O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
Pedagogik mashq 
Maktab tajribasidagi darsning ba‘zi jihatlarini baholang. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  o‘qish  darsida  «Bog‘»  mavzusini  o‘rganishni  quyidagi 
tarzda  tashkil  qildi.  Bog‘ning  tasviri  tushurilgan  rangli  rasmni  sinf  doskasiga  osib  qo‘ydi. 
O‘quvchilar  mana  bu  rasmda  bog‘  va  unda  bajariladigan  ishlar  tasvirlangan.  «Bog‘»  matnini 
tushuntirishni  o‘quvchilarga  «Bog‘»  o‘z  o‘zicha  bog‘  bo‘ladimi? tarzda muammoli  savol  bilan 
murojaat qildi. Va o‘quvchilarga bog‘dagi mevali, mevasiz daraxtlar parvarish qilinayotganligi, 
mevalar:  olma,  uzum,  nok,  gilos,  shaftoli,  behi  kabilar  pishib  yetilganligi,  ularni  terib  olishdan 
odamlarning  bajarayotgan  yumushlari  va  kasblari  haqida  atroflicha  hikoya  qilib,  tushuntirdi. 
Bog‘  bo‘lish  uchun  kishilar  albatta  qattiq  mehnat  qilishi  darkorligiga  o‘qituvchilar  diqqatini 
qaratdi. Rasmdagi tasvirlarga tayanib o‘qituvchilarga bilishga dori savollar asosida javob olishga 
harakat  qildi.  Umuman  o‘qituvchi  dars  mazmunini  o‘qituvchilarga  ilmiy  umumiy  ma‘lumot, 
mehnat  va  kasb  ta‘limlarini  uzviy  bog‘lab  o‘rgatishga  intildi.  Natijada  o‘quvchilarda  mavzu 
haqida umumiy ma‘lumot, mehnat va kasb haqida ilk tasavvurlarini shakllantirishga erishdi. 
Vaziyatni tahlil qiling. 
1. O‘qituvchi darsdan ta‘limning qaysi yo‘nalishlari haqida ma‘lumot berdi? 
2.  Nima  uchun  o‘qituvchi  darsda  o‘quvchilarga  umumiy  ma‘lumot,  mehnat  va  kasb 
ta‘limini uzviy bog‘lab o‘rgatishga harakat qildi? 
3.  Siz  «Bog‘»  mavzusini  o‘rganishda  ta‘lim  mazmunini  tarbiyaning  maqsadi  hamda 
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi bilan qay tarzda bog‘lab o‘quvchilarga tushuntirardingiz? 
4. Sizningcha bog‘ mavzusi mazmunini qanday tashkil etsa darsning samaradorligi yanada 
ortadi? 
 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
 
1.  Maktab  ta’lim  mazmuni  nima  va  u  qanday  asoslarga  ko’ra  belgilanadi  hamda  amaliyotga 
joriy qilishda qanaqa muammolar mavjud? 
2.  Nima uchun umumiy, mehnat va kasb ta‘limlari o‘zaro bog‘liq olib boriladi hamda ularning 
aloqalarini yaxshilash sohasida qanday muammolarni hal etish darkor? 
3.  Maktabning o‘quv rejasi nima va uning mazmunini qanday tushunasiz?   
4.  O‘qituvchilarning  o‘quv  rejani  o‘zlashtirishida  qanday  muammolar  mavjud  va  ular  qanday 
hal etilishi mumkin? 
5.  Maktabning o‘quv dasturini qanday tushunasiz? 
6.  Dastur tuzishda qanday qoidalarga amal qilinadi? 
 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling