6.Miqroz so'zining ma'nosi-qaychi:
7. Otabek uylanmayotganining ikki sababi- 1.Taqdir bitmaganlik; 2.Bekning uylanishga bo'lgan qarshiligidan:
8. Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo'qdir" jumlasi kim tominidan aytilgan- Rahmat:
9. Qirq besh-ellik yoshkar chamasida qora qosh,qora ko'z,ko'rkam yuz,yaxshigina kiyingan bir kishi-Mirzakarim qutidor:
10.Qora chopon-o'sha davrda qipchoqlar o'zbeklarni shunday deb atashgan.:
11. Otabek o'qigan madrasa nomi- Beklarbegi madrasasi:
12. Otabekning ma'naviy otasi-Hasanali:
13. Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo'ladigan yurak javharidir" jumlasi- Hasanali tomonidan aytilgan.:
14. Atlas ko'ylak,ustidan odmi xon atkas guppi kiygan,boshig"a oq dakanaki xom tashlag'an,35 yoshlar chamaliq go'zal,xushbichim bir xotin- Oftob oyim:
15. Yuzidan muloyimlik,eriga itoat,to'g'riliq ma'nolari tomib turgan ayol- Oftob oyim:
16. Kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqataga tikilganda,nimadir bir narsani ko'rgan kabi..Qop-qora kamon,o'tib ketgan nafis,qiyig' qoshlari chimirilganda,nimadir bir narsadan cho'chigan kabi...To'lgan oydek g'uborsiz oq yuzi biroz qizillikka aylanganda,kimdandir uyalgan kabi...-Kumushning ta'rifi:
17.Kumush o'xshatilgan gul nomi-nomonshomgul:
18.Kiravi kuyoving shundoq bo'lsa" jumlasi kim tomomidan aytilgan-Mirzakarim qutidor:
19. 70lardan o'tgan,Oftob oyimning onasi-Oysha bibi:
20.45 yoshlar chamasi,oila cho'risi-To'ybeka:
21. Boshig'a ko'k salla chulg'ag'an,egniga O'ratepaning bosmasidan chakman,beliga kumush kamar bog'lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan,qora tanlik bo'lsa ham ko'knorimi,taryakmi iste'molidan yzui sarg'aygan 40-50 yoshlar chamaliq bir kishi -Xoliqbek qo'rboshi:
22. 15 yoshlar chamaliq,qizil duxobadan kiyingan ko'rkam bir o'g'lon- Ahmadxon:
23. To'la yuzlik,o'siq qoshliq,og'ir qarag'uchi ko'zlik,siyrak soqol,o'rta bo'yliq,ustidan kimxob to'n kiyib,beliga qilich osgan 45 yoshlar chamasidagi bir kishi- O'ttaboy qushbegi:
24. Tilla jabduqli qizil ayg'irg'a mingan,quyosh yog'dusi bilan turlik tuska kirib tovlanadirg'an,yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to'n kiyib,belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osgan,boshig'a oq shohidan salla o'rab,oyoqlarini kumush uzangiga tiragan,siyrak qoshlik,cho'qqi soqol,bug'doy ranglik,45-50 yoshlar chamaliq bir kishi-Azizbek:
25.:Qora otg'a otlanib,zangori movutdan uqalik to'n kiygan,kumush kamarning o'ng tomoniga qilich,so'liga to'fangcha qistirgan,boshiga barra popoq kiyib,jin yalagan deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik,ikki chakagining utida biroz,iyagida biroz siyrak,ko'rimsiz qora soqollik,ko'zlari ichiga botig'roq,ammo qon quyilgansimon bir kishi-Rayimbek dodxoh:
26. Oltin sopliq qilichini tizzasi ustiga ko'ndalang qo'yib,qizil duxobadan tikilgan po'stun kamzul ustidan adras to'n kiygan,boshig'a simobi shohi salla o'ragan 18 yoshlar chamaliq,cho'ziqqina yuzlik,bog'doy ranglik xon-Xudoyor:
27. O'ratepa chakmani ustidab qayish kamar bog'lab,soddag'ina qilich taqing'an,boshig'a oq barra popoq kiyib,basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg'an,o'rtacha soqol,qisiq ko'z,bug'doyrang,o'rta yoshliq bir qirg'iz-Musulmonqul:
28. :Qo'lansa so'zlik,ichi qoraroq bir yigit-Homid:
29. Mehmondorchilikda bo'lgan 7 kishi- Otabek,Mirzakarim qutidor,Hasanali,Ziyo shohichi,Rahmat,Akram hoji,Homid:
30. 17 yoshlar chamaliq,kulchalik yuzlik,oppoqqina,o'rtacha husnlik bir qiz- Zaynab:
31. Yerdan bichib olgandek pak-pakana,burni yuzi bilan barobar deyarlik tep-tekis,ko'zi qoqqan qoziq o'rnidek chup-chuqur,og'zi qulog'i bilan qoshiq solishar darajada juda katta,yuzi qirq yillik og'riqlarnikidek sap-sariq,45 yoshlar chamasidagi bir xotin- Jannat:
32. 22 yoshlar chamasida bo'lgan bu yigit sariq tanlik,ukkining ko'zidek chaqchayib,o'ynab va yonib turg'an qizil ko'zlik,yuziga parchinlangandek yuza(puchuq)burunlik,manglayi qancha tashqarig'a o'sib chiqqan bo'laa,yuzi o'shancha ichkariga ketgan,qisqasi vaqtsizroq yaratililib qolgan bir maxluq- Sodiq:
33.Ch...mahallasidan,Sharif miltiqchining qizi-Saodat:
34. Saodatning akasi,7 yoshida qizamiq degan bir falatak kasallikdan vafot etgan-Qayumjon:
35. Uzun bo'ylik,qotmaroq va zarcha tanlik- Xushro'y:
36. Qisqa bo'y,go'shtdor va oq tanlik- Zaynab:
37."Oltmish yoshlar chamasida, choʻziq yuzlik, doʻngirroq peshonalik, sariqqa moyil, toʻgarak qora koʻzlik, oppoq uzun soqollikedi" Taʼrif kimga tegishli? Hasanali
38.Otabekning bobosi Hasanalini bolalik vaqtida Erondan kishi oʻgʻirlab keluvchi bir turkman qoʻlidan necha tillaga sotib olgan edi? 15 tilla
39.Turkistonimizning toʻqugʻuchiliq hunarida birinchi shaharini aniqlang. Margʻilon
40."Uylanishdek nozik ish dunyoda yoʻqdir". Ushbu gap kim tomonidan aytilgan? Rahmat
41."Umr otilgan oʻq emish" .Ushbu gap kim tomonidan aytilgan?
Mirzakarim qutidor
Maqollar
Umr-otilgan o'q- Mirzakarim qutidor tomonidan aytilgan.
Yurgan-daryo,o'tirgan bo'yra-Akram hoji tomonidan aytilgan.
Teng tengi bilan,tezak qopi bilan- To'ybeka tomonidan aytilgan.
Pes pesni qorong'ida topar ekan-Qo'rboshi tomonidan aytilgan.
Obrazlar
Mahalla imomi-Yunus Muhammadoxund
Yurt og'asi-Pirnazar jallod
Otaliq-Sotiboldi
Otin-Karima
Chevar-Sharofat
Do'stlaringiz bilan baham: |