi nafas, toza ruh olib kirdilar. Bu avlod o'zbek bolalar she'riyatini badiiyatning yangi pog'onasiga ko`tardi, mavzu doirasini kengaytirdi, obrazlar silsilasini boyitdi. Ularning sa'у- harakatlari tufayli badiiyat masalasi asosiy o'rinni egalladi. Binobarin, nomlari sanalgan va ular qatoridagi boshqa o'nlab ijodkorlar galamiga mansub eпg sara asarlar 70 — 80- yillar o'zbek bolalar adabiyotining haqiqiy qiyofasini belgilaydi. Yuqorida nomlari tilga olingan ijodkorlar o'zbek bolalar she'riyatiga mustaqillik yillari davomida kirib kelgan Xudoyberdi Komilov, Ma'mur Qahhor, Ne'mat Dushayev, Yusuf Miryusufzoda, Ravshan Isoqov, Va1i Ahmadjon, Qo`zi Ismoil, Dilmurod Jabbor kabi ijodkorlar bilan birga bir safda ijod qilishdi. O'zbek bolalar she'riyati torn та'noda ХХ asr boshlarida tug'ildi, bir asr davomida unib-o'sdi , jahon bolalar adabiyotining eng sara namunalaridan o'rgandi, mumtoz adabiyotimizning barhayot an'analarini davom ettirdi, ya'ni o'z milliy zaminida rivojlandi, ma'lum bir taraggiyot bosqichlariga erishdi, professional ijodkorlariga ega bo`1di. Bu she'riyatning eng sara narnunalari bugungi kunda jahon bolalar adabiyotining oltin fondiga kiradigan asarlar bilan bemalol bo`ylasha oladi desak, mubolag'a bo`lmaydi. Eng asosiysi, u o'z zimmasiga yuklatilgan muqaddas va mas'uliyatli vazifa — kelajakni yaratishi kerak bo`lgan tom ma'nodagi komil insonni shakllantirish manfaatlariga doimo sadoqat bilan xizmat qildi va qilyapti. Demak, bu adabiyotning kelajagi yanada porloq bo`1adi , deyish uchun ham to'la asos bor. Jumladan, Abusaid Ko`chimov istiqlol davrida yashab ijod qilgan ijodkorlardan biridir. Jahon adabiyoti durdonalariga aylangan benazir asarlar yaratgan. Gapning abdavi shuki, Yaratgan birovga ketmon, birovga o`roq, birovga bolta, yozuvchiga esa qalam bergan. Yozuvchi yozadi, yozgani, yoza olgani uchun, u – yozuvchi. Bunda tariqchayam favquloddalik yoki ilohiyot yo`q. Ish —hamma jabhada ish, ishlagan – tishlaydi, chin ishlagan kattaroq yutuqqa erishadi, tilga tushadi, ehtibor qozonadi. Adib ham shu-da. Hamma gap qanday yozishda. Yozganingni kimdir o`qisa, o`qiganda hayajonlansa, xayolga botsa, mulohaza, mushohada qilsa. Ana unda azoblansang arziydi! “Olimlikni niyat qilgan har bir odam eng avval o`z ruhini haqiqatni ko`rishga xalal beruvchi turli illatlardan tozalashi zarur. Negaki, qo`ndoqda tekkan yomon odatlar – tarafkashlik, raqobat, tuban ehtiroslarga qul bo`lish, hokimiyat talashish va shu singari juda ko`p illatlar olimlarni haqiqatdan ko`z yumishga olib keladi”. Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning mazkur so`zlari to`laligicha adabiyot ahliga ham taalluqlidir. Kim uchsa sahy-jahd qilmay shuhratga, Karam libosiga ko`zi bo`lsa och, G’aflat soyasida shod bo`lur ammo, Sharaf kiyimisiz qolur yalong’och. Bu hikmat ham Beruniy bobomizniki. Darvoqe, izohga hojat bormi?.. Bugun ijodkorda miriqib ijod qilish uchun mukammal imkoniyatlar muhayyo. Xususan, o`zimizda – O`zbekistonda. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan buyon mahnaviyat va mahrifatni, adabiyot va sanhatni yuksaltarish yo`lida tinmay jon kuydirib kelayotir. O`tgan yillar ichida qilingan va qilinayotgan savobli yumushlar behisob. Prezidentimiz qarori bilan “Ijod” fondining tashkil etilgani hamda mazkur fondga millionlab mablag’ ajratilishi, milliardlar sarflanib yozuvchilarning Do`rmondagi ijod uyi va shifo maskanining qayta tahmirlanishi, yer yuzida inqiroz bo`roni och bo`ridek uvillab turgan bir zamonda, ayniqsa, misli ko`rilmagan saxovatli hodisadir! Barcha toifa ijod ahli qatori, yosh yozuvchi-shoirlar ham bunday dorilamon zamonda, dilda borini qog’ozga to`kib solishlari, to`lqinlanib, to`lib-toshib yozishlari va... Yaxshi yozishlari kerak. Soyasi yupqa, mujmal, g’o`jala, hoyu-havaslarga osonlikcha berilib ketuvchi, turmushning birinchi zarbalariga duch kelishi bilanoq tob tashlab, aro yo`lda ikkilanib qoluvchi, o`ylab chiqarilgan qahramonlar bugun hech kimga kerak emas. Go`zal insoniy munosabatlar, ohori to`kilmagan xarakterlar yarata olmagan lanj qalamkash esa umrbod hofiz bo`lish orzusida yashovchi laparchiga o`xshab qolaveradi. Adabiyotning vazifasi hayotning kishilarga ibrat bo`ladigan jihatlarini yoritish, deydilar. Agar, yozuvchining o`zi samimiylik, to`g’riso`zlik, halollik, kishilarga mehribonlik kabi fazilatlari bilan boshqalarga namuna bo`la olsa, buning tahsiri ham eng yaxshi asarning tahsiridan kam bo`lmaydi. Jahon shehriyatining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining hayoti ana shu jihatlari bilan necha asrlar osha insoniyatga namuna maktabi bo`lib kelayotir. Ibrat olsa arziydigan kishilar hozir ham oramizda kam emas. Hayotimning sal kam o`ttiz yili katta-kichik mansabu vazifalarda o`tayotir. Xudoga shukur, shu davrda mahnaviy barkamol, samimiy insonlarni ko`p ko`rdim. Dunyoni yaxshi odamlar ushlab turadi, degan ko`hna ibora zamiridagi oddiy haqiqatga qayta-qayta guvoh bo`ldim. Ha, azizlar, dono bobolarimiz: yaxshi odam, yaxshi do`st – bebaho davlat; yaxshilik – nur, yaxshiga gul – soya, yaxshilik – yaroq, yaxshi qand yedirar, yaxshi – to`rga eltar, yaxshilik ikki jahonni orttirar kabi hikmatlarni bekordan-bekorga hadeb takrorlamas, farzandlar ongi-shuuriga singdirmas ekanlar. Anglaganlarimdan yana biri shu bo`ldiki, bu yorug’ jahonga kelganingdan keyin bir o`zing mo`ridek so`ppayib yasholmaysan: kimgadir yo`ldosh, kimgadir sirdosh bo`lasan. Rahmatlik otam: “Yo`ldoshing olaqarg’a bo`lsa, yemishing go`ng bo`ladi”, “Do`stda dushmanning qulog’i bor” degan kalimalarni ko`p takrorlar edi. Bu – yo`ldoshni ham, sirdoshni ham ehtiyot bo`lib tanlaganga baxt quyoshdek kulib boqadi, degani ekan. Yomon yo`ldosh ravon yo`lda ham g’ov bo`lishiga bot-bot duch keldim. Ammo do`stiga qalqon bo`lgan, oyna bo`lgan, qo`ldosh-elkadosh; do`stga lola, dushmanga jala bo`lgan va bo`layotgan pokdomon zotlarga havas bilan qarayman, ulardan o`rganishga, ularga safdosh bo`lishga, ularga xizmat qilishga intilaman.
Download 244.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling