Independent work
Group:303A
Student:Tursunova Maftuna
Telephone number:+998903369130
+998935819120
Cho`pon Ali
O'tgan zamonda bir zolim, qonxo'r xon bo'lgan ekan. Xonning to'rt xotini
bo'lib, bitta ham farzand ko'rmagan ekan. Xon umrining oxirida eng kichik
xotinidan bir o'g'il ko'ribdi. Kundan kun, oydan oy, yildan yil o'tibdi. O'g'li o'sib
ulg'ayibdi, qomati kelishgan, aqli raso, rahmdil yigit bo'lib yetishibdi. Xon
ko'zining oq-u qorasi, bitta-yu bitta o'g'liga shamolni ham ravo ko'rmas ekan. U
o'g'lining rahmdilligidan, beva-bechoralarga har narsani ayamay berib
yuborishidan g'azablanar ekan. Lekin o'g'liga hech nima deyolmay, u bilan
so'zlashgan odamni o'ldirtirar ekan. Kunlardan bir kun shaharning chetidagi bir
o'rmonda yovvoyi to'ng'iz paydo bo'lib, ekinlarni payxon qilib, xalqqa ko'p zarar
yetkazibdi. Hech kim to'ng'izni tutolmabdi. Aksincha, to'ng'iz o'rmonga borgan
odamlarni halok qilar ekan. Buni eshitgan xonning o'g'li o'rmonga borib to'ng'izni
o'ldirib kelish uchun otasidan javob so'rabdi. Xon javob bermabdi. Axiri,xonning
o'g'li otasiga bildirmay kiyinib, yarog'-aslaha olib, bir o'zi o'rmonga otlanibdi.
Darvozada turgan soqchilardan biriga: "Men uch kunda qaytib kelsam kelganim,
bo'lmasa meni o'ldi deb bilinglar", - debdi. Yigit o'rmonga qarab yo'l olibdi. Yosh
yigit o'rmonga borib, ikki kecha-yu ikki kunduz to'ng'iz bilan olishibdi. Uchinchi
kuni to'ng'iz uni ezg'ilab, majaqlab tashlabdi. U halok bo'libdi. Xon o'g'lining
ko'rinmaganiga hayron bo'lib, surishtiribdi. Hech kim aytmabdi.
Axiri,soqchilardan biri xonning o'g'li o'rmonga ketganini va undan haligacha
Do'stlaringiz bilan baham: |