O‘tilganlarni takrorlash. O‘zbek tilining orfoepik va orfografik me’yorlari
Download 0.82 Mb.
|
ozbek tili 10 kanspekt
Men sevgan jurnalIjtimoiy-siyosiy va badiiy bezakli jurnal «Guliston» mamlakatimizdagi mashhur nashrlardan biridir. Uning dastlabki soni 1925-yilda «Yer yuzi» nomi bilan nashr etilgan. Turli yillarda unga Ibrohim Rahim, Asqad Muxtor, Mirmuhsin, Tilab Mahmudov, Azim Suyun, Minhojiddin Mirzo kabi taniqli ijodkorlar muharrirlik qilgan. Jurnalda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Avloniy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor singari atoqli adiblarning badiiy asarlari, ilmiy-publitsistik maqolalari chiqib turgan. Ayniqsa, o‘tgan asrning 70yillarida «Guliston»da sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari», Rasul Gamzatovning «Mening Dog‘istonim» asarlarining bosilishi uni respublikaning eng nufuzli ommaviy jurnallaridan biriga aylantirgan. Mustaqillik yillari jurnal uchun yuksalish davri bo‘ldi. Uning sahifalarida madaniyat sohasiga oid materiallar asosiy o‘rin egallaydi. Unda madaniy meros va milliy qadriyatlar, mumtoz adabiyot, teatr, musiqa, tasviriy san’at va xalq ijodiyoti, madaniy-ma’rifiy muassasalar va boshqa qardosh xalqlar hayoti haqida qiziqarli maqolalar berib boriladi. Bilib oling! Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning navbatmanavbat yoki ulardan biri sodir bo‘lishini bildiradi va goh, goho, dam, yo, yoki, ba’zan, ba’zi kabi ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘lanadi. Bunday bog‘lovchilar gapning boshida takrorlanib keladi va takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi. Ayiruv bog‘lovchilari yakka qo‘llansa, tinish belgilari qo‘yilmaydi. Masalan: Uzoqdan dam miltiragan chiroqlar ko‘rinar, dam yana atrofni qorong‘ilik bosar edi. Yo siz keling, yo men boray. 3-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Ayiruv bog‘lovchilarini topib, daftaringizga ko‘chirib yozing. 1.Ob-havo goh sovub, goh isib ketar edi. 2.Kechasi dam qor yog‘ib, dam yomg‘ir yog‘ib turdi. 3.Ba’zan ashula yangrar, ba’zan allaqayerdan dutorning tovushi eshitilardi. 4.Yo u va’dasida tursin, yo ishni bizga bersin. 5.Sen bilan gaplashishga na vaqtim bor, na kayfiyatim! 6. Bular qishloq bolalarimi, yo shahar bolalari ajratib bo‘lmaydi. 7. Yo sen fikringdan qaytasan, yo u. 4-mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarini qo‘ying. Zangori ekran orqali muxbir yangi xabarlarni o‘qir ekan dam onam dam otam menga qarab qo‘yardi. 2. Gazeta jurnal haqidagi maqola yozilgan inshoni goh o‘qituvchi goh o‘quvchilar qo‘liga olib o‘qir edi. 3. Yo siz bu gazetaga a’zo bo‘ling yo men a’zo bo‘laman. 4. Onam bu voqealarni ba’zan eslar ba’zan eslamas edi. 5. Sening o‘zgarib qolganingga yoki internet sabab yoki yangi do‘stlaring. 6. Men uzoqda bo‘lishimga qaramay ba’zan otam kelib xabar olar edi ba’zan onam. 7. Kechagi matbuot xodimlari bilan uchrashuvdan keyin u na uyiga sig‘ar edi na ko‘chaga. 8. Na o‘z qadringni bilasan na boshqalarni o‘ylaysan. D)Mustahkamlash. Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring. 1. Men «O‘zbekiston ovozi», «Turkiston» gazetalariga obuna bo‘ldim. 2. O‘zimning ilk ijod namunalarimni gazeta sahifalarida ko‘rishni istayman. 3. Muxbirlarimiz muhim axborot haqida xabar berdilar. 4. Maktabimizda ba’zan yosh muxbirlar tanlovi o‘tkazilаdi. 6-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Tayanch so‘zlarni topib lug‘at tuzing. Iste’dodli jurnalist Sizlarni, ya’ni yoshlarning tarbiyasida o‘zining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maqolalari, hikoyalari, eshittirishlari bilan yosh ijodkorlarga ustozlik qilayotgan filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamroyeva bilan tanishtirmoqchimiz. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining taniqli ijodkorlaridan biri Hulkar Hamroyeva «Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar» muharririyatida katta muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. U har kuni ikki soat to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Hamroh» ma’rifiy-musiqiy eshittirishining muallif va boshlov chilaridan biri sifatida elga tanildi. Bu dasturning «Bugunning bolasi», «Navoiy gulshani», «Kitobdan yaxshi hamroh yo‘q» kabi sahifalarida ijod va ilm olamidagi yangiliklar, jamiyatdagi bolalar tarbiyasi va yoshlar ma’naviyatiga oid dolzarb muammolar ko‘tarildi. Hulkar Hamroyeva «Ozod Sharafiddinov publitsistikasining tili va uslubi» mavzusida dissertatsiya yoqladi va filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. U bugungi kunda «Bedorlik» va «Ijod zavqi» eshittirishlarini tayyorlaydi. Taniqli jurnalistning «Qizlar uchun ajoyib tuhfa», «Milliy universitet filolog olimalari», «Ozod domla o‘gitlari», «Akademik G‘anijon Abdurahmonov» kabi kitob va monografiyalari nashr etilgan. Iste’dodli jurnalist Hulkar Hamroeva hozirgi kunda yosh muhbirlarga ijod yo‘llarida rahbarlik qilmoqda F)Baholash Uyga vazifa. Ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklar haqida ma’lumot yozing. Sana: Sinf:10 Mavzu: Men yoqtirgan gazeta.(3-dars) (Bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv, zidlov va ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar) Darsning maqsadi: 1.O’quvchilarga bog‘langan qo‘shma gaplar, biriktiruv, zidlov va ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o’rgatish. 2.Yurtimizda nashr qilinayotgan gazetalar bilan tanishtirish. Ijodkor o’quvchilar ishini nashr qilishga ko’maklashish, mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o’rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni tushunish va undan foydalanish; 3.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ,o’z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish. Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi Darsning usuli: Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O’tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 7-topshiriq. Muhbir bilan suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Ijodkorga o‘n savol Savol: Ijodda aql va his-tuyg‘uning roli haqida fikringiz qanday? Javob: Nafaqat ijodda, balki hayotda ham aql va his-tuyg‘u birga bo‘lmasa muvozanat buziladi. Savol: Ilk muhabbat va uning ijodga ta’siri haqida nima deysiz? Javob: Har bir inson hayotda har xil hodisalarga, dardlarga birinchi, ikkinchi, uchin chi va hokozo marotaba duch kelishi mumkin. Masalan, adolat va adolatsizlikka, yaxshilik va yomonlikka, shu jumladan, muhabbat dardiga ham, Abu Ali ibn Sino muhabbatni o‘zining «Tib qonunlari» kitobiga mustaqil bir dard sifatida kiritgan…. Savol: Mukammal odamni uchratganmisiz? Javob: Nazarimda mukammal odamni har kim o‘zi uchun axtarsa yaxshi. Ehtimol men uchun shunday odamlar bordir, ehtimol, ular bilan gaplashgandirman…. Savol: Sizga qaysi o‘zbek san’atkori (yozuvchi, rassom, aktyor, xonanda, sozanda) yoqadi? Nega? Javob: … Halima Nosirova, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov va boshqa san’atkorlarimiz ijodini g‘oyat qadrlayman. Ular o‘zbek san’atkori nimalarga qodir ekanligini, xalqimizning ma’naviy yetukligini ancha to‘la namoyish eta olganlar. Savol: Yosh ijodkorlarga eng qisqa maslahatingiz. Javob: Yoshlarga halollik tilayman. (O‘zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripov bilan suhbatdan parcha) D)Mustahkamlash 8-topshiriq. Matnini o‘qing va so‘zlab bering. Savollar tuzing.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling