O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi: 
1.  Darslik  ilmiy  bilimlar  tizimi  va  uning  mazmuni,  hajmi  dastur  talablariga  va  shu  sinf 
o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi. 
2. Darslikda ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g‘oyaviy yo‘nalish tizimi izchil bo‘lishi, 
dalillarning  ishonchli  bo‘lishi,  ular  to‘g‘ri  tahlil  etilishi,  aniq  ta‘rif  etilishi,  tegishli  xulosalar 
chiqarilishi va shu orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoarash va insoniy fazilatlar tarbiyalanadi. 
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi. 
4.  Darslikda  bayon  qilinayotgan  materialning  harakteriga  bog‘liq  holda  tegishli  qoida  va 
ta‘riflar  berilishi,  dalillar  keltirilishi,  yaxshi  bezatilgan  bo‘lishi,  ba‘zi  materiallar  rasm,  sxema, 
diagramma va boshqa illyustrasiyalar bilan boyitilishi  talab etiladi. 
5. Darslik o‘quvchilar tushunishi oson bo‘lgan jonli tilda yozilishi va fikrlar aniq va qisqa 
bo‘lishi kerak. 


6. Darslikning tashqi ko‘rinishi, bezagi o‘sha sinf o‘quvchilari estetik didlariga mos kelishi 
lozim. 
Darsliklar  bilan  bir  qatorda  maktab  ta‘limi  jarayonida  o‘quvchilar  o‘quv  materiali  ustida 
tizimli,uzluksiz,  maqsadli  ishlashlari  hamda  o‘zlarida  ilmiy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
shakllantirishda  quyidagi  kitob  va  qo‘llanmalardan  ham  foydalanadi.  Bular:  badiiy,  ilmiy, 
ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy - ommabop adabiyotlar, lug‘atlar, atlaslar va kartalar, 
masala  va  mashqlar  to‘plami  xrestomatiyalar,  kundalik  axborot,  ensinlopediya,  kinofilmlar 
hamda internet axborotlari va h.k. 
 
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
Maxsus  ravshanda  o‘quvchilar  uchun  yozilgan  kitob  darslik  deb  ataladi.  Unda  o‘quv 
dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi.  
Boshqa  kitoblarga  qaraganda  darslikka  oshirilgan  talabalar  qo‘yiladi.  Darslikdagi  fikrlar 
lo‘nda  qilib  ifodalanishi,  material  esa  tushunish  uchun  oson  shaklda  bayon  qilinishi  kerak. 
Darslik har doim yaxshi qog‘ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo‘lishi 
lozim.  Quyi  sinflarga  mo‘ljallangan  darsliklarda  rangli  illyutrasiyalardan  foydalaniladi.  Eslab 
qolishi talab etiladigan asosiy o‘rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga 
olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi. 
Darsliklar o‘quv materialini tezroq, to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi 
o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldiriladi. 
Yo‘nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalarni quyidagilarga bo‘lish 
mumkin. 
-  o‘quv  materialini  chuqurlashtiruvchi  va  uning  eslab  qolishiga  yordam  beruvchi 
qo‘llanmalar  (xrestomatiyalar,  mashqlar  to‘plami,  ma‘lum  predmet  bo‘yicha  o‘qish  kitobi, 
kontur kartalar); 
- o‘rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga 
yordam beruvchi qo‘llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, diogrammalar, atlaslar),  
-  ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  qilishga  yordam  beruvchi  ko‘lanmalar  (Bosma  asosdagi 
daftarlar, topshiriqlar kartochkasi); 
- ma‘noni tushunishni yengillashtiruvchi qo‘llanmalar (lug‘atlar); 
- ko‘p maqsadda ishlatuvchi qo‘llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k. 
Hozirgi davrda umumiy o’rta ta’lim, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun 
darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu muammolar O’zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda 
uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish 
konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari 
asosida ilmiy, o’quv darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, 
masofaviy o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash 
kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi darkor. Darsliklar yaratishda mualliflararo 
raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. 
Ta’limning o’quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa, 
darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim 
oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling