Otayeva Nafisa Xasanjonovna (2-mutaxasislik Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo’nalishi 3-semestr) Urganch – 2020


Download 244.31 Kb.
bet28/39
Sana02.01.2022
Hajmi244.31 Kb.
#191328
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Ona -tili va bollar adabiyoti chiqarish

Bolalar adabiyoti — bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmuyi. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o’yin qo’shiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalaridan boshlanadi. bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo’ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo’ljallanmagan bo’lsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga o’tib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

Shuningdek, Yusuf Hos Hojibning «Qutudg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy , Sulaymon Boqurg’oniylarning til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko`targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo`llanmalarida bolalar hayoti, o`qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. O`tgan asrning 20- yillarida Fitrat, Cho`lpon, Usmon Nosir, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o`rin oldi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor, D.Oppoqova, M.Fayziy, Ilyos Muslim, A.Rahmat, Sh.Sa’dulla, Quddus Muhammadiy, H.Nazirlar kelib qo`shiladi.

Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib bordi va 30-yillarga kelib, o`zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo`ldi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko`plab asarlar o`zbek tiliga tarjima qilindi.

Urushdan keyingi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go`zal diyor, hur o`lkamiz to`g’risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida A.Oripovning «Dehqon bobo va o`n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo`lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo`ldi.

Bugungi o`zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan. Maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida to`htalib o`tish kerak. Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo`ljallangan.

Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar katta rol o`ynaydi. H.Nazir, A.Rahmat, P.Mo`min, N.Orifjonov, F.Musajon va boshqalarning pyesalari o`zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo`shib kelmoqda.

O‘zbek xalqi qadimdan mehnatkash, savodxon xalq bo‘lgan. Bunga erishmoq uchun esa farzandlar tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Bolalarga ta’lim-tarbiyada ko‘proq xalq og‘zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo‘lidan borgan. Boy va rang-barang xalq ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liqdir. Kichkintoylarning otaxon kuychisi, atoqli bolalar adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi: „Umrim davomida inkor qilolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning hayotda to‘g‘ri yo‘lni topib, dunyoqarashini shakllantirish, axloqodobini yo‘lga solishda kitobdan-da muhimroq vosita yo‘q ekan. Shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandiga kitobga mehr uyg‘otishi, deb bilaman. Gohida fan va texnika taraqqiyoti tufayli badiiy adabiyotga e’tibor susayyapti, degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go‘zallikka ehtiyoj tuyg‘usi bor ekan, san’at asarlari ham o‘zining bahosini hech qachon yo‘qotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o‘qiydiganlar safi ortib borayotganini ko‘rish quvonarlidir“.

O‘qigan kitoblarining mazmun-ma’nosini maroqli qilib aytib berish orqali bolalarda havas uyg‘otishadi. O‘qilganlarni shunchaki yodlamasdan, uning mag‘zini chaqishga, mustaqil muhokama yurita olishga o‘rgatishadi. Jahonda jamiyat qonuniyatlari, tabiat sirlaridan hikoya qiluvchi asarlarni sevib, ularni maroq bilan o‘qib, bilimini oshirgan shaxslar ko‘p. Ayniqsa, hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlar uchun quvnoq davrimizni, baxtiyor bolalikda o‘tadigan jozibali damlarni tasvirlovchi kitoblar nihoyatda zarur. Bunday asarlarni yoshlarning eng yaqin suhbatdosh do‘stlari, maslahatgo‘ylari bo‘lgan yozuvchilar yaratayotganlari sir emas.

Bolalar adabiyotini o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagicha uch guruhga ajratish mumkin:

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2—7 yosh).

2. Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi (7— 10—11 yosh).

3. O‘rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi (12—14 va undan yuqori).




Download 244.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling