O'tgan zamonda bir zolim, qonxo'r xon bo'lgan ekan. Xonning to'rt xotini bo'lib, bitta ham farzand ko'rmagan ekan. Xon umrining oxirida eng kichik xotinidan bir o'g'il ko'ribdi. Kundan kun, oydan oy, yildan yil o'tibdi


darak yo'qligini aytibdi. Xon xavotir olib, o'rmonga kishilar yuboribdi. Soqchilar


Download 5.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi5.23 Mb.
#1785967
1   2   3   4
Bog'liq
Independent work

darak yo'qligini aytibdi. Xon xavotir olib, o'rmonga kishilar yuboribdi. Soqchilar,
xizmatkorlar o'rmonga borib, uni ko'p axtarishibdi, axiri bir joyga borib
qarasalar, yigitning kiyimlari va qurol-aslahalari har yer-har yerda yotgan emish,
o'zi bir daraxtning tagida o'lib yotganmish. Yigitning halokatga uchragani
ma'lum bo'libdi. Xon: "Kimki o'g'lim to'g'risida sovuq xabar keltirsa, qornini
yorib, qo'rg'oshin quyaman", degan ekan. Xizmatkorlar juda xafa bo'lishibdi.
Xonga bildirish yo'llarini o'ylashibdi. Xonga aytsak, bizni o'ldiradi, deb
qo'rqqanlaridan, nima qilishlarini bilmabdilar. Zolim xonning aytgan so'zini eslab,
tog'ga chiqib ketishibdi. Tog'da so'zga chechan, qo'shiqchi Ali degan cho'pon
yashar ekan. Saroy xizmatkorlari bo'lgan voqeani cho'ponga aytib berishib:
-Endi sen bizga yo'l ko'rsat, podshoga bu voqeani qanday aytamiz,- deyishibdi.
Cho'pon:
-Xafa bo'lmanglar, hozir sizlar biroz dam olib turinglar. Bu baloni men daf
qilaman, - debdi. Cho'pon bir daraxtni kesib, teshik dutor yasabdi. Xonning
xizmatkorlari oldiga kelib:
-Qani yuringlar, xonning dargohiga boramiz, -debdi. Ular xon saroyiga kelgandan
keyin cho'pon dutorni qo'liga olib asta-sekin chala boshlabdi. Dutor nola qilibdi:
Yosh yigitning o'rmonga borgani, to'ng'iz bilan olishgani va oxirida qahramonona
halok bo'lgani to'g'risida kuylabdi. Xon dutorning yurakni ezuvchi, g'amli
nolasidan o'g'lining halok bo'lganini sezib qolibdi, g'azablanib baqiribdi:
-Jallod, o'rmonga borib kelgan bu kishilarning qornini yorib, qo'rg'oshin quy!
Cho'pon o'rnidan turib:
-Ey, xon, bu xabarni senga biz emas, mana bu dutor yetkazdi. Qo'rg'oshinni
dutorning qorniga quya ber, - debdi. Zolim xon nima qilishini bilmay, g'azabiga
chidolmay dutorning qorniga qo'rg'oshin quydiribdi. Shunday qilib, xizmatkorlar

Download 5.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling