O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Madrasa va talabalar soni
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Madrasa va talabalar soni Madrasa va talabalar soni Maktab va o‘quvchilar soni Qorixona va o‘quvchilar soni Jami qorixona O‘quvchi Marg‘ilon 57-838 428-7340 21-395 229 1701 Qo‘qon 45-6929 301-4210 100-604 Namangan 40-1324 371-7121 50-306 Andijon 30-996 428-6756 44-320 O‘sh viloyatida 10-304 176-2851 14-76 Bulardan tashqari 6154 masjid mavjud edi. Bizning xalqning 2% gina savodli degan fikr bo‘htondan boshqa narsa emas. Fikrimizning isboti uchun Turkiston o‘lkasidagi xalq bilim yurtlari 3-inspektori V.Navkinning chor xukumatining maorif vaziri D.A.Tolstoyga 1896 yil 8 mayda yo‘llagan maktubdan ayrim satrlarini keltiramiz: ―E‘tiboringiz uchun ushbu xabarni yetkazishni lozim deb bilamanki, ayni paytda Turkiston o‘lkasidagi oliy maktab madrasalargina xalq bilim yurtlari 3-inspektorning rahbarligidadir. Quyi maktablar bu inspektorning rahbarligi doirasidan tashqarida, ularning nihoyatda ko‘pligi sababli hali sonini olishga muvaffaq bo‘linmadi, menga topshirilgan inspeksiya ishlarida maktablarning soni haqida aniq ma‘lumot yo‘qligining boisi shunda‖. S.Grameniskiy ta‘kidlaganidek: ―O‘lka bosib olingach ruslar bu yerda juda ko‘p maktablar kitoblar borligini ko‘rdilar, ularda arab alfavitida ona tili o‘qitilishiga, xat-savodni egallash musulmon dini bilan uyg‘unlashib ketishiga guvoh bo‘ldilar‖ Ta‘lim tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi hamda ma‘lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta‘lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O‘zbekistonda ta‘lim tizimi mamlakatning barcha fuqarolariga ta‘lim, tarbiya berish kasb-hunar o‘rgatishning asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ta‘minlashga qaratilgan. Ta‘lim tizimi asosida barcha fuqarolar o‘zlarining xohishlariga qarab, umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim va mutaxassisliklarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Davlat ta‘limi standartlariga muvofiq ta‘lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari; Ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; Ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. I. Barcha ta‘lim muassasalari davlat ta‘lim standartlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari shaklida olib boriladi. Davlat muassasalari O‘zbekiston xukumatining mablag‘i hisobidan tashkil qilinadi ya‘ni barcha amalga oshiriladigan o‘quv ishlari, amaliyotlar, o‘quv- moddiy baza, kadrlarga tulanadigan va boshqa mablag‘lar davlat tomonidan ta‘minlanadi. O‘qiydigan o‘quvchi talabalarga stipendiya, yotoqxona va boshqa tomondan ijtimoiy himoyalanadi. Nodavlat ta‘lim muassasalari esa nodavlat tashkilotlar, xo‘jaliklar, dehqon-fermer, qo‘shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan tashkil etaladi. Barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar, kadrlar tayyorlash o‘sha homiylarning mablag‘i hisobidan tashkil qilinadi. Ammao ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi. II. Ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarga esa quyidagilar: ta‘lim tizimining rivojlanishini ta‘minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ishlarini muvofiqlovchi xodimlar, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar, professorlar va boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va hokazo. Bu muassasalarxalq xo‘jaligining qaysi sohalari bo‘lishidan qat‘iy nazar shu sohalar bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi. Oqibatda ta‘lim tizimi rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi. III. Ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga esa quyidagilar kiradi: Tarmoq sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta‘limi bo‘limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog‘chalari, uylari, dam olish sanatoriyalar, kutubxona, texniklar, tabiatshunoslar, temiryo‘l stansiyalar va hokazo. IV. O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir talabi esa O‘zbekistonda ta‘lim tizimi bitta, o‘ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan ma‘no tushunilishi kerak. O‘zbekiston ta‘lim tizimi boshqa davlatlardan nusxa olmasdan, o‘z tajribasi va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va hayotda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimining uzluksizligi deyilganda barcha fuqarolarga ma‘lumot ixtisoslik berilishida uzluksizlik, o‘zaro bog‘liklik saqlangan bo‘lib u darajasiga qarab biror mutaxassislikni tayyorlashni nazarda tutadi. Barcha ta‘lim muassasalari o‘zaro uzviy uyg‘unlikda bog‘langan. Masalan, Umumiy o‘rta ta‘lim bilan o‘rta maxsus, kasb- hunar ta‘limning bog‘lanishini ko‘rsatish mumkin. O‘quvchi avval umumiy o‘rta ta‘limni oladi, so‘ng esa o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limida davom ettiradi va hokazo. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling