Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi
Bu yoshdagi bolalarda kitobga munosabat avvalgisidan farq qiladi. Bu bolalarning yoshi va bilim saviyasi bilan bog‘liq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, asosan, tarbiyachilar, ota-onalar yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu ishni o‘zlari mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavqshavq bag‘ishlaydi. Bu yoshdagi bolalarga ham tabiat, Vatan, vatanparvarlik, odob, o‘qishga, onaga muhabbat g‘oyasi singdirilgan asarlar ko‘proq tavsiya qilinadi. Jumladan, Uyg‘unning „Ikki ona“ she’rini o‘qish va yod oldirish foydadan xoli bo‘lmaydi:
She’rni tinglagan kichkintoy qalbida onaga, ona-Vatanga bo‘lgan muhabbat hissi yanada jo‘sh uradi. Robiddin Is’hoqovning „Iltimos“ she’ri bu davr bolalaridagi orzu, havas haqida yozilgan. Odatda, bu yoshdagi bolalarda kattalarning ishiga, mehnatiga qiziqish kuchli bo‘ladi. Bu g‘oya „Iltimos“da lo‘nda qilib berilganligi kenja kitobxonda katta taassurot qoldiradi:
Akajon, traktorni
Men bir minib ko‘ray-chi,
Mamajon aka bo‘lib
Men ham rulni buray-chi.
11-12 yoshdagi bolalar sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o‘qiydilar. Anvar Obidjonning „Dahshatli Meshpolvon“ (ertak-qissa), Quddus Muhammadiyning „Erkinjon oyga chiqibdi“ (doston), Yusuf Shomansurning „Oydan kelgan bolalar“ (doston), Olloyorning „Fazogir chumoli“ (ertak-qissa) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo‘ljallab yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |