O’tish chegarasi = tug’ilgan kun; Hayoldagi o’tish chizig’ini chizish va tushintirish kerak


Download 1.11 Mb.
bet7/12
Sana14.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1701949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

19-rasm. Ko’p pog’onali tarkibga ega boshqarish tizimi tarkibi
ICHABT – ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari; TJ, TO – texnologik jarayon, texnologik ob’ekt; NT - nazorat tizimlari.

II-pog’onadagi tizimni vazifasi - TJ ning parametrlarini o’lchash hamda mahsulot sifat va miqdori xaqidagi ma’lumotni yuqori pog’onalardagi tizimlarga uzatish.


III-pog’onadagi ABT-larning vazifasi alohida olingan TJ ni ma’lum bir qiymatida rostlab turish yoki dastur asosida boshqarib turish.
TJABT (IV-pog’ona) ning vazifasi – ABT ga yuqori pog’onadagi modellar asosida topshiriqlarni ishlab chiqarish va ABT ning sozlash parametrlarini hisoblab berish.
ICHABT ning vazifasi - ishlab chiqarishga qo’yilgan umumiy reja hamda talablar asosida uning ma’lum bo’laklariga va har bir texnologik jarayon uchun talablar ishlab chiqarish va ularni boshqarishdan iborat.
Nazorat, rostlash va boshqaruvning lokal tizimlari, ularning tuzilishi. NR va BLT ni shartli ravishda bir nechta turlarga bo’lish mumkin:
a) energiya manbaiga asosan: - gidravlik, pnevmatik, electron, aralash.
b) qaysi sohada ishlatilishi bo’yicha: transport, sanoat, harbiy texnika va h.k.;
c) qanaqa maqsadga ishlatilishiga qarab:
1) harakatlanuvchi ob’ektlarni boshqaruv tizimlari (HOBT). Bu tizimlarda kirish kattaligi oldindan ma’lum bo’lmagan funksiya ya’ni ixtiyoriy qonun asosida o’zgaradi. Tizimning vazifasi chiqish kattaligini shu kirish kattaligiga mos holda o’zgartirib turishdan iborat. Misol: gidrotexnik inshootlar, metallni qayta ishlash dastgohlari, manipulyatorlar, radiolokasion stansiyalar va h.k.
2) sanoat rostlash tizimlari. (SRT). Kirish kattaligi o’zgarmas qiymatga ega bo’lib, chiqish kattaligi unga mos holda rostlab turiladi. Misol: kuchlanish, tezlanish, tezlik rostlash tizimlari.
3) dasturli boshqarish tizimlari (DBT). Kirish kattaligi oldindan ma’lum bo’lgan qonun asosida, ya’ni dastur asosida o’zgaradi va chiqish kattaligi shunga mos holda boshqariladi. Misol: raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar, xaroratni boshqarish tizimlari, elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshqarish va h.k.
4) avtomatik nazorat qilish tizimlari (ANT). Bu tizimlar murakkab qurilmalardagi nosozlikni topish, sababini aniqlash va oldindan bashorat qilish imkonini beruvchi texnik vositalar majmuasidan iborat.
NR va BLT i tarkibi va asosiy elementlari. NR va BLT vazifalariga qarab turli tarkibga ega bo’ladi. Ko’pincha bu tizimlarning tarkibi bazaviy tarkibning o’zgartirilgan ko’rinishida bo’ladi.
Boshqarish uchun mo’ljallangan lokal tizimning bazaviy tarkibi 20-rasmda keltirilgan.




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling