O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»


Ta’limning uzluksizligini ta’minlash


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#214774
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

 
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash 
Milliy dastur "Ta‘lim o‘z ichiga maktabgacha tarbiya, umumiy, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb 
-  hunar  ta‘limini  qamrab  oluvchi  yangi  uzluksiz  izchil  tizimi  barpo  etiladi  va  yana  ilg‘op 
pedagogik texnologiyalar, ta‘limning yangi shakllari va uslublari amaliyotga joriy etiladi", - deb 
ta‘kidlangan.  
Dars – o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Sinf – yoshi va bilim jihatdan bir xil 
bo‘lgan,  ma‘lum  mikdordagi  o‘quvchilar  guruhidir.  Dars  –  o‘qituvchining  rahbarligida 
muaymyan  vaqtda  sinf  o‘quvchilari  bilan  olib  boriladigan  mashg‘ulot.  Hozir  maktablarimizda 
sinf - dars tizimi asosan quyidagi shakllarda olib boriladi: 
1. Yoshi va saviyasi bir xil bo‘lgan bolalarning doimiy guruhi bilan; 
2. Dars mashg‘uloti 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat‘iy jadval asosida o‘tada; 
3.  Dars  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  aktivligida  asoslanib  bevosita  o‘qituvchining 
rahbarligida o‘tadi; 
4. O‘tiladigan materialning mazmuniga qarab turli metodlar qo‘llaniladi. Darsda bir narsa 
haqida tugal bilim berilishi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirishga zamin yaratishi kerak. 


Biroq maktablarda hozir faqat mashg‘ulotlar sinf - dars tizimida olib borilmaydi. Shuning 
uchun maktabda ta‘lmmni yo‘lga qo‘yish shakllari ikki turga ajratiladi: 
1. Sinf - dars tizimida olib boriladigan mashg‘ulotlar; 
2. Amaliy va tajriba ishlar shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar.  
Hozirgi zamon darsiga qo‘yilgan talablar quyidagilardir:  
1.  Har  bir  dars  ma‘lum  bir  maqsadni  nazarda  tutishi  va  puxta  rejadashtirilgan  bo‘lishi 
lozim.  
2.  Har  bir  darsda  mustahkam  g‘oyaviy  -  siyosiy  yo‘nalish  bo‘lishi  lozim.  Dars 
o‘quvchilarni  siyosiy  tarbiyalashni,  jamiyat  va  tabiatning  taraqqiyot  qonuniyatlarini,  bilimning 
turlari bilan bog‘lanishini ta‘minlashi darkor. 
3.  Har  bir  darsda  xilma  -  xil  metod,  metodik  usul,  vositalardan,  keng  va  unumli 
foydalanish lozim. 
4. Darsga ajratilgan har bir soatni tejash, undan samarali foydalanish kerak. 
5. Darslikda yuksak darajada intizom bo‘lishi kerak. 
b.  Har  bir  dasrda  xalqning  boy  pedagogik  merosi,  urf  -  odati  va  qadriyatlaridan  keng 
foydalanmoq kerak. 
7. Dars nazariy bilimlarni amaliyotida tadbiq qilishga o‘rgatishi kerak.  
8. Har bir dars o‘qituvchn va o‘quvchilarning aktiv faoliyat birligini ta‘minlamog‘i kerak. 
9.  Har  bir  dars  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarning  faoliyati  birlashgandagina  qo‘yilgan 
maqsadga  erishishi  mumkin.  Buning  uchun:  o‘qituvchining  darsga  pyxta  tayyorlangan  bo‘lishi 
bilan birga, uni  amalga  oshirish uchun qanday dars tipi  va o‘qitish  metodlaridan foydalanishni 
aniq belgilash
vositalarni to‘g‘rn tanlashi va ishlatishi
sinf jamoai va xar bir o‘quvchi bilan mos muamolada bo‘lishi; 
sinf  o‘quvchilarining  darsdagi  aktivligi  va  mustaqilligini  ta‘minlash  choralarini 
rejalashtirish (og‘zaki, yozma, grafik shaklidan) unumli va samarali foydalanish va h.k. 
10. Dars mashg‘uloti butun bir sinf o‘quvchilari diqqatini, bir erga to‘plagan holda olib 
borilishi  va  ayni  vaqtda  har  bir  o‘quvchining  individual  va  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olishi 
kerak  va  h.k.  Hozirgi  maktablarda  darslar  uchta  vazifani  bajaradi:  Birinchi  vazifasi  qanaqa  fan 
bo‘lishidan  qat‘iy  nazar  o‘quvchilarga  ta‘lim  beradi.  Ya‘ni  mazkur  fanga  mos  ilmiy  bilimlar, 
saboqlar beradi. Ikkinchi vazifasi mazkur fanning o‘z mazmuni va xususiyatlaridan kelib chiqib 
o‘quvchilarni  tarbiyalaydi.  Ya‘ni  o‘quvchining  mafkurasi,  dunyoqarashi,  ma‘naviy  axloqiy, 
vatanparvar, insonparvar kabi fazilatlarini shakllantiriladi. Uchinchi vazifasi birinchi va ikkinchi 
vazifalari    natijasi  hisoblanib  o‘quvchi  shaxsini  rivojlantirish.  Soddaroq  qilib  izohlasak, 
o‘quvchining  olgan  ta‘lim  –  tarbiyalarini  amalda  qo‘llashga  o‘rgatish  vazifasidir.  Ta‘limning 
umumiy vazifasi o‘quvchi shaxsini shakllantirishdir.  

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling