O`qituvchi quyidagilarga alohida ahamiyat qaratadi:
Bolalarning to`g’ri tarbiyalanishda ota-onaning roli katta ekanligi, onaning alla aytish paytidagi holati haqida so`zlaydi.
Onalar folklorida «alla», «erkalatma», «ovutmachoq», «qiziqmachoq», «aytim olqishlar» muhim o`rin egallashini tushuntiradi.
Erkalash poeziyasiga mansub qo`shiqlarning turlari va turli davrlarda aytiladigan allalar haqida ma’lumot beradi.
«Chittigul» turkumiga kiradigan qo`shiqlar mavzu doirasi rang-barangligi haqida fikr yuritadi.
Qo`shiqlar bolalarning nafosatini o`stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, insonparavarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam berishi haqida so`zlaydi.
So`z ko`rki maqol ekanligi masalasiga alohida ehtibor beradi.
Maqollarning tarbiya vositasi ekanligini isbotlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |