O‘tilganlarni takrorlash. O‘zbek tilining orfoepik va orfografik me’yorlari


Download 0.82 Mb.
bet6/18
Sana22.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#120997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ozbek tili 10 kanspekt

Sana: Sinf:10

Mavzu: Iqtidor va mehnat.(1-dars) (Qo‘shma gap, ularning turlari. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar)

Darsning maqsadi:

1.O’quvchilarga qo‘shma gap, ularning turlari, Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o’rgatish.

2.Moddiy va ma’naviy boylikka bilim va mehnat orqali erishilishini tushuntirish.Iqtidorni mehnat orqali rivojlantirish yo’llarini o’rgatish.Vatan taraqqiyoti uchun o’z hissasini qo’shishga chaqirish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o’rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni tushunish va undan foydalanish;

3.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ,o’z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.

“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.


1-topshiriq. Rasmdan olgan taassurotlaringiz va berilgan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanib o‘zaro suhbatlashing.

Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: iqtidor, iste’dod, qobiliyat, tinimsiz mehnat, ishtiyoq, tirishqoqlik, samarasini ko‘rish, maqsadga erishish.

2-topshiriq. Matnni o‘qing va munosabatingizni bildiring.


Zehn va iqtidor


Zehn va iqtidor bilimlarni egallashdagi eng muhim xislatlardir. Inson umrining 18 yoshidan 25 yoshgacha bo‘lgan davri uning eng ziyraklik davri, 30 yoshidan 39 yoshgacha ijodiy iqtidorning barq urgan davri hisoblanar ekan. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sinoning o‘z tarjimayi holida: «Men biror kecha oxirigacha uxlamas, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullanmas edim», deb qayd etilgan. Kishi katta bo‘lgani sari oqil, tajribali, ilmga beriluvchan bo‘lib borar ekan. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlarning ko‘pchiligi o‘z kashfiyotlarini 30 yoshdan keyin yaratganlar.

Lug‘at sazovor bo‘lmoq – заслуживать zehn – разум, рассудок

iqtidor – сила, могущество ziyrak – чуткий ijod – творчество

Bilib oling!

Qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar uning qismlari sanaladi. Ular grammatik jihatdan quyidagi bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi: teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar; bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa, deb so‘zlari; -sa shart mayli qo‘shimchasi;

Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil turga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplar, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

1-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma gapning turlariga ajratib, jadvalni to‘ldiring.

Dars boshlandi, biroq o‘quvchilarning shovqini tinchimadi. Qayerda suv serob bo‘lsa, u yerda o‘simliklar ham serob bo‘ladi. Shunday kitoblar keltirginki, hamma sevib o‘qisin. Kuz fasli kelgan bo‘lsa-da, kunlar hali issiq edi. Kech tushdi, yomg‘ir yog‘a boshladi, shimoldan vaqti-vaqti bilan shamol esardi. Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. Goh quyosh charaqlab ko‘rinadi, goh yomg‘ir yog‘adi.

D)Mustahkamlash

2-mashq. Berilgan qo‘shma gaplarning turlarini va o‘zaro bog‘lovchi vositalarini aniqlang.

1. Tong otdi, osmon yorishdi. 2. Dugonalar allamahalgacha gaplashib o‘tirishdi, ammo ertalab ikkovi ham barvaqt turishdi. 3. Ko‘chalar odamlar bilan gavjum, hamma ishga, o‘qishga shoshadi. 4. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-yurt bezor. 5. Goh biz ularnikiga boramiz, goho ular biznikiga kelishadi. 6. Mahkam bog‘lang mehnatga bel, chunki mehnat bilan yashnaydi el. 7. Ilm bitmas-tuganmas xazina, biroq uni qancha ko‘p odam egallasa ham kamaymaydi.

F)Baholash

Uyga vazifa.

Maktabingizdagi iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’lumot yozing.

Sana: Sinf:10

Mavzu: Iqtidor va mehnat.(2-dars) (Qo‘shma gap, ularning turlari. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar)

Darsning maqsadi:

1.O’quvchilarga qo‘shma gap, ularning turlari, Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o’rgatish.

2.Moddiy va ma’naviy boylikka bilim va mehnat orqali erishilishini tushuntirish.Iqtidorni mehnat orqali rivojlantirish yo’llarini o’rgatish.Vatan taraqqiyoti uchun o’z hissasini qo’shishga chaqirish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o’rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni tushunish va undan foydalanish;

3.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ,o’z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.

Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.

“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.

3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.



O‘quvchi: Mumkinmi, savol bersam? Iqtidor nima?

O‘qituvchi: Har bir insonda iqtidor bor. Bu tinimsiz mehnatning mahsuli. Qiziqishlaringga ko‘ra to‘g‘ri yo‘lni tanlaysan, o‘qiysan. To‘xtamay, mashg‘ulotlarga qatnashasan. Shu harakatlaring natijasida yutuqlarga erishasan.

O‘quvchi: Men kech qolmadimmi? Nimadan boshlay?

O‘qituvchi: Bilim va hunarni yoshlikdan o‘rganish kerak. Buning kechi yo‘q. Ota-onangning maslahatlarini, ustozlarning sabog‘ini olgin. Ular kutgan darajadan ortig‘ini bajargin. Shunda natija bo‘ladi.

O‘quvchi: Rahmat, ustoz.

O‘qituvchi: Men senga ishonaman, bir kun kelib, albatta, katta olim bo‘lasan. Faqat xalqimizning «Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin», – degan naqlini unutma.

O‘quvchi: Menga bildirgan ishonchingiz, bergan bilimingiz uchun rahmat.

4-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling