Oʻtkazmalarini oʻtkazish (olish) va joʻnatish Qoidalari Mazkur Masofaviy bank xizmati tizimi – «Ipak Yo‘li Mobile»
Download 228.87 Kb. Pdf ko'rish
|
mtko rules uz
Masofaviy bank xizmati tizimi – «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidan foydalangan holda Bank kartasi yordamida «Zolotaya Korona» xalqaro pul oʻtkazmalarini oʻtkazish (olish) va joʻnatish Qoidalari 1. Mazkur Masofaviy bank xizmati tizimi – «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidan foydalangan holda Bank kartasi yordamida «Zolotaya Korona» xalqaro pul oʻtkazmalarini oʻtkazish (olish) va joʻnatish Qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan «Zolotaya Korona» tizimi boʻyicha oluvchi nomiga yuborilgan AQSh dollaridagi pul mablagʻlarining «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidan foydalangan holda Bank kartasiga oʻtkazish (olish) boʻyicha amaliyotlar (keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha - Amaliyotlar) oʻtkazish tartibini, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan «Zolotaya Korona» tizimi boʻyicha oluvchi nomiga yuborilgan AQSh dollaridagi pul mablagʻlarini «Zolotaya Korona» tizimi boʻyicha «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidan foydalangan holda Bank kartasidan joʻnatish boʻyicha amaliyotlar (keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha - Amaliyotlar) oʻtkazish tartibini belgilaydi. 2. Amaliyotlarni amalga oshirish uchun Mijoz quyidagilar bilan tanishishi va akseptlashi (maʼqullashi) lozim: - Masofaviy bank xizmati tizimi – «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidan foydalangan holda Bank kartasi yordamida «Zolotaya Korona» xalqaro pul oʻtkazmalarini oʻtkazish (olish) va joʻnatish Qoidalari; - «Toʻlov markazi» HKNKT bilan shaxsiy kabinetidan foydalangan holda hizmat koʻrsatish boʻyicha Mijozga kompleks xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida Shartnoma (keyingi oʻrinlarda – Kompleks xizmat koʻrsatish Shartnomasi); - «Zolotaya Korona» pul oʻtkazmalarini amalga oshirish shartlari 1 ; - «Toʻlov markazi» HKNKT shaxsiy kabinetidan foydalangan holda «kartaga» oʻtkazmalar qabul qilish Qoidalari 2 . 3. Mazkur Qoidalarda qoʻllaniladigan, Bosh harf bilan yozilgan atamalar, agar kontekstda oʻzgacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, «Ipak Yoʻli» AITBda Shaxsiy kabinet tizimi va uning Mobil ilovasidan foydalangan holda jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek Ommaviy oferta bilan belgilanadi. 4. Amaliyotlar Mijozning Bankda tegishli faol hisob raqamlari va «VISA», «UnionPay», «Mastercard», «UzCard», «HUMO» bank kartasi mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi. 5. Pul oʻtkazmasi limiti «Zolotaya Korona» YoAJ tomonidan belgilanadi. 6. Amaliyotlar Mijoz tomonidan 24/7 tartibida (kechayu kunduz haftaning istalgan kuni) amalga oshiriladi, mazkur Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno. 7. Tizim Ishtirokchilaridan biri tomonidan texnik ishlar olib borilayotgan vaqtda amaliyotlarga yoʻl qoʻyilmaydi. 8. Joʻnatuvchi tomonidan pul oʻtkazmasini joʻnatishda Mijozning (Oluvchining) familiyasi, ismi, sharifi va mobil telefonining raqamini koʻrsatish Mobil aloqa orqali pul oʻtkazmasini oʻtkazishning (olishning) majburiy sharti hisoblanadi, bunda Oluvchi «Ipak Yo‘li Mobile» Mobil ilovasining identifikatsiyalangan foydalanuvchisi va Bankda ochilgan «VISA», «UnionPay», «Mastercard» xalqaro kartasining egasi boʻlishi lozim. 9. Joʻnatilgan pul oʻtkazmasi toʻgʻrisidagi xabarnoma Joʻnatuvchi tomonidan koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga pul oʻtkazmasining nazorat raqami koʻrsatilgan sms-xabar vositasida yuboriladi. 10. Sms-xabarda Mijozning (Oluvchining) familiyasi, ismi, sharifi koʻrsatilmaydi. 11. Pul oʻtkazmasini oʻtkazish (olish) uchun Mijoz «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidagi «Pul oʻtkazmasini olish» boʻlimiga, pul oʻtkazmasini joʻnatish uchun esa «Pul oʻtkazmasini joʻnatish» boʻlimiga oʻtishi zarur. 12. Mijoz «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasidagi «Pul oʻtkazmasini olish» va/yoki «Pul oʻtkazmasini joʻnatish» boʻlimiga oʻtgan lahzada Mijoz avtorizatsiya qilinadi. 13. Akseptdan (rozilikdan) soʻng Mijoz «Zolotaya Korona» tizimidan mobil telefon raqamini tasdiqlash uchun sms-xabar oladi, kodni kiritish natijasida Mijoz «Zolotaya Korona» tizimining shaxsiy kabinetiga oʻtadi. 14. «Zolotaya Korona» tizimining shaxsiy kabinetiga oʻtkazma mavjud boʻlsa, oʻtkazma miqdorini va Joʻnatuvchining maʼlumotlarini koʻrish imkoniyatini beradi. Oʻtkazma mavjud boʻlmagan taqdirda yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi. 15. Mablagʻlarni oʻtkazish (olish) faqat Bank tomonidan chiqarilgan «VISA», «UnionPay», «Mastercard» xalqaro bank kartasiga, mijoz tomonidan “Kartaga qoʻshish” amalini bajarish va majburiy hoshiyalar: familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻzining bank kartasi rekvizitlarini toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 16. Mijoz Bank tomonidan chiqarilgan «VISA», «UnionPay», «Mastercard» xalqaro bank kartasidan va mobil ilovada mavjud «UzCard», «HUMO» plastik kartalaridan mablagʻlarni hisobdan chiqarish yoʻli bilan «Pul oʻtkazmasini joʻnatish» amalini bajarishda oʻtkazma joʻnatiladigan mamlakatni tanlashi va majburiy hoshiyalar: joʻnatiladigan pul miqdori, olinadigan valyuta, Oluvchining FISh, mobil telefoni raqami va boshqa rekvizitlarini toʻldirishi zarur. Mijozning ushbu harakati tizimda koʻrsatilgan, HKNKT «Toʻlov markazi» tomonidan joʻnatish vaqtida belgilanadigan oʻtkazmani joʻnatish uchun komissiya summasi va kurs (joʻnatish valyutasidan farq qiluvchi olish valyutasini tanlashda) bilan kelishganligini bildiradi. 17. Oʻtkazma muvaffaqiyatli ravshda joʻnatilganda, unga Oluvchi tomonidan oʻtkazmani olish uchun shart boʻlgan oʻtkazmaning nazorat raqami beriladi. Oʻtkazmaning nazorat raqami «Ipak Yo‘li Mobile» mobil ilovasida Joʻnatuvchi uchun ochiq boʻladi. Joʻnatuvchi mustaqil ravishda Oluvchiga oʻtkazmaning nazorat raqamini maʼlum qiladi. 18. Oʻtkazmani Joʻnatuvchi va Oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga toʻliq mos ravishda koʻrsatilishi lozim. Har qanday notoʻgʻri koʻrsatilgan maʼlumot uchun Mijoz HKNKT «Toʻlov markazi» bilan tuzilgan Kompleks xizmat koʻrsatish Shartnomasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda javobgar boʻladi. 19. Zarur hollarda, faqat oʻtkazma hali Oluvchi tomonidan qabul qilinmagan taqdirdagina, Joʻnatuvchi Mijoz Bank boʻlinmalaridagi operatorlar orqali Oluvchining FISh va telefon raqamiga oʻzgartirish kiritishi mumkin. 20. Joʻnatilgan, ammo hali Oluvchi tomonidan qabul qilinmagan oʻtkazma joʻnatilgandan keyingi istalgan kuni Mijoz tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Oʻtkazmani qaytarib olishda muqaddam Mijoz tomonidan toʻlangan oʻtkazma uchun komissiya qaytarib berilmaydi. Oʻtkazmalar faqat joʻnatish kunida bekor qilinishi mumkin. 21. Olinadigan valyuta joʻnatilgan valyutadan farq qiladigan oʻtkazmalarni qaytarishda, Mijoz tizimda koʻrsatilgan qaytariladigan miqdor va HKNKT «Toʻlov markazi» tomonidan oʻtkazmani qaytarish vaqtida belgilangan kurs bilan kelishadi. 22. «Kartaga oʻtkazish» va/yoki «Oʻtkazmani joʻnatish» amallari Kompleks xizmat koʻrsatish Shartnomasi Mijozining aksepti (roziligi) va «Zolotaya Korona» oʻtkazmalarini amalga oshirish shartlari hisoblanadi. 23. Pul mablagʻlari rekvizitlari Bankning mobil ilovasida Mijoz tomonidan kiritiladigan «VISA», «UnionPay», «Mastercard» kartasiga/dan oʻtkaziladi va/yoki «VISA», «UnionPay», «Mastercard», «UzCard», «HUMO» kartadan yechib olinadi. 24. Xalqaro bank kartasi egasi oʻz maʼlumotlarini uchinchi shaxsga berganligi uchun javobgar boʻladi. 25. Amaliyot tafsilotlari avtomatik ravishda saqlanib qoladi va Bankning «Zolotaya Korona» tizimi bilan oʻzaro hisob-kitoblari amalga oshirilganidan keyin «Zolotaya Korona» tizimining Shaxsiy kabinetida Mijoz koʻrishi uchun ochiq boʻladi. 26. Bankning huquqlari: - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun talablariga muvofiq amaliyotlarni bajarishni rad etish; - mazkur Qoidalar va Bank qoidalariga bir tomonlama tartibda oʻzgartirishlar va/yoki qoʻshimchalar kiritish. 27. Mazkur Qoidalar shartlariga koʻra, Bank Qoidalarga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va/yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisida tanishib chiqish uchun ochiq boʻlgan Bank ofislarida, Bankning korporativ veb-saytida, Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, shuningdek bevosita Bankning modil ilovasida eʼlon joylashtirish yoʻli bilan Mijozni xabardor qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 28. Mijozning huquqlari: - Bankning mobil ilovasi yoki «Zolotaya Korona» tizimi ilovasi vositasida oʻzining «VISA», «UnionPay», «Mastercard» xalqaro bank kartasiga pul oʻtkazmasi oʻtkazish, yoxud mazkur xizmat koʻrsatiladigan istalgan Bank boʻlinmasiga borib, uni olish; - Bankning mobil ilovasi vositasida «Zolotaya Korona» tizimi ilovasi boʻyicha oʻzining «VISA», «UnionPay», «Mastercard», «UzCard», «HUMO» bank kartasidan pul oʻtkazmasi joʻnatish; - «VISA», «UnionPay», «Mastercard», «UzCard», «HUMO» bank kartasidan bankomatlar va Bank ofislaridan naqd shaklda pul mablagʻlarini yechib olish. 29. Mazkur Qoidalar shartlariga koʻra Mijoz quyidagilar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi: - https://rnko.ru/individualcards/transfers/pages/transfer-onlinej havolasi boʻyicha kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan Qoidalar va HKNKT «Toʻlov markazi» bilan Kompleks xizmat koʻrsatish Shartnomasi. - https://koronapay.com/transfers/Documents/Usloviya%20osuщestvleniya %20denejnыx%20perevodov%20ZKDP.pdf havolasi boʻyicha kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan «Zolotaya Korona» pul oʻtkazmalarini amalga oshirish shartlari. 1. Pul o‘tkazmalarini amalga oshirish shartlari 2. Onlayn pul o’tkazmalar Download 228.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling