O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Pedagogika fani shaxsning kamolatiga yetishning murakkab va ziddiyatli jarayon deb beradi. Shaxsning kamolga yetishishida nasl - irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qanday jamiyatda yashasa o‘sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosAn kamol topadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari yuksak bo‘lsa, u shaxsga shu qadar katta ta‘sir ko‘rsatadi yoki aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o‘z moddiy va ma‘naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Odam atrofni obyektiv borliqni ko’proq bilgani sari onglilik darajasi o’sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi ong va ko’nikmalarni egallaydi va o’zini takomillashtirib boradi. Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bog‘liq. Irsiyat Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan ya‘ni nasldan-naslga o‘tadigan biologik xususiyat va o‘xshashliklar tushuniladi. XVI asr falsafasida preformizm oqimi namoyondalarining fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq insonga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi, rivojlanishi esa shu xususiyatlarning miqdoriy ko‘payib borishidan iboratdir. XX asrda bixeviorizm nazariyasini AQSh pedagogi va ruhshunosi E.Tridayk asos soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, xususan ong va aqliy qobiliyati ham nasldan-naslga o‘tadi, go‘yo odamning ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. Ularning fikri to‘g‘ri bo‘lsa, odam ham daraxt singari o‘sishi yoki tabiiy holda tarbiyalanishi lozim edi. Amerikalik pragmatik pedagogikasining otaxoni D.Dyun va hozirgi davomchisi A.Kombas va boshqalar ham shaxsning rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asosladilar. ―Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritiladigan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘stiradi‖, deydi D.Dyun. Biogenetiklar (Bolduin, Chemberlin, Stenli Xoll va boshqalar) XX asr boshlarida bolaning ruhiy jihatdan o‘sishini, zoologlar F.Myuller va E.Gekkellar tomonidan kashf qilingan biogenetik qonun asosida boradi, degan fikrni ilgari suradilar. Bogenetik qonun ―Ontogenez filogenezni takrorlaydi‖ deb ta‘riflanadi. Ma‘nosi -har bir organizm o‘zining embrional taraqqiyotida o‘zidan (oldingi) avvalgi barcha bosqichlarni takrorlaydi, ya‘ni individual organizm o‘zining tuxum xo‘jayra holatidan mukammal holatga yetguncha boshidan kechiradigan qator shakllarni shu organizm ajdodlari bosib o‘tgan juda ko‘p shakllarining qisqa, ixcham takrorlanishi demakdir. Avstraliyalik ruhshunos K.Byuller hatto bolaning aqliy jihatdan o‘sishini ham irsiyatga bog’laydi. Boshqa chet el ruhshunoslari bolaning ruhiy taraqqiyotida tana tizilmalaridagi endokrin apparati (ichki sekresiya bezlari) dagi o‘zgarishlar va hokazolar katta ahamiyatga ega deb biladilar. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamolati ikki omilga - irsiyat va ijtimoiy muhitga bog’liqdir. Irsiyat o’zgarmaydi, ijtimoiy muhit hamma davrlar uchun o’zgarmasdir. Pedalogiya ta‘limotiga ko‘ra bolani kamol etishi hatto kelajagi faqat irsiyatga va o‘zgarmas muhitga bog‘liq. Antropologiya fani yutuqlariga asoslanadigan bo’lsak, tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot natijasida odamning anatomik, fiziologik belgilar (odamning kalla suyagi, qo’li, oyoqlari, aqliy qobiliyatlari ham) o’zgarishi mumkin. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta‘siri deganda, ota-onaga, avlod- ajdodlarga o‘xshashlikni ifodolovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bola ota-onasidan meros sifatida biologik ko‘rinishlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko‘zining, terisining rangi, bo‘yi-basti) ega bo‘lib dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Bu haqda I.A.Karimov ―Odam tabiiy omillarga - ko‘ra o‘zi mansub bo‘ladigan irq va ellatni tanlay olmaydi. Ota-onani tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashni, axloqi, ma‘naviyatini o‘zi, hyech kimning tazyiqimiz va ayniqsa zo‘ravonliksiz tanlab olishi mumkin va lozim‖ - degan edi (36 bet). XXI asr. Shuningdek, oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlar (xolerik, sangvenik, flegmatik, melanxolik) ham tug‘ma bo‘lib o‘tadi, bu fiziologik xususiyatlardir. Ayni vaqtda bolaga, insonlarga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan tug‘ma o‘tadi. (Masalan, aqliy yoki jimsmoniy mehnat qilishi va nutqning rivojlanishi va hokazo). Ammo bular tug‘ma imkoniyatlar bo‘lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi, ijtimoiy mehnatda ishtirok etmog‘i lozim. Chunki inson biologik mavjudod sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling