O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
O’quvchilarning mustaqil ishlari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
O’quvchilarning mustaqil ishlari. O‘quvchi uy vazifasini bajarish natijasida
o‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlaydi. O‘zlashtirgan materiallar yuzasidan ongli fikr yuritishga, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni turmushda qo‘llay olishga o‘rgata boradi. Maktab o‘quvchilariga beriladigan uy vazifalarning turlari juda ham xilma-xildir. Darslik va kitob bilan ishlash, qoida va qonunlarni yod olish, yozma va og‘zaki mashqlar bajarish, insho va bayon yozish, maktab tajriba-yer uchastkasi va jonli burchaklarda o‘simlik va hayvonlarni kuzatish yuzasidan olib boriladigan mustaqil ishlardir. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ba‘zan uy vazifalarini topshirishda qo‘pol holatlarga yo‘l qo‘yiladi. Uy vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining puxta o‘qtirishiga bog‘liq. Uy vazifalarini dars oxirida shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi. Maktabda o‘quvchilarning mehnatdan, biologiyadan, jismoniy tarbiya fanlaridan mashg‘ulotlar o‘quv ustaxonalarida, yer uchastkasida, sport maydonchalarida tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Bunday mashg‘ulotlar o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqib tashkil etiladi va ma‘lum pedagog talablar asosida o‘tkaziladi. Maktabda o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari o‘qishini tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Sinfdan tashqari o‘qish barcha fan o‘qituvchilari va kutubxonachilar tomonidan tashkil etmoqlari zarur. Unda ko‘zda tutilgan maqsad dasturda ko‘zda tutilmagan keng hajmdagi qo‘shimcha materiallar o‘quvchilarning o‘zlashtirishi uchun tavsiya etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi ham mumkin. Eng asosiy o‘quvchilarning qiziqqan sohalari bo‘yicha bilishini rivojlantirish, o‘qishga ishtiyoqini tarbiyalash, kitob bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat. ―Odamlar o‘qishdan to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar‖, - degan Dini Didro. Ta‘limni yodga qo‘yishning dars, laboratoriya, ekskursiya, amaliy mashg‘ulot, kollekvium, uy vazifalari, qo‘shimcha konsultasiya, nazorat ishlar, topshiriq va hokazo shakllari mavjud. Ekskursiyani tashkil qilish ta‘limning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya 4 yo‘nalishda uyushtiriladi: 1. Tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar. 2. Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid ekskursiyalar. 3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi materiallar bilan tanishtirishga oid ekskursiyalar. 4. San‘at va adabiyot materiallari bilan tanishtirishga qaratilgan ekskursiyalar. Ekskursiyaning muvaffaqiyatli chiqishi uni o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlikka bog‘liq. Ekskursiya o‘quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda obyekt ustida qisqacha ma‘lumot berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi. 1. Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati. 2. Marshrut bo‘yicha obyektni kuzatish. 3. Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to‘plash. 4. Ekskursiyani yakunlash. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling