O‘tilganlarni takrorlash. O‘zbek tilining orfoepik va orfografik me’yorlari


Download 0.82 Mb.
bet15/18
Sana22.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#120997
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ozbek tili 10 kanspekt

Tilla baliqcha


Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,

Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha

Va gavjum tollarning achchiq xazoni.

Menga alam qilar, tilla baliqcha

Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

***


Inson qalbi bilan hazillashmang siz, Unda millat yashar, unda til yashar.

Unda ajdod faxri yashaydi so‘zsiz, Unda istiqomat qiladi bashar.

Inson qalbi bilan hazillashmang siz.

Unda ona yashar, yashaydi Vatan.

Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,

Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu qalb daf’atan! ...

D)Mustahkamlash


Savol va topshiriqlar.

  1. Abdulla Oripovning hayoti va ijodini qisqacha gapirib bering.

  2. Tilla baliqcha nima uchun bir ko‘lmak hovuzni dunyo deb biladi.

  3. Siz dunyoni qanday tushunasiz.

  4. «Inson qalbi bilan hazillashmang siz» she’rini ifodali o‘qing.

F)Baholash

Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.



  1. «Tilla baliqcha» she’rini yod oling.

  2. Ko‘chirma gapga misol keltiring va qanday yozilishini tushuntiring.

  3. O‘zlashtirma gapga misol keltiring va yozilishini tushuntiring.


Sana: Sinf:10

Mavzu: O‘zbekiston temir yo‘llari. (1-dars) (Nuqtali vergul, ikki va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanishi)

Darsning maqsadi:

1.O’quvchilarg nuqtali vergul, ikki va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o’rgatish.

2.O’quvchilarga O’zbekiston temir yo’llari, dunyo temir yo’llari haqida ma’lumot berish.Kasbga yo’naltirish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o’rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.

3.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ,o’z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.

Kun yangiligi” rukni asosida suhbat



B) O’tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.

1-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. Rasm asosida suhbatlashing

..................... ......................?

O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

............................ .................?

Temir yo‘llarning vazifalari yuklarni, yo‘lovchilarni, sayohatchilarni tashish.

............................... .................?

Men temir yo‘l orqali sayohatga chiqmaganman.

............................ ...........?

Biz Samarqand, Buxoroga poezdda bormoqchimiz.

2-topshiriq. Matnni o‘qing va savol va topshiriqlarga javob bering.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati – O‘zbekistondagi eng yirik jamiyatlardan biri hisoblanadi. 1994-yil 7-noyabrda O‘rta Osiyo temir yo‘llari bazasida O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l korxonalari va bo‘limlari, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlar muassasalari negizida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tash kil etildi. Jamiyatning asosiy yo‘llarining umumiy uzinligi bugungi kunda 3645 kilometrga yaqin.

Jamiyatda 54 mingdan ziyod xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Jamiyatning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transportlar yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha uzunligi 700 km ga yaqin Navoiy–Uchquduq, Nukus

temir yo‘li, uzunligi 223 km li Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on, Toshkent– Marg‘ilon temir yo‘li qurib bitkazildi. Bu yo‘llar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida temir yo‘l transporti yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu tizimda haraktlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori bo‘ladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Temir yo‘l Hamkorlik Tashkiloti azosidir. Jamiyat Xalqaro Temir yo‘llar ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi BMT ning iqtisodiy komissiyasi bilan uzviy aloqaga ega.

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.



  1. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati qachon tashkil topgan?

  2. Mustaqillik yillarida qanday temir yo‘li bekatlari qurildi?

«O‘zbekiston temir yo‘llari» haqida yana nimalarni bilasiz? Matnni to‘ldiring

Bilib oling!

Tinish belgilari

1. Tire ( – ) 2. Qo‘shtirnoq – (« ») 3. Qavs – ( ) Tire quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:



  1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasiga: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. O‘qish – hayotni uqish.

  2. Uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan.

  3. Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasiga: Men – Rustam Omonov, 1965-yil Andijonda tug‘ilganman.

  4. Kirish gap bilan gap bo‘laklari orasiga: Tunov kuni ovchi – men uni o‘rmonda uchratib qoldim – menga bir qiziq voqeani so‘zlab berdi.

  5. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: – Bugun kelasizmi? – so‘radi qizi.

  6. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda: – Keldimi? – Keldi.

  7. Kutilmagan voqea– hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Kecha xolamlarnikiga borgan edim – Anvarjon kelibdi.

  8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida: Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz.

Qo‘shtirnoq.

  1. Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun: «Ertaga kelaman», – dedi.

  2. Ko‘chma ma’nodagi, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmalari ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: «Tog‘ asali» sotadigan yigit… dovonning narigi tomoniga o‘tib ketdi.

Qavs.

  1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi

So‘zlar yoki iboralar qavsga olinadi: Botirjon (sinfimizning o‘quvchisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi.

  1. Kirish gaplar qavs bilan beriladi: ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi.

  2. Misol yoki ko‘chirmaning manbai: … Eshik qars etib yopildi. (O.Y.)

1-mashq. Berilgan gaplarda tinish belgilari qayerda ishlatilganligiga e’tibor berib ko‘chiring.

1. Bu Navoiyning «Xamsa» asarimi deb so‘radi Komila. 2. Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, do‘stlari orasidagi mavqeiga doimo qiziqib turish kerak. 3.Biz sayohatga chiqar ekanmiz! 4. Kutubxonada Navoiy, Bobur, Furqat – kabi buyuk shoirlarimizning asarlari bor. 5. Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi?!

6. U darsda javob beradimi, bermaydimi buyog‘i bizga qorong‘i.

2-mashq. Berilgan gaplarda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib yozing.

1. Salom sizga// yuksak tog‘lar// 2. Yaxshilar// uni eslang// 3. Bilimlining kuchi mingga yetar// bilimsizning kuchi birga yetar// 4. Sinov imtihonlariga qanday tayyorlanayapsiz// 5. Ha // bu gapingiz to‘g‘ri// 6. Biz// yoshlar// ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho merosni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerak// 7. Men sizga aytsam// odamning yomoni bo‘lmaydi// 8. Mendan rozimassiz// bilaman// kechirmaysiz// 9. // yo‘l bo‘lsin//

3-topshiriq. Berilgan hikmatni o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling