O’tkir Hoshimov hikoyalarida sinonimlarning o’rni Mahkamova Gulhida Namangan davlat universiteti
Download 89.5 Kb.
|
O\'tkir Hoshimov hikoyalari da sinonimlarning o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozodlik haykali
O‘lim bexosdan keladi. o‘lik ko‘mishning o‘zi boiarkanmi? Go'rkov, yug‘uchi, balo-battar... - u to‘nining etagini qayirib, eski shimining piston cho'ntagidan pul chiqardi( O‘.Hoshimov. O‘ldi –aziz bo’ldi). Ushbu nutqda qo’llangan o‘lim, o‘lik, go‘rkov, yug’uchi leksemalari o’zaro sinonim bo’lmasa-da , vafot semasi ostida birlashib, kontekst doirasida sinoniminik munosabatga kirishgan.
Nutqda, umuman olganda og`zaki va yozma nutqda sinonimlarning katta amaliy ahamiyati bor. Sinonimlar nutqiy ta’sirchanlikka asoslanib, kitobxonning so’z boyligini oshiradi. Sinonimlar til lug’at sostavining qanchalik boy va rang-barangligini ko’rsatuvchi belgilardan biridir. Hay, bu soat deganiniyam ozoda saqlash kerak-da, akamullo. Yaqin besh yildan buyon qo'l tegmay kirlab ketibdi-ku, jonivor. Aslini olganda soat” va “jonivor” so`zlari jonli va jonsizlik jihatidan bir-biriga zid qo`yilgan ikki narsadir. Adib tasvir bo’yog’ini kuchaytirish maqsadida bu ikki tushunchani bir joyga qo’yadi. Konteksdan tashqari bu ikki so’z sinonim bo’la olmaydi. Samolyotingni „Ozodlik haykali“ atrofida ikki marta aylantirib o'tasan. Shu xotinni yaqindan ko'rishni ko'pdan beri orzu qilib yurardim. Samolyot shunaqangi yaqin bordiki, qanoti haykalning qo‘liga tegib ketay dedi. Shunda g'alati ish bo‘ldi. Boyagi xotin o‘ng qo‘lidagi mash’alani olib, chap qo‘ltig‘iga qistirdi (O’.Hoshimov Osmondan tushgan pul.41-bet) - Avval anavi dilbuzarni o ‘chiring. uka! Mehmon bir nima deganidan keyin go‘mi g‘ing deysanmi, o'chira qoldim. Ochil Oqilovich mamnun bosh silkidi. - Barakallo! Domlangiz bir nima deganida darrov xo‘p deng. Bilib qo‘ying, televizor degan matoh xotirani susaytirar ekan. Leksik birliklar boshqa tizimlar birliklariga qaraganda kontekst bilan yaqinroq, chuqurroq va rang-barang aloqalarni ochib beradi. Yuqorida berilgan ikki matnda qo’llangan haykal-xotin, dilbuzar-televizor birliklari kulgi qo’zg’atish maqsadida , bir predmetning ikki xil nomi o’laroq foydalanilgan. Keyingi yillarda so`z leksik ma’nolaridagi paradigmatik munosabatni semantik jihatdan eslatuvchi yana bir hodisa – lug`aviy darajalanish (graduonimiya) hodisasi mavjudligi, unda so`zlar ma’no farqlanishiga asoslanishi ko`pgina tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etildi2. Leksik sinonimiya ma’nolari bir xilligi, o`zaro yaqinligi yoki o`xshashligi hodisalariga asoslansa, graduonimiya esa farqlilik omillariga tayanadi. Demak, xulosa qilganda shunday fikr kelib chiqadi. Sinonimiya va graduonimiya hodisalari o`zaro keskin farqlanadi. Biroq shunga qaramay, ular o`rtasida ma’noviy munosabat mavjud. Aslida sinonimlardan biri o`rnida ikkinchisini kontekstual qo`llash imkoniyati mavjud bo`lsa, denotativ ma’nolarga asoslangan graduonimlar orasida darajalanish farqlari kuchli yoki kuchsiz bo`lishi mumkin. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling