It desam, rostmana itning haqi ketadi. Kuchukbachcha desam, “Arslon“ning Choynakdan kattaroq, futbol koptogidan kichikroq laycha.(O’.Hoshimov. Soqov Laycha).
Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo`lgan tayyor ma’nodosh so`zlardagina foydalanib kelmasdan badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma’nodosh bo`lgan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so`zlar kabi idrok etiladi.
It desam, rostmana itning haqi ketadi. Kuchukbachcha desam, “Arslon“ning Choynakdan kattaroq, futbol koptogidan kichikroq laycha.(O’.Hoshimov. Soqov Laycha). Masalan, yuqoridagi jumlaga e’tibor qaratadigan bo`lsak, unda shunday so`zlar keltirilgan. Bu jumladagi kuchuk ,laycha, it so`zlari bir jonivorning bosqichma-bosqich rivojlanish, o’sish jarayonidagi nomlari, ular bir-biriga yuqorida aytilganidek graduonimik munosabat hosil qilib asarning ta’sir kuchini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.
O‘tkir Hoshimov hikoyalaridagi leksik sinonimlar, asosan, sifat, ot turkumiga doirdir.
Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko’zi o’ngida aniq va to’la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi
Siz boshimni silab, bag'ringizga olmasangiz, go'rso‘xta erimning paypog‘ini yuvib yuravergan bo’lardim!(Yubiley). Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador voqelikni, xususiyatni detallashtirib, ikir-chikirigacha ko’rsatib tasvirlashga xizmat qiladi. Boshini silamoq, bag’riga olmoq, panohiga olmoq, qo’l ostiga olmoq iboralari himoya qilish, g’amxo’rlik qilish semasi ostida o’zaro sinonimlik kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jamolxonov X. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”. Toshkent. “Talqin”. 2005. 127-128-betlar.
Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo`ng`urov R., Rustamov X. O`zbek tili stilistikasi. Toshkent. “O`qituvchi” 1983. 56-58-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |